Eldor SHomurodov: "Jamoamga foyda keltirayotganimdan mamnunman"
08 avg 2015 03:52
Yangiliklar


Eldor SHomurodov: "Jamoamga foyda keltirayotganimdan mamnunman"
"Bunyodkor"ning yosh istedodli hujumchisi Eldor SHomurodov "Qizilqum" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng saytimizga qisqacha intervyu berdi.
"Uchrashuv biz uchun qiyin bo'ldi. Muhimi g'alaba qozondik. Uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan barchamiz xursandmiz. Gollarim? Avvalo jamoaga foyda keltirayotganimdan mamnunman. Men uchun muhimi gol urishim emas, balki jamoamning muvaffaqiyati. "Bunyodkor" jamoasi hujum chizig'ida raqobat juda kuchli. Agarda sal bo'shashsam, unda asosiy tarkibdagi joyimni yo'qotib qo'yishim mumkin. O'zimni joyimni mustahkamlash uchun bor kuchimni ishga solaman. "Bunyodkor" imkon qadar yuqori o'rinlardan birini egallashga harakat qiladi. Muhimi, Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma beradigan o'rinlardan birini qo'lga kiritish. Keyingi bellashuv "Paxtakor" bilan bo'ladi. O'zbekiston kubogi musobaqasi ham biz uchun muhim sanaladi. Ushbu turnirda bosh sovrinni yutish vazifasi oldimizga qo'yilgan. SHu boisdan "Paxtakor" bilan bo'ladigan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz", - deya o'z fikrlarini bildirdi Eldor SHomurodov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar