"El-Klasiko"dan oldin: Pike jamoadoshi Ansu Fati va Vinisiusni solishtirdi
23 okt 2021 14:25
Yangiliklar
"El-Klasiko"dan oldin: Pike jamoadoshi Ansu Fati va Vinisiusni solishtirdi
La Liga 10-turi doirasida "Barselona" o'z maydonida "Real Madrid"ni qabul qiladi.
"Ansu va Vinisius? Ular biroz boshqa tipdagi futbolchilar", — dedi Jerar Pike "El Klasiko"dan oldingi matbuot anjumanida.
"Vinisius tezligi va faolligi bilan ajralib tursa, Ansu esa gol urish iqtidoriga ega".
"Ammo ularning bir o'xshash jihati ham bor - har ikkisi yakkama-yakka kurashlarda qanday harakat qilishni yaxshi biladi".
"Vini va Fati — La Liganing eng iqtidorli yosh futbolchilari hisoblanadi. Agar mehnat qilishdan to'xtab qolmasalar, ularni yorqin kelajak kutib turibdi".
Eslatib o'tamiz, Vinisius chempionatning 8 uchrashuvida 5 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etgan bo'lsa, Fati 3 o'yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
22:15
La Liga. "Barselona" o'z maydonida yirik g'alabaga erishdi va jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi 46
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar