"Valensiya" bosh murabbiyi: "Men dunyodagi eng baxtli insonman"

Mirjalol Normatov
26 may 2019
"Valensiya" bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral Ispaniya Kubogi finalida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Bu mening birinchi sovrinim. Hozirda men dunyodagi eng baxtli insonman. Bu faoliyatimdagi eng shirin onlar. Juda xursandman. Futbolchilarimga, murabbiylar shtabiga, klubning barcha xodimlari va o'z oilamga rahmat aytaman.

Yakunlangan mavsum ajoyib o'tdi. Ha, mavsumni yaxshi boshlay olmadik. Ammo muxlislarning qo'llab-quvvatlashi sababli finalgacha yetib keldik. Aynan ular sababli men ham ilk sovrinimni yutdim", - dedi Marselino.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana