Eldor SHomurodov: "Asosiysi gol emas, muhimi g'alaba"
09 jan 2019 21:24
Yangiliklar


Eldor SHomurodov: "Asosiysi gol emas, muhimi g'alaba"
"Osiyo Kubogidagi birinchi o'yin bo'lganligi uchun barchada hayajon bilindi. Lekin qiyin bo'lsa ham g'alabaga erishdik. Bundan barcha xursand. Xudo xohlasa keyingi bahsda bundan yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz", - deb gap boshladi Eldor SHomurodov.
- Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida zaxiradan tushdingiz. Kuper sizga nimadir dedimi?
- Birinchi to'pga yugur, imkon qadar yaqinroq o'ynadi deb aytdi.
- Gol urilgan vaziyat haqida nima deya olasiz?
- Ikrom menga pas berdi, bu shunchaki o'yindagi vaziyat bo'ldi. Muhimi gol emas, muhimi g'alaba.
- Osiyo Kubogidagi debyut uchrashuvida gol urdingiz...
- To'g'risi bu haqda o'ylamadim. Lekin g'alaba qozonganimizdan xursandman.
- Keyingi bahs Turkmaniston bilan. Bugun qo'shnilarimiz Yaponiya bilan deyarli tengma-teng o'ynashdi...
- Turkmaniston ham yaxshi jamoa ekanligini ko'rinib turibdi. Lekin bugun ilk uchrashuvda yutib oldik, o'ylaymanki keyingi bahsda bundan yaxshiroq o'ynaymiz.
Narzulla Saydullaev SHarja shahridan
O’xshash yangiliklar

Fikrlar