So’nggi yangiliklar

21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  0 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  19 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  21 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  8 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  3 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2

Eldor Karimov: “Maoshsiz futbol o'ynashga o'rganib qoldik” Yangiliklar

Eldor Karimov: “Maoshsiz futbol o'ynashga o'rganib qoldik”

Teglar :  Eldor KarimovZomin
Pro liga ishtirokchisi "Zomin" jamoasi moliyaviy muammolar girdobida qolmoqda.

Davralar oralig'ida ko'plab futbolchilar jamoani tark etishdi. Xo'sh, "Zomin" mavsumni nechanchi o'rinda tugatish uchun kurashoqda. Moliyaviy vaziyat qanday holatda? Bu borada jamoa sardori Eldor Karimov bilan suhbatlashdik.

“Aral Samali” bilan o'yin xususida

- Nukusda juda qiyin o'yin bo'ldi. CHunki  raqibimiz ham Pro ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. 3 ochko ikki jamoaga ham suv va havodek zarur edi. Jangovar bellashuv bo'ldi, lekin omad bizdan yuz o'girdi. Afsuski, mag'lubiyatga uchragan holda uyga qaytdik. 

Bir nafar darvozabon bilan borilgani haqida

- Darhaqiqat, o'yinga 1 nafar darvozabon bilan bordik. Ikkinchi darvozabonimiz biroz betobligi sababli, shunday holat yuzaga keldi. Uning o'rnida futbolchi xizmatidan foydalandik. 

Pro ligada qolish imkoniyati borasida

- Bizda imkoniyat bor. Xudo xohlasa, bu vazifani uddasidan chiqa olamiz. Oldinda ko'plab o'yinlarimiz bor, ijobiy natija ko'rsatishga urinamiz. 

Yangi kelgan futbolchilar to'g'risida

- Ha, albatta, yangi kelganlar tarkibga moslashib boryapti. O'yindan-o'yinga jamoani kuchaytirib boryapti. Ishonchim komilki, ular jamoaga yordam bera oladi. 

Moliyaviy holat xususida

- Haligacha jamoamizda moliyaviy holat ijobiy tomonga o'zgargani yo'q. Ishonamanki, jamoa yil yakuniga qadar barcha qarzlarni uzadi. Klubda katta o'zgarishlar bo'lishiga men va jamoadagi barcha futbolchilar ishonadi. Klubda pullarimiz qolib ketmaydi. 

Maoshsiz futbol o'ynashi borasida

- To'g'risi, maoshsiz futbol o'ynashga futbolchilar o'rganib qoldi. Yaqin kunlarda jamoaga yaxshi homiy chiqib qoladi degan umiddamiz. Biz maydonga chiqib, jamoani saqlab qolish uchun harakat qilyapmiz. Mehnatlarimiz zoe ketmasligiga va homiylar chiqishiga ishonaman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика