El Chiringuito: "Pochettino "Real"da Zidanni almashtirishi mumkin"
10 mar 2020 22:56
Yangiliklar
El Chiringuito: "Pochettino "Real"da Zidanni almashtirishi mumkin"
Argentinalik mutaxassisning Ispaniyaga qaytishi taxmin qilinmoqda.
"El Chiringuito" xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan vazifasidan ozod qilinishi mumkin. Agar franciyalik mutaxassis mavsum yakunida La Liga yoki ECHL g'olibligini qo'lga kirita olmasa, "qaymoqranglilar" jamoasi rahbariyati uning istefosini rasmiylashtiradi.
Takidlanishicha, Zidanning o'rnini Londonning "Tottenxem" klubi sobiq ustozi Maurisio Pochettino egallaydi. Noyabr oyidan beri ishsiz yurgan argentinalik mutaxassisga "qirollik klubi" rahbariyati tomonidan jamoani yangidan tuzish uchun barcha imkoniyatlar yaratib beriladi hamda kelasi mavsum oxirida natija (ichki va xalqaro maydondagi musobaqalar g'olibligi) talab qilinadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar