Eldor SHomurodov futboldagi eng katta orzusini aytdi
17 fev 2021 15:40
Yangiliklar


Eldor SHomurodov futboldagi eng katta orzusini aytdi
O'zbekiston terma jamoasi va "Jenoa" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov rossiyalik bloger Nobel Arustamyanning ko'rsatuviga intervyu berdi.
- O'zbekiston oldingi ikkita saralashda Jahon chempionatiga chiqishga juda ham yaqin kelgandi...
- Juda ham umid qilamanki 2022 yilgi Qatardagi Jahon chempionatiga chiqamiz. Terma jamoadagi barchamiz buning uchun borimizni beramiz. Jahon chempionatiga chiqish eng katta orzum hisoblanadi.
- Klubdagilar O'zbekiston haqida so'rashadimi?
- "Jenoa"dagilar vatanim haqida so'rab turishadi. Ko'pchilik Samarqand va Buxoro kabi shaharlarni bilishadi.
- "Yuventus"dan qiziqish?
- Hech qachon katta klubga o'tish va o'ynashdan qo'rqmayman. Kuchli raqobatdan hech qachon qo'rqmaganman, bu aksincha menga yoqimli", - deydi Eldor SHomurodov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar