So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Kuper Rashidovni nega terma jamoaga chaqirmaganini ochiqcha izohlashni istamadi - matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

Kuper Rashidovni nega terma jamoaga chaqirmaganini ochiqcha izohlashni istamadi - matbuot anjumani (to'liq)

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Qatarga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida bir qator masalalar bo'yicha izoh berib o'tdi.

Ektor Kuper dastavval o'yinoldi fikrlarini bildira turib, ertangi bahsda ham jamoadan tartibli o'yin kutishini alohida takidladi. SHuningdek, murabbiy Qatar bilan o'yinda o'tgan bahsda zaxirada qolgan futbolchilarga ham imkoniyat berishini malum qildi.

- "Ertaga bu yig'in doirasidagi ikkinchi o'yinda maydonga tushamiz. Bu uchrashuvda KXDR bilan bahsdagi yaxshi jihatlarni saqlab qolishni va uslubni yanada shakllantirishga urg'u beramiz. Undan tashqari, birinchi o'yinda kamroq o'ynagan futbolchilarga Qatarga qarshi bellashuvda imkoniyat beramiz. Lekin bu tarkib butunlay o'zgarib ketadi degani emas. KXDR bilan uchrashuvda harakat qilgan bazi futbolchilar ertaga ham maydonga tushishadi. Ertangi uchrashuvdan keyin ikkinchi yig'inimiz ham yakunlanadi. SHundan so'ng noyabrda jamoani yana yig'amiz. Istagim shuki, futbolchilar klub ixtiyoriga ketishganidan so'ng terma jamoa uslubini yoddan chiqarib qo'yishmasa bo'lgani. Aynan shunga umid qilaman", - deydi Ektor Kuper.

Matbuot anjumanida Ektor Kuperga hamroxlik qilgan terma jamoamiz tayanch yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qatarga qarshi qiziqarli o'yin kutayotganini aytdi.

"Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Qatar bilan o'yinlar doim qiziqarli o'tgan. Arab davlati jamoalari doim hujumkor o'yin namoyish etishgan. SHu boisdan ham ularga qarshi o'ynash maroqliroq", - deydi Odiljon Hamrobekov.



Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovning Osiyo kubogida guruhdagi raqiblarimiz o'rganish jarayoni boshlandimi, degan savoliga Ektor Kuper quyidagicha javob qaytardi:

- "Albatta raqiblarimizni o'rganamiz. Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivojlanib ketgan. SHu boisdan stadionga bormay turib ham video orqali raqibning o'yinini o'rganish yoki ko'rish mumkin. Ayni paytda ko'proq o'zimizni o'yinimiz haqida qayg'urmoqdamiz. Kelasi FIFA kunlaridan boshlab jarayonni kuzatish, raqiblarni o'rganish uchun tahlilchilarimizni ham o'yinlarga yuboramiz. Bundan tashqari hozirgi paytda birinchi navbatda o'z o'yinimizga qaratayapmiz. Raqiblarimiz haqida barcha malumotlar bor".


"Championat.asia" muharriri Narzulla Saydullaev esa Livan bilan bo'lajak o'yin o'tkazilishi haqiqatga yaqinmi deya Ektor Kuperga murojaat qildi. Qayd etish kerakki, Miodrag Radulovich yaqinda bergan intervyusida bu haqida to'xtalib, Avstraliyada O'zbekiston bilan o'ynashlari haqida malumot bergandi. 

- "Biz 15 noyabr kuni Livan bilan o'ynashimiz rejalashtirilgani haqida malumotga egaman. Mabodo yaqin vaqt ichida qandaydir o'zgarish bo'lgan bo'lsa, unda bundan bexabarman".



Ko'pchilikni qizirtirgan savol, yani SHahboz Beg'amov Rashidovning yig'inga chaqirilmasligi jarohat bilan bog'liqmi yoki futbolchi Kuperning himoyaviy ko'rsatmalarini to'liq bajarmagani bunga sabab bo'ldimi deya so'radi. Murabbiy esa buni ochiqchasiga izohlamasligini bildirib, hech kimga terma jamoadan joy kafolatlanmaganini quyidagicha takidladi:

- "O'zbekiston terma jamoa bilan shartnoma tuzayotganda, menga hech kim malum futbolchilar doim termaga chaqirilishi kerak deb talab qo'ymagan. Hech bir futbolchiga terma jamoadan doimiy joy kafolatlanmagan. Rashidovni nima uchun chaqirmaganim sababini aytishni istamayman. Jarohat yoki o'yin uslubimga to'g'ri kelmagani uchun chaqirilmaganini tushuntirib o'tishga hojat yo'q deb hisoblayman.  Masalan, misol uchun, Hamrobekov ham o'z klubida juda yaxshi o'ynashi mumkin, ammo meni uslubimga to'g'ri kelmasa, unda buni ham terma jamoaga chaqirmayman. Yoki hozirgi kunda uning nuqtasida boshqa futbolchini sinab ko'rayotgan bo'lishim mumkin. Sabablar ko'p, ammo buni oshkor qilmoqchi emasman.

SHuningdek, terma jamoaga futbolchi jalb etayotgan uning hozirgi sport formasiga ham etibor qarataman. Rashidovni bu yig'inga chaqirilmagani, uning uchun terma jamoa eshiklarini butkul yopib qo'yilganini anglatmaydi. Barchani o'z qarashi va o'z tushunchasi bor. Klubida zo'r o'ynaydigan futbolchi terma jamoada o'ynab ketolmasligi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Bu yig'inga chaqirilmagan futbolchilar terma jamoadan o'rin olish uchun imkoniyatni saqlab qolishadi. Murabbiy o'yin ham terma jamoadagi ish kafolatlanmagan. Masalan natija yomon bo'lsa, unda istefo yaqin turadi. Futbolchilarda ham shu. Hech kimga terma jamoadan o'rin kafolatlanmaydi".



Odiljon Hamrobekov Narzulla Saydullaevning "Bunyodkor" stadionidagi maydon holati borasidagi savoliga futbolchi sifatida quyidagicha baho berdi:

- "Ochig'i, hozir bor narsani aytsa bahonaga yuyishlari mumkin. Ammo maydon holatini natijaga tasir qiluvchi faktorga aylantirmagan bo'lardim. Maydon holatini hamma ko'rib, bilib turibdi. Lo'nda qilib aytganda, maydon ideal futbol namoyish etishga to'sqinlik qiladi".


Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov Kuperdan ikkinchi, yani zaxira taktik sxemasi borligini va bor bo'lsa, uni qachon qo'llab, sinovdan o'tkazib ko'rish rejasini so'radi.

- "Hozir futbolchilarga turli xil taktik yuklamalar berib tashlasam, ularni boshi qotib qoladi. Avval mazkur uslubni uzlashtirmasidan turib zaxira taktikasi borasida ishlamay turamiz. Avvalo o'zimizni taktika, yani uslubimizda terma jamoa qiyofasini shakllantirib olishimiz lozim. Keyin esa raqibdan kelib chiqqan holda, vaziyatga qarab ikkinchi "B" rejalariga o'tamiz.  Masalan Eron bilan o'yinda yutqazganimizga taktika noto'g'ri bo'lganidan emas, balki o'shanda harakat qilgan futbolchilarning taktik ko'rsatmalarni to'liq bajarmagani sabab bo'ldi. Balki o'shanda biz poziciyalarda boshqalarni sinab ko'rganimizda, balki natija boshqacha bo'lardi. Yoki KXDR bilan o'yinni olaylik, biz to'g'ri taktika tanlangani uchun g'alaba qozonmadik. Balki futbolchilar ko'rsatmalarni to'g'ri amalga oshirgani uchun yutuqqa erishdik. Undan tashqari futbolchilar yig'in tugagach klublariga ketishadi. Bu orada esa terma jamoa uslubi biroz yoddan chiqishi mumkin. CHunki o'z jamoasida umuman boshqacha uslubda o'ynashadi. Tan olaman, men tanlagan taktika ko'pchilikka yoqmaydi.  Men 100 million aholisi bor mamlakat terma jamoasini boshqarganman. Endi o'zingiz tasavvur qiling, qanday qilib 100 million insonlarga yoqadigan taktikani topish mumkin? Biz hammamiz bir-birimizga o'rganishimiz, murabbiylar, futbolchilar va jurnalistlar  o'zaro ko'nikma xosil qilishimiz lozim. Agar barchasi yaxshi bo'lsa, yani Xudo xohlasa Osiyo Kubogini qo'lga kiritsak yoki Jahon chempionatiga chiqsak, unda biz to'g'ri yo'ldan ketayotgan bo'lamiz. Agar bunday bo'lmasa, unda taktikani o'zgartirish kerak bo'ladi".


SHahboz Beg'amov Vitaliy Denisov borasida ham so'radi. O'FA elon qilgan tarkibda Denisovni jarohati sababli yig'inga jalb etilmagani malum qilingandi. Ammo futbolchi o'z klubida maydonga tushib, futbol o'ynamoqda. Vitaliy Denisovni chaqirilmaganiga aynan nima bilan bog'liqligi so'ralgan savol Kuper quyidagicha javob qaytardi.

- "Menga Denisovda jarohat borligini aytishdi. SHu sababdan uni ro'yxatga kiritmadim. Ammo uni klubida o'ynagani haqida bilmayman. Menga jarohat borligini aytishgani uchun yig'inga chaqirmagandim. Qolganidan xabarim yo'q.


 

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика