"El klasiko" Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi
02 okt 2013 15:12
Yangiliklar


"El klasiko" Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin 26 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18.00 da (Toshkent vaqti bilan soat 21:00)da boshlanadi.
LFP bu malumotni bugun yoki ertaga tasdiqlashi lozim. Dastlab klasikoni 16.00ga ko'chirishmoqchi edi, ammo liga bu qarorni qabul qilmadi. Oldinlari bu o'yin tunggi 02.00 da boshlanardi. Ammo endi Ispaniya chempionati rahbariyati Osiyo bozorini o'ylab o'yinni 18.00ga belgiladi.

Fikrlar