So’nggi yangiliklar

07:35Лионель Месси жароҳат олди  0 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  0 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76

Ektor Kuperning ilk yig'iniga oid raqam va faktlar Yangiliklar

Ektor Kuperning ilk yig'iniga oid raqam va faktlar

Ektor Kuperning dastlabki yig'iniga oid bazi raqam va faktlarni taqdim etamiz.

O'zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper qo'l ostidagi ilk yig'in doirasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab Suriya bilan durang qayd etilgan bo'lsa, Eronga qarshi bahsda esa vakillarimiz kichik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi. Kuperning terma jamoamizdagi ilk yig'ini 21 kun (22 avgust-11 sentyabr) davom etdi.


Kuper yig'in davomida futbolchilarga 1 sentyabr kuni dam olish imkoniyatini taqdim etdi. SHuningdek, Suriyaga qarshi uchrashuvdan keyin 7 sentyabr kuni futbolchilarni mashg'ulotdan keyin o'z uylariga ketishiga ruxsat berdi va ertasi kuni tush vaqti 12:00da jamoani yig'di. Kuper 21 kun davom etgan yig'in chog'ida faqatgina ikki kun futbolchilarni uylariga qo'yib yubordi. Qolgan kunlari futbolchilar mehmonxonadan chiqishgani yo'q.



Kuper yig'inga jami 30 nafar futbolchini jalb etgandi. Aslida "Lokomotiv"ning ("Buxoro" bilan o'yinda jarohat oldi) o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev ishtirok etishi lozim bo'lgan mazkur yig'inda Murod Xolmuhammedov jalb etildi. SHuningdek, SHerzod Azamov va Aziz Haydarov jarohati bois terma jamoa lagerini erta tark etishga majbur bo'lishdi. Janubiy Koreyaning 1 Divizionida to'p tepayotgan SHohruh Gadoev va Sanjar Tursunov MTJ safiga Suriyaga qarshi o'yindan keyin (7 sentyabr) qo'shildi.



Natijada Kuper bu ikkala uchrashuvga tayyorgarlikni 28 nafar futbolchi bilan davom ettirdi. Ektor Kuper ikkita o'yinda jami 24 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Qolgan nafar futbolchilarga (Murod Zuhurov, Sanjar Quvvatov, Murod Xolmuhammedov, SHohruh Gadoev) imkoniyat taqdim etilmadi. Etiborlisi, Murod Zuhurov har ikkala uchrashuvda ham qaydnomadan ham o'rin olmadi.


Anzur Ismoilov, Otabek SHukurov, Sardor Rashidov va Marat Bikmaev har ikkala bahsni ham boshlang'ich tarkibda boshladi. Anzur Ismoilov esa ikkala o'yinni to'liq o'tkazgan yagona futbolchi bo'ldi. Sardor Sobirxo'jaev esa ikkala uchrashuvda ham zaxiradan maydonga tushgan yagona futbolchi. Temurxo'ja Abduxoliqov va Eldor SHomurodov birinchi o'yinda zaxiradan, Eronga qarshi uchrashuvda esa asosiy tarkibda tushdi. Husniddin G'ofurov esa aksincha, Suriya bilan o'yinni boshlang'ich tarkibda, Eronga qarshi bahsni esa zaxiradan tushgan holda o'tkazdi.




Suriya va Eron bilan o'yinda ishtirok etgan futbolchilar: Anzur Ismoilov, Otabek SHukurov, Marat Bikmaev, Sardor Rashidov, Husniddin G'ofurov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Eldor SHomurodov va Sardor Sobirxo'jaev.


O'zbekiston - Suriya 1:1
6 sentyabr 2018. Toshkent. "Milliy" stadion. 20:00
Bosh hakam:
CHorimurod Qurbonov (Turkmaniston)

Qanot hakamlari: Polvon Polvonov, Ahmet Beknazarov.

Gol: Marat Bikmaev 64 penalti, - 1:0. Omar Al Soma 78, - 1:1.

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal SHorahmedov, 31.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev, 8.Javlon Ibrohimov (18.Sardor Sobirxo'jaev, 46), 16.Otabek SHukurov, 27.Sardor Rashidov (14.Eldor SHomurodov, 76), 10.Marat Bikmaev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 68), 6.Husniddin G'ofurov (26.Sanat SHixov, 68), 28.Ivan Nagaev (15.Sardor Mirzaev, 55)
Zaxira: 12.Eldor Suyunov, 30.Sanjar Quvvatov, 24.Murod Xolmuhammedov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 4.Farrux Sayfiev, 9.Odil Ahmedov, 21.Igor Sergeev,

Suriya: 1.Ibrohim Alma, 3.Nodim Sabog', 15.Abdul Malik Alanizan, 4.Jihod Al Baour, 5.Omro Al Midani, 8.Mahmud Al Mavas, 9.Omar Al Soma, 11.Osama Omari (7.Aias Osman, 83), 14.Tamir Xoj Muhammad, 10.Muhammad Usmon, 21.Fahad Yusuf
Zaxira: 22.SHaher Al SHokir, 23.Ahmad Madaniyah, 2.Esra Al Hamviah, 6.Omro Jeniat, 12.Hussayin Al Jvayed, 13.Ahmad Ashkar, 16.Hamid Mido, 17.Yusuf Kalfa, 18.Gabriel Somi, 19.Mardik Mardikyan, 20.Txaer Kruma.

Ogohlantirishlar: Tamir Xoj Muhammad 30.


Suriya bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmagan futbolchilar: Murod Zuhurov, Vitaliy Denisov, Vladimir Kozak.


O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Eron 0:1  

11 sentyabr 2018. Toshkent. "Milliy" stadioni. 20:00
Hakamlar
: Dmitriy Mashencev, Bahodir Qo'chqorov, Ismoil Tolibjonov (barchasi Qirg'iziston), Sanjar SHoyusupov (O'zbekiston).

Gol: Mehdi Torabi 67, - 0:1.

O'zbekiston (4-2-3-1): 12.Eldorbek Suyunov, 19.Vitaliy Denisov (29.Vladimir Kozak, 72), 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 4.Farrux Sayfiev, 7.Odil Ahmedov, 16.Otabek SHukurov, 14.Eldor SHomurodov (17.Sanjar Tursunov, 46), 10.Marat Bikmaev (6.Husniddin G'ofurov, 46), 27.Sardor Rashidov (18.Sardor Sobirxo'jaev, 56), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (21.Igor Sergeev, 46)

Zaxira: 30.Sanjar Quvvatov, 3.Egor Krimec, 2.Akmal SHorahmedov, 26.Sanat SHixov, 28.Ivan Nagaev, 22.SHohruh Gadoev, 15.Sardor Mirzaev,

Eron: 22.Amir Obidzoda, 8.Murtazo Puraliganji, 19.Majid Hussayni (15.Pejman Muntazori, 62), 2.Vuriya G'ofuri (28.Sodiq Muharrami, 46), 5.Milad Muhammadi, 6.Said Izzatullohi (7.Masud SHojayi, 69), 9.Omid Ibrohimi, 21.Ashkan Dejaga (13.Saman G'oddos, 46), 27.Ali Golizoda, 18.Ali Rizo Jahonbaxsh (17.Mehdi Taremi, 46), 10.Karim Ansarifard (16.Mehdi Torabi, 64)

Zaxira: 1.Alirizo Beyranvand, 12.Sayid Hussayin Hussayni, 3.Ehson Xojsafi, 29.Armin Suhrobian, 14.Ali Karimi, 11.Vohid Amiri


Eron bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmagan futbolchilar: Murod Zuhurov, Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteev, Javlon Ibrohimov, Murod Xolmuhammedov.


O'zbekiston: Suriya va Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun jalb etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”) <Eron>

Murodjon Zuhurov (“Bunyodkor”) <o'ynamadi>

Sanjar Quvvatov (“Nasaf”) <o'ynamadi>

Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”) <Suriya>
 

Himoyachilar:
Vitaliy Denisov (“Krilya Sovetov”, Rossiya) <Eron>

Sanat SHixov  (“Buxoro”) <Suriya>

Murod Xolmuhamedov  (“Qo'qon-1912”) <o'ynamadi>

Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”) <Suriya, Eron>
 
Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”) <Eron>

Egor Krimec  (“Paxtakor”) <Suriya>

Muhammadiev SHuhrat  ("Lokomotiv") * (jarohat, yig'inda ishtirok etmadi)

Oleg Zoteev (“Lokomotiv”) <Suriya>

SHerzod Azamov (“Paxtakor”) * (jarohat)

Farrux Sayfiev (“Paxtakor”) <Eron>

Akmal SHorahmedov ("Paxtakor") <Suriya>

Vladimir Kozak (“Paxtakor”) <Eron>


Yarim himoyachilar:
Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy) <Eron>

Husniddin G'ofurov  (“Lokomotiv”) <Suriya, Eron>

SHohruh Gadoev  (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya) <o'ynamadi>

Azizbek Haydarov (“Bunyodkor”)   *(jarohat)

Sardor Mirzaev  (“Lokomotiv”)  <Suriya>

Otabek SHukurov  (“SHarja”, BAA) <Suriya, Eron>

Sardor Sobirxo'jaev (“Bunyodkor”) <Suriya, Eron>

Sardor Rashidov (“Lokomotiv”) <Suriya, Eron>

Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya) <Suriya, Eron>

Sanjar Tursunov  (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya”) <Eron>

Javlon Ibrohimov (“Bunyodkor”) <Suriya>
 

Hujumchilar:
Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”) <Suriya, Eron>

Marat Bikmaev (“Lokomotiv”) <Suriya, Eron>

Ivan Nagaev (“Qizilqum”) <Suriya>

Igor Sergeev (“Paxtakor”) <Eron>


O'zbekiston MTJning yaqin kelajakdagi qiyofasi, Kuper falsafasi va uslubi haqida

Pleylistimizda "Despacito" qo'shig'i yoxud Kuperning ilk yig'ini tahlili


SHahboz Beg'amov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика