Eldor SHomurodov "Jenoa" tarkibida mashg'ulotlarga kirishdi
14 okt 2020 14:47
Yangiliklar


Eldor SHomurodov "Jenoa" tarkibida mashg'ulotlarga kirishdi
Hamyurtimiz Eldor SHomurodov Italiyaning "Jenoa" tarkibiga borib qo'shilganidan xabaringiz bor.
U bir necha kun oldin Toshkentda O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda ishtirok etgandi va shundan so'ng Italiyaga qaytib ketgandi.
Biroz avval "Jenoa" klubi matbuot xizmati klub mashg'ulotlaridan suratlarni taqdim etdi. Unda Eldor SHomurodov yangi klubi safida mashg'ulot o'tkazayotganini ko'rishimiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, SHomurodov Italiya klubida 61-raqamda to'p tepadi. Bir necha kun oldin "Jenoa" Eldorni A Seriya uchun ro'yxatdan o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar