So’nggi yangiliklar

19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  2 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  14 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35

Eldor SHomurodov: "Guruhda 1-o'rinni egallash uchun harakat qilamiz" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Guruhda 1-o'rinni egallash uchun harakat qilamiz"

Bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederaciyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o'rin oldi. Guruhda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov qura natijalari xususida O'FA rasmiy saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Guruhimizdan o'rin olgan terma jamoalar orasida kuchsizlari yo'q, deb o'ylayman. Hamma o'z oldiga qo'yilgan maqsadga erishish uchun harakat qiladi. Barcha o'z mamlakati shani uchun o'ynaydi. Bu esa o'yinlar oson o'tmasligini anglatadi. Lekin barchasi o'zimizga bog'liq, deb hisoblayman. CHunki agar har bir o'yinga jiddiy hozirlik olib borsak va maydonga har gal yaxshi ruhiy tayyorgarlik bilan tushsak, har qanday raqibni mag'lub etishga kuchimiz etadi, deb o'ylayman. Nasib etsa, ushbu saralash bosqichi yakunida guruhda 1-o'rinni olishga harakat qilamiz, - dedi mahoratli hujumchi.


Reyting: +111   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика