So’nggi yangiliklar

09:42"Ливерпуль" 10 йиллик антирекордни такрорлади  0 09:11"Арсенал" ПСЖ юлдузига қизиқмоқда  0 08:40"Манчестер Сити"нинг "Арсенал"га қарши финал учрашуви учун тахминий таркиби маълум   7 08:06Англия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун уй-меҳмонлар либослари тақдим этилди  1 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун мусобақанинг саралаш босқичига старт берилади  0 03:10АПЛ. "Лидс" кетма-кет тўртинчи ўйинида гол ура олмади. Кейинги ўйин МЮ билан  0 03:03Франция. ПСЖ осон ғалабага эришди  0 02:41А Серия. Сўнгги дақиқаларда пенальтидан гол ура олмаган "Ювентус" очко йўқотди  7 01:50Чемпионлик учун имкониятлар тугади: "Челси" бир қанча ёмон натижалар қайд этди  3 01:32Лиам Росеньор: "Челси" жуда осон голларни ўтказиб юборяпти"  4 01:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога шартнома таклиф қилди, бироқ...  3 00:38Бундеслига. "Боруссия" Д суперкамбэк амалга оширди  1 00:23АПЛ. "Челси" осмонида қора булутлар: Росеньор жамоаси Ливерпулда йирик ҳисобда ютқазди  18 23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  5 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  9

"El-Klassiko"dagi bahsli vaziyatlar (+FOTO) Yangiliklar

"El-Klassiko"dagi bahsli vaziyatlar (+FOTO)

Madridning "Real" klubi LaLiganing 17-tur uchrashuvi doirasida "Barselona"ni "Santyago Bernabeu"da qabul qildi.

O'yin 3:0 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlandi. Bahsdan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda kataloniyaliklar darvozasiga penalti belgilanishi kerakligi haqida tortishuvlar bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi ilk jiddiy bahsli vaziyat 76-daqiqada sodir bo'ldi. Marko Asensio to'pni jarima maydoni ichiga uzatayotganda, to'p maydoncha ichidagi Serxi Robertoning qo'liga tegdi. Ammo himoyachi qo'llarini yashirishga uringandi, biroq zarba yo'nalishi aynan uning qo'li tufayli o'zgardi. Hakam Xose Sanches o'yinni davom ettirish mumkinligini ko'rsatdi.


Ikkinchi bahsli vaziyat ham birinchisiga o'xshab ketadi. 83-daqiqada to'p jarima maydonchasi ichida yana "Barselona" futbolchisining qo'liga tegadi. Bu safar Rakitich Kroosning uzatmasini bartaraf etdi. Xorvatiyalik yarim himoyachi qo'lini tanasiga tortdi, ammo to'p baribir o'sha tana azosiga tegdi. Ikkinchi vaziyatda ham Xose Sanches "Real" futbolchilariga o'ynashda davom etish kerakligini malum qildi.


Muhokamalarga sabab bo'lgan so'nggi voqea esa bahsning oxirgi soniyalariga to'g'ri keldi. Uchinchi gol urilishidan oldin Messi maydonni tark etgan to'pni qaytargandek bo'ldi, ammo takroriy lavhalarda to'p maydondan chiqib ketgani ko'rindi. Yon hakam Messi tufayli to'p qaerdaligi ko'ra olmadi va bayroqchasini ko'tarmaslikka qaror qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bazi muxlislar 1 va 2-vaziyatlarda penalti qo'yilishi kerakligini aytgan bo'lsa, boshqalar aksincha fikr bildirdi.

Sizchi, siz bu vaziyatlar haqida qanday fikrdasiz?

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика