El-SHaravi uchun 3 yillik shartnoma va yiliga 16 million evro maosh. Yomon emas-a?
25 iyu 2019 21:45
Yangiliklar


El-SHaravi uchun 3 yillik shartnoma va yiliga 16 million evro maosh. Yomon emas-a?
"Roma" yarim himoyachisi Stefan El-SHaravi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikola Skiraning malumotiga ko'ra, "SHanxay SHenxua" italiyalik uchun 3 yillik shartnoma va yiliga 16 million evro taklif qilgan.
Avvalroq, "Roma" 26 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma va yiliga 3 million evro (bonuslar bilan) taklif qilgan va u bilan tezroq kelishuvga erishishni xohlayotgani haqida malumot berilgandi.
O'tgan mavsum, El-SHaravi A Seriyaning 28 o'yinida 11 gol va 6 assistni qayd etdi. Uning rimliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar