Eldor Sakaev: Stadionda bugungidek atmosfera bo'lsa, futbolchilar ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi
25 mar 2021 15:30
Yangiliklar
Eldor Sakaev: Stadionda bugungidek atmosfera bo'lsa, futbolchilar ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi
"O'yin xavfli hujumlarga boy o'tdi. Maydonning har bir qarichi uchun kurash kechdi. Raqiblarimiz gol urgan birinchi vaziyatda xatolarimiz uchun jazolandik, ko'p o'tmay hisobni tenglashtirishga erishdik. Biroq so'nggi daqiqada yana hushyorlikni yo'qotib, himoyadagi pala-partishlikdan gol o'tkazib o'tkazib yubordik. Alamli mag'lubiyat. Bu hali mavsum boshlanishi, xatolar ustida ishlaymiz.
Samarqandda o'zim ham ishlaganman, bu erda har doim muxlislar jamoani o'yinni oxirigacha olg'a boshlashadi. Bugun ham shunday bo'ldi. Bizni ham qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat deyman. Futbol tomoshabinlar bilan go'zal. Stadionda bugungidek atmosfera bo'lsa, futbolchilar ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi. Bugun hech kim himoyada o'tirib olgani yo'q, ikki jamoa ham hujumkor to'p surib, tomoshabop o'yin ko'rsatdi. Har bir o'yinda mana shunaqa jang bo'lsa kerak.
To'g'ri, «Yangier» debyutant jamoa. SHunga qaramay, oldimizga har bir o'yinda g'alaba qozonish talabi qo'yilgan. Jamoamiz xususiy klub, klubimiz prezidenti futbolni juda yaxshi ko'radi. Har bir o'yinda Pro ligadagi raqobatbardosh klub ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak.
CHindanam «Yangier» katta tarixga ega klub bo'lsa-da, o'tgan yildan boshlab yana avvalgi ananalarini tiklashga kirishgan. Klubimiz rahbari jamoa mavqeini tiklamoqchi. Bu yo'lda barchamiz birlashib, faqat yaxshi natijalar va yuqori o'rinlar uchun intilamiz. Oson bo'lmasligi aniq, shunga qaramay biz kabi har bir futbolchimiz ham o'z kuchiga ishonadi", - deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar