El-SHaaravi va "Roma" "2,5+1" sxemasida shartnoma imzolashadi. Maosh - 3,5 mln evro
29 jan 2021 13:56
Yangiliklar


El-SHaaravi va "Roma" "2,5+1" sxemasida shartnoma imzolashadi. Maosh - 3,5 mln evro
Bir hafta oldin "SHanxay SHenxua" bilan shartnomasini bekor qilgan yarim himoyachi Stefan El-SHaaravi o'zi 2016-2019 yillarda o'ynagan "Roma"ga qaytishga yaqin.
Bugun 28 yoshli italiyalik futbolchi Rim klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng "bo'rilar" bilan bir mavsumga uzaytirish bandi bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
El-SHaaravining "Roma"dagi maoshi yiliga 3,5 million evro (+bonuslar)ni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, o'yinchi faoliyati davomida "Roma" va "SHanxay SHenxua"dan tashqari "Jenoa", "Padova" (ijara), "Milan" va "Monako" (ijara) klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar