So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  3 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  2 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  14 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  13 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"El bandido" "Real"da yo'qolib qoldimi yoki uni Zidan yo'qotib qo'ydimi? Yangiliklar

"El bandido" "Real"da yo'qolib qoldimi yoki uni Zidan yo'qotib qo'ydimi?

2014 yilning yoz faslida butun dunyo futbol ishqibozlari kolumbiyalik yosh, uncha-muncha narsadan tap tortmaydigan "yirtqich"ni yoqtirib qoldilar.

Kolumbiya termasi Braziliyaga o'zinining etakchisi Radamel Falkaosiz borganiga qaramay, o'z tarixidagi eng omadli turnirlarning birini o'tkazdi. Aynan o'sha turnirda jamoa muxlislari millat qaxramoni, milliy terma jamoaning yangi sardoriga ega bo'ldilar.

Avvaliga, ko'pchilikning etiboriga tushgan Xamesning ismi qanday talaffuz qilinishi muhokamalarga sabab bo'ldi, JCH-2014 to'purarining har bir golidan zavqlanib yashadik. SHuncha ishdan keyin, uning "Monako" bilan xayrlashishi ham tabiiy bir hol bo'ldi.

Futbolchi Madridga ko'chib o'tganda endi 23 yoshga to'lgandi. U kuchga to'lgan VVS uchligidan cho'chimadi va yaxshigina pulga sotib olingan (80 million evro) futbolchi tanasini tatuirovkalar bilan "bezata" boshladi. Ham maydondagi harakatlari, ham biznes tomondan Qirollik klubiga mos keluvchi futbolchi edi. Boz ustiga, bu xarid orqali 47 milliondan ortiq aholisi bor mamlakat ham, "Real Madrid"ni qo'llay boshladi. Yarim himoyachi futbolkalari magazinda uzoq qolib ketmasligi aniq edi. Buni "Monako" liboslari sotuvida ham ko'rish mumkin edi. "Real"ning reklama bozoridagi ishlari francuz klubidan ancha yaxshiligi esa hech kimga sir emas.

Lekin futbol va atributika o'rtasidagi muvozanatni kolumbiyalik 2014 yilning oxiriga qadar saqlab qola bildi holos. Xames ismi tushirilgan futbolkalar yaxshi sotilishda davom etdi, ammo Karlo Anchelotti jamoani tark etgandan so'ng, Rodrigesning maydondagi ishlari ortga keta boshladi. Qaymoqli kokteylni "tami" o'zgarmadi, ammo endi uni aralashtirishda Xames ishtirok etmaydigan bo'ldi.

Texnikasi kuchli, shu bilan birga undan qolishmaydigan darajada kuchli zarbaga ega janubiy amerikalikning zaxiraga mixlanishidan "blankos" biror narsa yo'qotgani unchalik sezilmadi ham. Xujumdagi ishlar joyida, jamoaviy o'yin ham sekin-asta yo'lga qo'yildi, ishlar o'xshamagan vaqtlarda esa "Ramos taym" "Real"ga muhim ochkolar keltira boshladi.

SHu sabab Xamesning "10" raqami Madrid uchun deyarli ahamiyatsiz bo'lib qoldi, ikkinchidan bu "7" raqamlilar shahri, Luis Enrike ham "10" raqamida o'ynagan; uchinchidan Pushkash, Laudrup, Robino va O'zil bilan bir qatorda kolumbiyalik o'zini u qadar erkin xis qilmasligi aniq. To'g'ri, Xames ikkinchi o'yinidayoq "Atletiko" darvozasiga to'p kiritdi, ammo cho'zilib ketgan moslashish jarayoni va stabillik etishmasligi, so'zsiz iqtidorli futbolchiga etarli o'yin vaqti berilmasligiga olib keldi.

Braziliyadagi chempionatdan so'ng ko'plab iqtidorli yoshlar paydo bo'lishdi, mundialning eng foydali futbolchisi esa (6+2), JCH o'yinlarida qay darajada osonlik bilan raqiblarni dog'da qoldirgan bo'lsa, shu qadar oson "yo'qolib qoldi". Ikki yarim yilda Xames Ispaniya chempionatida 61 o'yin o'tkazdi, 21 ta gol, 23 ta go'lli uzatma (barcha turnirlarda esa: 94/27/37). Raqamlarga qarasa, hammasi joyida, lekin taassurotlar esa...



2015/16 yilgi mavsumning ilk o'yini va Rafael Benites qaxramonimizni zaxirada qoldirdi. Tabiiyki, futbolchi nafaqat Xixondagi durrangdan, balki o'zining "yangi roli"dan ham xafa edi.

Futbolchi tvitterdagi sahifasiga o'zini otdek xis qilayotganini yozganiga qaramay ("Better than ever!"), Benites yarim himoyachi mashg'ulotlarga barchadan keyin qo'shilgani va hali formaga kirib olmagani tufayligina asosiy tarkibdan chetda qolayotganini takidlardi. Rafa qo'l ostida "Real" u qadar yorqin o'yin namoyish etmasdi, lekin Xames, sog' bo'lsa tarkibga kiritildi, lekin shunda ham, to'qqiz o'yindan uchtasinigina to'liq o'tkazdi.

Noyabr oyi, jarohatidan qutulgan futbolchi terma safida o'yin o'tkazdi va CHili darvozasiga gol urishga erishdi. O'yindan keyinoq, OAV orqali "Real" bosh murabbiyiga "salom" yo'lladi: O'yinni ko'rdingiz, shunda ham ular meni formada emas deyishyapti". "Ular" yana bir oycha gapirishdi, undan keyin esa o'zining jonajon "Valensiya"si Benitesning boshiga etdi. Xayr, Benites!

Keyinchalik, Xames terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qildi va yana o'sha OAV orqali: Zidan uning bolalikdagi kumiri ekanligini etirof etdi. Ammo "Real"ni francuz qo'lga olganidan keyin ham vaziyat sezilarli darajada o'zgarmadi.

Qo'rqmang, 2016 yilda Xames eslashga arzirli o'yin o'tkazib ulgurdi. "Siz bilan biz buning shohidi bo'lishdek baxtga erishdik!" deb o'yladi ko'pchilik. Axir, butun boshli "Santyago Bernabeu" 90 daqiqaga Garet Beyl (jarohat) va uning o'ziga xos soch turmagi haqida unutdi. "Real"ning "Atletik Bilbao" ustidan ishonchli g'alabasi, Ronaldoning sehrli zarbasi va juda chiroyli goli, uchar Xames o'yin taqidirini hal qilishdi. Basklar Xamesni to'xtata olmay qiynalib ketishdi, u esa qanotda Danilo bilan istagan ishini qildi. JCH-2014 qaytishi uchun Rodriges ijrosida uzoq masofadan gol etishmay turgandi xolos. "El bandido" keyinroq shu kabi golniyam urdi, ammo jamoa o'yinini muntazam boshqarish, unga engillik, kutilmagan harakatlar kiritish qo'lidan kelmadi.

SHuning uchun ham terma libosini kiyishi bilan futbolchi: "Qo'llab-quvvatlab turishsa, o'ynash ancha oson" deyishdan charchamadi.

Amerika Kubogini omadli boshlab olgan Kolumbiya sardorining: "Terma jamoada umuman boshqa muhitni ko'raman, jamoa menga yordam beradi va men yaxshiroq o'ynay boshlayman", "Terma safida bitta oyoqda bo'lsa ham o'ynashga tayyorman, etarli o'yin vaqti berilishini judayam sog'ingandim" kabi so'zlari yangradi.

Ammo Kopada Kolumbiya yurishini yarim finaldayoq to'xtatishga majbur bo'ldi. Klub tarkibiga esa Xames, Messi "Barselona"ga qaytganidan keyinroq qo'shildi. Vaholanki, Leo jamoasi bilan yarim finalda aynan Kolumbiyani engib, final uchrashuvida (bu yana qo'shimcha to'rt kun degani) ham ishtirok etgandi. Messi kamroq dam olishga rozi bo'ldi va tatilini qisqartirdi; Xamesning jamoadoshlari Mateo Kovachich, Alvaro Morata va Lukas Vaskes ham shu yo'ldan borishdi. "Real"da qo'llashmayapti deb norozi bo'layotgan Xames esa bu haqida o'ylab ham ko'rmadi.



Balki shu xarakteri sabab Benitesga yoqmagandir, Zidanni qoyil qoldira olmagandir Xames Rodriges. O'shanda bir necha kun ertaroq kelib, mashg'ulot boshlagan yigitlar bugun kolumbiyalikdan ancha ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqdalar. Tasodif deysizmi, balki...

Zidan bosh murabbiy etib tayinlanganiga bir yildan sal kamroq vaqt bo'ldi va bugun ishonch bilan aytishimiz mumkin, Xames asosiy tarkibdagi joyini butkul yo'qotib qo'ydi. Hozirda maydon markazida Kazemiro, Luka Modrich va Toni Kroosning o'ziga xos "uchburchagi" harakat qilyapti. Mavsum davomida jarohatlar sabab, bazan shunchaki rotaciya tufayli asosiy uchlikdan kimdir maydonga tushmasa ham, francuz poliglot Kovachichni, o'ta iqtidorli Marko Asensio va aqlini yig'ib olgan chog'i, Iskoni ishga solyapti.

Aynan ispaniyalik bilan Xamesni ko'proq solishtirishadi, chunki Zidan qo'l ostida ularning ikkisi ham zaxiradan qo'shiladigan futbolchiga aylanib qoldi, muhim gollarni urmay qo'ydi va xattoki, boshqa chempionatga yo'l olish haqida ham o'ylab qolishdi. Lekin bir oz oldin aytganimizdek, Isko o'ziga keldi va Xames bilan birga bekor o'tkazilgan vaqtni, u bilan birga qulog'ini ushlab ketgan asosiy tarkibdagi joyni qaytarishga jiddiy kirishdi.

Asosiy muammo shundaki - Zidan aniq rejaga ega, xattoki zaxira rejalari ham mavjud, lekin ularning hech birida Xames uchun joy ajratilmadi. Francuz odatda to'pga egalik qilish va pozicion hujumlarni maqul ko'radi. Buning uchun kerakli hislatlarning barchasi Iskoda mavjud, qo'shimchasiga Modrichning jarohati ispaniyalikka tarkibdan joy olish uchun qo'shimcha imkon yaratdi. Mavsumning samarali o'tgan ikkinchi qismi, "Betis" bilan o'yindagi dubl, derbidagi ishonchli o'yin va "Uembli"dagi gol.

Isko qaytdi va maydon markazi eshiklari Xames uchun qattiq yopib qo'yildi. Hujumda esa murabbiy Morata, Lukas Vaskes va xattoki Mariano Diasga imkon berdi (barcha turnirlarda 151 daqiqa o'yin vaqtida 5 ta gol), lekin Xames hamon zaxirada. Bazilar, uning vaqtini yosh Vaskes "o'g'irlayapti" dedi, ammo endi hech ikkilanmay aytish mumkin, Lukas o'z nonini emoqda.

Bu ikki futbolchi o'yiniga etibor bersak, juda ham katta farqni ko'rish mumkin. Lukasning arsenalida kuchli zarba va himoyachilar ortiga etkazib beriladigan hal qiluvchi paslar deyarli yo'q, lekin u ancha tezkor va doimo agressiv harakat qiladi. SHu orqali o'yin tempini, raqibni bosimda ushlab tura oladi. Varshava shag'rida "Legiya" bilan durrangdan (3:3) so'ng, Zidan aynan to'xtovsiz harakat va bosim etishmagani haqida besh bor takidladi. Ispaniyalik hamkasblarimiz hisob-kitobiga ko'ra, aynan "intensiv harakat" (intensidad) va "diqqat" ("concentracion") - Zidanning matbuot-anjumanlarida eng ko'p ishlatadigan so'zlari ekan.

SHu tariqa, Vaskes kuchli uchlik azolarining birortasini vaqti-vaqti bilan almashtirib turish imkoniyatiga ega bo'ldi. Xames imkoniyatlarini inobatga olsak Benzema va Ronaldo bilan yonma-yon harakat qila oladi (bir yil oldin "Atletik" klubiga qarshi o'yinda u buni isbotlagandi). Lekin ayni damda kolumbiyalik, Vaskesga nisbatan kamroq va sekinroq harakat qilmoqda. Yoshroq hamkasbi esa aksincha, qo'rqmasdan raqibni aldashga kirishmoqda, qanotdan katta tezlikda oldinga o'tib, vaziyatlar yaratmoqda, shu bilan birga himoyadagilarga ham yordamga qaytishni kanda qilmayapti. SHuning uchun Vaskes Milandagi CHL finalida 43 daqiqa, "Atletiko" er bilan bitta qilingan o'yinda (86 daqiqa) va el klasikoda uchrashuvning boshidan ohiriga qadar maydonda harakat qildi.



Bu orada Xames asosan zaxira o'rindig'ini isitib o'tirish bilan band bo'ldi va  Madrid derbisida 7 daqiqaga ko'rinish berdi. Umuman, 2016/17 mavsumning o'tib ulgurgan qismida Xames La Liganing 8 uchrashuvida maydonga tushdi (bor yo'g'i 4 tasi asosiy tarkibda) va Kubokda ikkita to'liq uchrashuv. Ularning biri uchinchi divizion jamoasi "Leonesa"ga qarshi bahsda gol va 4 ta golli uzatma.

Zidan o'z jamoasida o'ynashini xohlagan futbolchi uchun unchalik yaxshi natija emas albatta. Hozirda Beyldan boshqa barcha futbolchilar sog', lekin Rodrigesni hujumda Benzemaning yonida, yoki hech bo'lmasa, Iskoni almashtirishini faqatgina Florentino Peres hayolida tasavvur qila oladi chog'i.

Transfer oynasi ochildi va odatdagidek turli xil gaplar tarqala boshladi. Va Xames tufayli, "Real"da juda ko'p narsaga tasir o'tkaza oladigan va barcha qattiq hurmat qiladigan ikki inson chinakamiga tortishib qolishi hech gap emas. Sababi, prezident futbolchi qolishi kerak deb hisoblasa, Zizuning bu boradagi fikri sal boshqacharoq.

Kuni kecha "Real" klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatida zafar quchgani va bu turnir Yaponida bo'lganini yaxshi bilasiz albatta. Xames Yaponiyani o'z yurti Kolumbiya deb o'yladi shekilli, OAV vakillariga "Santyago Bernabeu"dagi kelajagini tasavvur qila olmayotgani, jamoada u baxtli ekanligi, lekin ko'proq o'ynagisi kelayotganini aytib yubordi. "Menda bazi takliflar mavjud va barchasini o'ylab, qaror qabul qilish uchun 7 kun vaqt bor" deb qo'shimcha qildi u.

AS nashri so'rovnomasiga ko'ra, klubning 70% muxlisi Xamesning jamoada qolishiga qarshi. O'sha 70% ichida Zidan, Lukas Vaskes, Asensio va haligi 5 klub vakillari bo'lsa ajabmas.

Kolumbiya OAVi xabarlariga ishonsak, Xames uyda Angliya vizasini olish harakatida yuribdi, ammo Franciya va Italiyadan ham sovchi borligini unutmaslik lozim.

Hozircha vaziyat chamasi quyidagicha ko'rinish olgan:

- Jorje Mendesh (futbolchining agenti) "MYU" bilan yaxshi aloqalarga ega, ustiga-ustak Joze Mourino jamoasida maydon markazidagi Mino Rayolaning eng qimmat mijoziga ko'makchi zarar qilmiasdi.

- SHu bilan birga, Xamesni Pogba bilan tandem hosil qilish uchunmas, francuzning o'rniga olishlari ham mumkin. "Yuventus" o'zining taktik sxemadagi "10" o'yinchisisiz qolib ketdi va uning o'rniga, ajoyib paslar bera oladigan va kezi kelganda darvozaga aqlbovar qilmas zarbalar bera oladigan (yoki avval bera olgan) o'yinchi qidirmoqda.



- Ammo, lekin, biroq... Antonio Konte jamoa xo'jayini Roman Abramovichdan yaxshigina "soqqa" olishga muvaffaq bo'ldi va yarim himoyachini "CHelsi"da kutib o'tiribdi. Axir Oskar Xitoyga ketdi va Fabregas ham ketish taraddudida.

- "Inter" uzoq tanaffusdan keyin tilga kirganini ham unutmang. Vanihoyat klub "boyvochcha" homiy topishga erishdi. Xitoyliklar "chin yurti" qolib, Italiyaga kelib pul sarflashni boshlab yuborishdi. Aynan o'shalar, avvalroq Xamesni "Milan"ga chorlashgandi.

- Xaridorlar ichida "PSJ"ni alohida qayd etmasak uyat bo'lar. Kolumbiyalik avvalroq Franciyada o'ynagan, qo'shimchasiga Parij kerakli o'yinchiga pulni ayab o'tirmaydi.

Xames terma jamoaga faqatgina klubidan arz qilish uchun bormoqchi emas va muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish niyatida yonmoqda.

Sababi, hozirda futbolchi faqatgina o'yin amaliyotiga ega bo'lish haqida o'ylashi lozim. CHunki bir yil oldin Zidan uni maydonga tushish uchun chigalyozdi mashqlarini bajarish uchun yuborib, keyinroq zaxira o'rindig'idan topgandi.

Futbolchi ko'p o'tirib qoldi, u qaytishi zarur. Bunday iqtidor sohiblari o'yinni chetdan tomosha qilishlari emas, bevosita maydonda ishtirok etishlari lozim.


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика