"El-Klasiko"dan oldin Kroos: "Ularning ko'p o'yinini ko'ra olmadim. Boshqa ishlarim bor edi"
12 jan 2022 11:13
Yangiliklar
"El-Klasiko"dan oldin Kroos: "Ularning ko'p o'yinini ko'ra olmadim. Boshqa ishlarim bor edi"
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida "Barselona"ga qarshi bellashuv oldidan raqib borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Xavi bosh murabbiy etib tayinlangach, "Barsa"da nimalar o'zgarganini aniq ayta olmayman. So'nggi paytlarda ularning u qadar ko'p o'yinini tomosha qila olmadim, boshqa ishlarim bor – masalan, o'zimizning uchrashuvlarni tomosha qilish.
Biroq men ularni yaxshi bilaman. Jamoa safida sifatli o'yin ko'rsata oladigan yigitlar jamlangan", – dedi Kroos.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" – "Real" bellashuvi bugun tunda Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi.
Fikrlar