So’nggi yangiliklar

15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  0 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  0 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз, Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  2 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  16 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  1 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  17 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0

Elber: "Ganza" va "Real"ga urgan gollarimni har doim zavq bilan tomosha qilaman" Yangiliklar

Elber: "Ganza" va "Real"ga urgan gollarimni har doim zavq bilan tomosha qilaman"

"Bavariya"ning sobiq hujumchisi Jovanni Elber hozirgi kunda nimalan bilan shug'ullanayotganini aytib o'tdi.


"Men ayni paytda oilam bilan Braziliyada istiqomat qilyapman. U erda men chorvachilik bilan shug'ullanyapman. Har oyda Myunxenga 1-2 marta kelib turaman. CHorvachilik bilan shug'ullanish futbol o'ynashdan ham qiyinroq. Sen bu erda xuddi murabbiydek ish yuritasan. Qo'l ostingdagilarga vazifasini aytasan, ular esa ishni ko'ngildagidek bajarsa bu senga zavq ulashadi. Hayotim yaxshi. Bundanda chiroyli hayotni tasavvur etolmayman. Futbolchilik faoliyatim davomida o'yindan keyin yuzlab futbolchilar bilan futbolka almashganmiz. Ularni hali ham uyda saqlab kelaman. Bazan o'g'lim savolga tutib qoladi, buni qaysi o'yindan almashgandiz, deb. SHunda o'sha uchrashuv xotiralarini yana eslayman, yoqimli damlar yodga tushadi. To'g'risi futbolchilik davrimni sog'inaman, deya olmayman. CHunki men o'sha damda ushbu yoqimli onlardan zavq olganman. Hozir esa katta maroq bilan "Bavariya"ning o'yinlarini tomosha qilaman va ularga muxlisman. Men Bundesliga va boshqa evropa milliy chempionatlarini tomosha qilishni yoqtiraman. Dunyoning eng kuchli futbolchilarining barcha hozir evropada. Hozirgi kunda Braziliyadagi istalgan yosh bolakayda qaerda o'ynashni istaysan, deb so'rab ko'ring. Ishonch bilan aytaman, ularning hech biri Braziliyaning birorta klubini tilga olmaydi. Hamma evropaga ketgisi keladi. Bizning davrimizda hammasi boshqacharoq edi.
"Bavariya" tarkibida bir qator chiroyli gollarni kiritganman. Qaysi biri eng chiroylisi bo'lgan? Bu albatta "Ganza"ga o'tkir burchakdan urgan golim. O'shanda bu gol yilning eng chiroyli goli bo'lgandi. SHuningdek, 2001 yilgi ECHL yarim finalida "Real" darvozasiga kiritgan hal qiluvchi golimni eng chiroylilar qatorida qo'yaman. Bu ikkala golni har doim zavq bilan tomosha qilaman", - deydi Jovanni Elber.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика