So’nggi yangiliklar

21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  5 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1

Eldor SHomurodov: "Har ikki uchrashuvda ham g'alaba qozonamiz degan umiddaman" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Har ikki uchrashuvda ham g'alaba qozonamiz degan umiddaman"

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqchi doirasida 12 noyabr kuni KXDRga va 17 noyabrda Yamanga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlar oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


“Eng avvalo, milliy terma jamoaga chaqiruv olganimdan xursand ekanligimni bildirib ketmoqchiman”, - deya so'z boshladi O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi eng yosh futbolchilardan biri.

“Oldimizda turgan SHimoliy Koreya va Yaman terma jamoalariga qarshi ikki o'yinga tayyorgarlik jarayonini ham boshlab yubordik. Hammaning kayfiyati alo darajada. Bo'lajak har ikki uchrashuvda ham g'alaba qozonamiz degan umiddaman”, - deydi Toshkentning “Bunyodkor” klubida faoliyat olib borayotgan istedodli hujumchi.

KXDR terma jamoasini o'rganish borasida to'xtalar ekan, milliy terma jamoa safida ikki bora maydonga tushishga ulgurgan 20 yoshli hujumchi shunday dedi: “Albatta, raqibning har bir futbolchisi haqida imkon qadar bizga malumot berilyapti. Ular ishtirokidagi o'yinlar videolarini ham ko'rib chiqyapmiz. Aytishim mumkinki, ularda jamoaviy o'yin juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Murabbiylarimiz ularga qarshi to'g'ri taktika tanlashlariga va oqibatda biz o'yinda g'alaba qozonishimizga ishonaman”.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика