El Mundo Deportivo: Marselino – "Milan"ning navbatdagi murabbiyi
12 fev 2020 23:20
Yangiliklar


El Mundo Deportivo: Marselino – "Milan"ning navbatdagi murabbiyi
"El Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Valensiya"ning sobiq ustozi Marselino Garsiya Toral yozda Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyiga aylanadi.
Mutaxassis "rossonerilar" texnik direktori Paolo Maldini bilan uchrashuvda bu haqida kelishib olgani taxmin qilinmoqda. Ishsiz yurgan ispaniyalik mutaxassis boshqa klublardan bo'lgan takliflarni rad etayotgani bu fikrni tasdiqlaydi.
Italiyaning "Sport Mediaset" nashri esa Marselinoni "Milan" uchun zahira varianti deb hisoblaydi. Yani, agar Ralf Rangnik yoki Andrey SHevchenko jamoani boshqarishga rozi bo'lmasa, Marselino Garsiya Toral nomzodi maqul ko'riladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar