So’nggi yangiliklar

21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  2 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  6 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  15 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  3 17:23Кантона Ямалга тан берди  4 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  5 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  3

"El Klassiko"dan jonli reportaj yoxud men kutmagan Inesta Yangiliklar

"El Klassiko"dan jonli reportaj yoxud men kutmagan Inesta

Inesta jahon tan olgan futbolchi. Yoshligimdan uning ishqiboziman. Lekin ochig'i, safardagi "El Klassiko" taqdirini hal etishini kutmagandim.

O'xshamagan akkreditaciya
Ispaniyaga borishim malum bo'lganidan so'ng birinchi bo'lib "Real" klubining matbuot xizmatiga xat yozish bo'ldi. Maqsad bitta, uchrashuvga akkreditaciya olish. Xat ketishi bilan 3 soat o'tmay javob keldi. "So'rovingiz qabul qilindi, 19 noyabr kuni javobini olasiz". CHipta uchun harakat qilmadim. 1 oy avval yozilgan xatga ikkinchi javob aynan aytilgan paytga keldi. "Biz bilan yillar davomida ishlab keladigan hamkorlarimizdan o'yinga bo'lgan etibor katta bo'lgani uchun sizga akkreditaciya bera olmaymiz". Kayfiyat tushdi. CHiptalar qimmat. Bir oy avval kassalarda sotib bo'lingan chiptalarning narxi 500 evrodan oshib ketgan. Ha, mayli. CHiptasi borlar bilan stadionga boraveraman. ja bo'lmasa atrofdagi muhit bilan tanishaman-ku. Sayt uchun reportaj bo'ladi dedim.

Madrid shahriga kirib borar ekansiz, muxlislarni kutib olgan gid (sayohatchilarga "lag'mon" iluvchi) "Real"ni mahalliy aholi uchun qanchalik ustun turishini aytib berdi. SHu boisdan futbol bo'ladigan kunlari shahardagi barcha etibor "Real"ga qaratiladi. "El Klassiko"ni-ku, aytmasa ham bo'ladi. Parijdagi bo'lgan voqealardan so'ng tekshiruv bir necha barobarga oshirilgan. Stadion hududiga hech qanday xalta (sumka) ko'rinishidagi buyumlarni olib kira olmaysiz. Avvalgi o'yinlardan farqli ravishda bu safar muxlislar ikkita ko'cha naridan chiptalari bilan tekshiruvdan o'tishini aytishdi. Bu esa men kabi chiptasiz muxlislar uchun o'yinga kirish imkoniyatini yanada tushirardi. Boisi, kassada chipta qolmagan, olibsotarlar esa ichkarida.



7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan muxlislar
"Barselona" muxlislari allaqachon o'z sektorlaridan o'rin olganlar. "Real"ning ashaddiy muxlislari ham. "Real" muxlislariga darvozaning eng yuqori qismidan joy ajratilar ekan. Stadion to'rt qavat bo'lib, faqatgina birinchi qavat va ikkinchi qavatning oldi qatoridan futbolchilarni yaxshi ko'rasiz. Qolgan qavatlar daromad topish uchundek go'yoki. Maydon juda uzoq. Xullas, stadionga muxlislarning tashrifi oshgan. Har kimning qo'lida o'z chiptasi bor, shunday ekan, 5 daqiqa qolganida ham o'z o'rindig'iga borib o'tirishi mumkin. Hech kim birovni turtayotgani yo'q. Marketing haqida hech nima demayman, "mute". Biz ham o'yinga atab chiqarilgan sharflarni yoyma bozorda 5 evrodan oldik. O'yinga kirmasak-da, sharflarni taqib biron bir kafega borishni reja qilib turgandik. Boisi, mehmonxonada o'yinni ko'ra olmaysiz. Umuman olganda, bironta joydagi bepul TVda "El Klassiko" yo'q. Futbol - bu pul. Stadion atrofida bepul wi fi ishlab turibdi. Stadionga oilaviy tashrif buyurish odat. Ikki qariya, yoshi chamasi 60-70 yosh oralig'ida. 7 yoshli bola momo va bobosi bilan "El Klassiko"ga kiryapti. Ularning qo'lida oylik abonement, bu degani ularda futbolga shunday tartibda kirish odat. Balki "Galatasaroy"ning o'yinida "Fenerbaxche" deb baqira olmassiz, ammo "Santyago Bernabeu"da "Barselona"ning sharfi yoki formasi bilan madridliklar orasida yurib, "Barselona" - chempion, gol urganda, "Gol" deb baqirsangiz sizga hech kim indamaydi. Hamma urish, saytimizning "komenti"da ekan. Muxlislar o'rtasidagi madaniyat juda kuchli, bir-biriga hurmat yuqori. Qariyalar oldida hech kim so'kinmaydi. Umuman, deyarli so'kinishmaydi.



CHiptalar bor, chiptalar...
Qatarda bo'lib o'tgan Yaman - O'zbekiston uchrashuviga borgan bir guruh muxlislar, biryo'la Madridga ham kelgan edilar. Ulardan tashqari yana 20 nafarga yaqin muxlislar Toshkentdan Evropaga uchdilar. SHu o'rinda, faoliyatimdagi birinchi Evropa safariga yo'l ochib bergan Abdurahmon Fozilovga o'zim va saytimiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiramiz.
O'yinga bir oy avval chipta olgan aksar muxlislarimiz hech qanday muammosiz stadionga kirib ketishdi. Biz esa o'zimizni omad qushimizni kelib boshimizga qo'nishini kutayotgan edik. Men kabilar 15 nafarga yaqin edi. Bir kishi chiptasi borligini aytib chiqib qoldi. Yuqorida yozib o'tdim, asosiy olibsotarlar stadionning ichida edi. Tartib posbonlari esa chiptasizlarni u tomonga qo'ymayotgandilar. Abdurahmon Fozilov o'sha bitta chiptaning oldida, ichkaridan bizga ham chipta olishga harakat qilishga kirib ketdi. Ko'p o'tmay birin-ketin omad qushlari chiqib kelaverdilar. Ammo men uchun ular taklif qilayotgan narxlar to'g'ri kelmasdi. SHunda...
SHeriklarimizdan biri: "Nodirxo'ja, bunda chipta bor ekan, so'rang-chi nima deyapti", - deb murojaat qilib qoldi.

Buni qarangki, bu kishi olibsotar emas, oilaviy stadionga kirmoqchi bo'lgan ishqiboz ekan. Ammo rejalari o'zgarib qolib, uchta chipta egasi o'yinga kelmaganini aytdi. CHiptani 410 evroga berishini aytdi, keyin aniqlashtirsak, u chiptalarni 410 evroga taklif qilgan ekan. O'yinga yaqin bunday holatlar ko'payaverar ekan. SHunda uch kishiga 136 evrodan aylangan chipta bilan "Santyago Bernabeu" tomon kirib bordik. Ammo yurakda g'ulg'ula bor edi. Sababi 20 daqiqa avval dog'istonlik ishqiboz, olibsotarlarning biridan chipta olayotgan chog'ida qo'lga tushgan ekan, uni ham, sotuvchini ham posbonlar pasportini olib qo'yishibdi. Aksiga olib bunday paytda soxta chiptalar ham ko'payib ketgan. Stadion turniketiga yaqinlashar ekanman, chipta nazoratchisi uni maxsus joyga qo'ydi, "qizil" chiroq. Tamom, chipta soxta ekan. Ikki soniya o'tmay, u chiptaning boshqa tomonini qo'ydi, "ko'k" yondi, salom "Santyago Bernabeu", salom "El Klassiko"!



Buni so'z bilan tariflab bera olmayman. Stadionga 85 000 nafar muxlis keldi. Lekin hech qanday tartib buzish yo'q. Yuqorida aytib o'tganimdek, hech kimning joyiga hech kim ega chiqmaydi. Stadion atrofi, sektorlar ichida turli tuman sotuvlar avjida. Muxlislar nafaqat futbol ko'rishadi, balki ular uchun bu choyxona, teatr, diydor, jonli ijro... Bari bir erda, bari "Santyago Bernabeu"da. Nafaqat bu erda, balki Evropadagi barcha stadionlarda shunday holatga guvohi bo'lasiz. Mana futbol nima! Eng qizig'i, shu kuni O'zbekistonda chempionni aniqlashayotgani to'g'risini aytsam, hayolimning bir chetiga ham kelmagandi. Saytdagi "komentlar"da o'qidim, "taqdirlashning axvolini qarang", demak, zig'ircha ham hech nima yo'qotmadim. Oliy ligada spektakl mavsumi yakuniga etgan kunda, men haqiqiy futbol spektaklida edim.



"Hala Madrid, Hala Madrid..."
Har bir o'rindiqqa muxlislar ko'tarishi uchun katta oq qog'oz qo'yib chiqilgan. Bu narsani "Nou Kamp"da qoyillatishadi. "Real"da shunchaki oq fon yasashdi xolos. O'yinga 45 daqiqa qolganda jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Mehmon bo'lsa-da, "Barselona" futbolchilari o'zlariga ajratilgan qismning barcha erlariga borib muxlislarga qarsak chalib qaytishdi. Oz-moz hushtakbozlik bo'ldi, lekin biron kishi shaxsiyatga teginmadi.

20 daqiqa qolganida esa tarkib tanishtirildi. "Real"ning tarkibini stadion jo'r bo'lib aytdi. Qo'shiqchilarga o'xshab avjini oxirida olishar ekan. Tarkib reytingga qarab o'qiladi. So'nggida, "Kariiiiimmm Benzemaaaaaa, Garet Beeeylllll... Krishtianuuuuuu Ronalduuuuu". Aynan 7-raqam egasiga kelganda stadion "portladi".



Muxlislar "Hala Madrid" qo'shig'ini aytishmoqda. Futbol boshlandi!



Inestalona
"El Klassiko"ga tushsang-u, u erda Messi bo'lmasa... Biroz alamli. Lekin sen "Barselona" muxlisi bo'lsang va hisobni aynan ular ochsa, maydonda kim to'p tepishi o'z ahamiyatini yo'qotadi. Saytimizdagi barcha "Real" muxlislarini hurmat qilgan holda aytaman, bu o'yinga men ishqiboz sifatida tushdim.
O'yin boshidagi vaziyatdan unumli foydalanganda balki "Real" uchun hisob boshqacha bo'lardi. Ammo Bravoning mahorati va maydondagi Inestaning o'yini "Barselona"ni o'zgartirib yubordi. Oliy ligamizda futbol tomosha qilar ekansiz, o'rtada to'p bilan ketayotgan yarim himoyachining to'pni kimga oshirishni bilmay qolishini 90 foiz vaziyatda ko'rasiz. Natijada to'plar yana orqaga oshiriladi. Bu erda ham futbol biz TVda ko'rganimizchalik juda tez emas. Futbolchilarning eng kuchli tomonini ikki vaziyatda ko'rasiz. Himoyadagi barqarorlik va bo'sh turgan futbolchiga to'pni qiyinchiliksiz, chiranmasdan etkazib berish. Bizning futbolga aynan shu narsa etishmayapti. Va tabiiyki atrofdagi sevris. SHu stadiondagi muhitga "Neftchi" va "Paxtakor"ni tushirib, to'pni aniq bir-biriga etkazib berishni o'rgating, ulardan kam o'yin bo'lmaydi. "Barsa" kecha tiki-taka o'ynamadi. 20-30 metr masofalardan zo'r chiqib ketdi. "Real"da ham shunday bo'ldi, ammo "Barselona" posbonining mahorati kataloniyaliklarga asqotdi. Ronaldu yashin tezligida uchdi deb ayta olmayman. Lekin fintni turgan joyida shunday tez ishlatib oldinga chiqib ketyapti-ki, xuddi uni uchyapti deb o'ylaysiz.



ROMANTIKA yoxud Florentino Peres "Real"ni tinch qo'y!
Hisob 3:0 ko'rinish olgan vaziyatda "Real" muxlislari o'tirgan sektorda "Gol" dedim. Sal pastrog'imda ikki sevishgan, o'rinlaridan turib quchoqlashdi. Ana romantika. "Santyago Bernabeu"da, "Hala Madrid" deya qo'shiq aytgan "Real" muxlislarining qoq markazida, "Real" muxlislari" boshlarini changallab o'tirgan bir paytda ikki sevishgan turadi-da, barchaning oldida quchoqlashadi, men esa ularni suratga olaman...



4:0 dan keyin, o'yin boshida mozayka hosil qilinishi kerak bo'lgan oq bayroqlar, Florentino Peresning ishdan ketishini so'rab hayqirgan "Real" muxlislari uchun mag'lubiyat bayrog'i sifatida ko'tarildi. Garchand, Benites hech nimani qoyillata olmayotgan bo'lsa-da, aynan uni jamoaga olib kelgan Florentino Peres barchasiga aybdor sifatida qaralyapti. Inestaning goliga tarif bermayman, shunchaki uni zaxira futbolchisiga almashtirayotganidagi holat aks etgan 9 soniyalik videoni ko'rishingizni maslahat beraman.



Bizdagi derbilarda raqib futbolchisini so'kib, hushtak chalib, baqirib, qiyqirib kuzatishayotganini ko'rib o'rganib qolgan ekanman, "Real" muxlislarini qarsak bilan "Barsa" afsonasini kuzatib qo'yishgani taqsinga sazovor bo'lganini takidlab o'tgan bo'lardim. Aynan Inestaning o'yini tufayli kecha hech kim Messini eslamadi. O'yinda ham bitta vaziyatga ega bo'lgan Leoga biroz sovuqqonlik etishmadi. Birgina Ronaldu esa jamoa bo'la olmadi.

O'yin tugadi, muxlislar tartibni saqlagan holda stadionni tark etdilar. Biz esa mehmonxonamizga, buni qarangki, mehmonxonamizning nomi ham o'zgacha - "Catalonia.



Bugun "Santyago Bernabeu"ga sayohat. Bu haqda endi ertaga...


O'z navbatida "CA"ni "El Klassiko"dan jonli reportajni tayyorlashida yaqindan yordam bergani uchun, O'zbekiston muxlislar klubining sardori Abdurahmon Fozilov va "Oreo" savdo brendiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика