So’nggi yangiliklar

20:10Эрон. "Истиқлол" - "Малаван". Машарипов асосий таркибдами?  0 19:49Санчо яна МЮни тарк этадими?  0 19:21"Вальядолид" "Реал" футболчисини ижарага олди  0 19:00Суперлига. "Металлург" – "Динамо" 0:1 (матнли трансляция)  13 18:49"Барселона" футболчисини Франция клубига сотмоқда  1 17:53"Челси" "Наполи" таклифини рад қилди  2 17:32Тожикистон грузиялик мураббий билан ҳамкорлик қилишда давом этади. Унинг олдига термани Осиё Кубоги-2027га олиб чиқиш вазифаси қўйилган  1 17:07Камавинга ортидан "Реал"нинг яна бир асосий футболчиси жароҳат олди  1 16:45Футбол олами. Қолдирилган ўйинларда "Пахтакор" ва "Нефтчи" ютқазди, "Насаф"да ғалаба  0 16:30"Where is Messi?". "Give Me Sport" футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳужумчилар рўйхатини шакллантирди  8 16:05Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Металлург" 2, "Нефтчи", "Насаф" ва ОКМК 1 нафардан йўқотишга эга  5 15:51Футзал. Жаҳон чемпионати иштирокчиларининг асосий "қуроллари"  1 15:35"Ливерпуль" ҳимоячисини "Брентфорд"га сотишдан 25 млн фунт фойда қилди  0 15:11Расман: Илкай Гюндоган "Манчестер Сити"га қайтди!  4 14:52"Челси" 7 нафар футболчисига чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  1

Ektor Kuper: "Men 8ta finalni yutqazganman, lekin yana finalga chiqishni istayveraman..." Yangiliklar

Ektor Kuper: "Men 8ta finalni yutqazganman, lekin yana finalga chiqishni istayveraman..."

Osiyo Kubogi nimchorak final doirasidagi Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvi oldidan har ikkala jamoalar bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanning ikkinchi qismida terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper va vingerimiz Jaloliddin Masharipov qatnashdi.

"Ertaga juda muhim bahs. Pley-off bosqichida xato qilishga hech kimning haqqi yo'q. Yutqazgan jamoa uyiga ravona bo'ladi. Buni to'g'ri tushunib turibmiz. Maydonga faqat va faqat g'alaba uchun tushamiz. Avstraliya Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri. Bizda o'tgan o'yinlardagi xatolarimizni to'g'rilash uchun 3 kun vaqt bo'ldi. Bu vaqt mobaynida raqibni ham obdon o'rgandik. O'yinimizga ham bazi o'zgarishlar qildik. Lekin jamoamizning o'yin chizgisi o'zgarmaydi. Ertaga biz yaxshi futbol ko'rsatamiz. Maydonga shu maqsadda tushamiz", - deya gap boshladi Ektor Kuper.

- Musobaqa oldidan terma jamoamizni zaxirasida ikkinchi reja, yani alternativ taktik uslubni ham o'ylab qo'yganingiz haqida aytgandingiz. Guruh bosqichi tugadi. Pley-off orqali musobaqa qaytadan boshlanadi. Buyog'ida pley-offda o'yinlar istalgan scenariy ostida o'tishi mumkin. Agarda vaziyat taqozo etsa O'zbekiston ikkinchi rejani ishga solishga ham tayyormi? (CA jurnalisti)

- Barcha jamoaning o'z uslubi bor. SHu qatorda O'zbekiston terma jamoasi ham yangi o'yin qiyofasini shakllantirmoqda. Men bu mavzuda faylasuflik qilmoqchi emasman. Albatta raqibdan kelib chiqib bazi taktik o'zgarishlarni amalga oshiramiz. Musobaqa davomida o'yin uslubimizni keskin o'zgartirmaymiz. Menimcha, hozirgi holatda uslub yoki taktik sxemani o'zgartirish yaxshi g'oya emas. 

- Odatda muxlislar tajribali, jamoasini JCHga olib chiqqan murabbiylardan katta natijalar kutishadi. Biz garchi o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lsada Eron va Janubiy Koreyaga, Osiyo Kubogida esa Yaponiyaga mag'lub bo'ldik. Endi Avstraliya bilan o'yin. Kuchli jamoalarga qarshi bahsda O'zbekistonga g'alaba uchun nima etishmayapti? (CA jurnalisti)

- Musobaqani alohida o'yinlarga ajratib chiqish kerak emas. Biz finalga chiqamiz va yutamiz. Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyatda ishlatolmay qolgan quvvatimizni butun musobaqaga sarflamoqchimiz. Kamroq negativ fikrlab, kelajakka yuqori ishonch bilan qarash kerak. Biz bu erga barcha o'yinni yutish uchun kelganmiz. O'yindan-o'yingacha kam muddat bor. SHu boisdan ham hozir har bir o'yinni to'liq tahlil qilib chiqishga fursat etmaydi.  

- Avstraliyaning Iordaniya bilan bo'lgan uchrashuvini alohida tahlil qildingizmi? (xorijlik jurnalist)

- Men aynan Iordaniya bilan o'yinnni tahlil qilib chiqqanim yo'q. Jamoani o'rganish va tahlil qilishda ularni musobaqadagi butun o'yinlariga etibor qaratdim. Raqib kuchli, lekin biz ularning kuchsiz va zaif nuqtalarini topamiz. SHuningdek, o'z o'yinimiz orqali ularning kuchli jihatlarini zararsizlantirishga harakat qilamiz.

- Avstraliya bilan O'zbekiston bitta mehmonxonada joylashgani sizga muammo tug'dirmayaptimi? (xorijlik jurnalist)

- Bizga Avstraliya bilan bitta mehmonxonada istiqomat qilish yoqmoqda. Hech qanday muammo yo'q. Meni bu umuman havotirga solmaydi. Hech qanday kelishmovchiliklar yuzaga kelgani yo'q. Har kuni mehmonxona restoranida ko'rishamiz, suhbatlashamiz. Biz Avstraliya bilan do'stlashib kettik desam ham bo'ladi.

- Turkmaniston bilan o'yinda Masharipovning o'yin davomida ishlatgan finti uchun koyidingiz. SHu vaziyat bo'yicha izoh bersangiz? (kun.uz jurnalisti)

- Men bu vaziyatni normal qabul qildim. Futbolchilarim doim erkinlik beraman. Lekin men futbolchilardan doimo o'yinga jiddiy yondoshuvni talab qilaman. Uchrashuv davomida bo'shashmaslik kerak. Konsentraciyani dribling, fint yoki boshqa tryuklarga qaratgandan ko'ra o'yinni o'ylash lozim.

- Avstraliyadan bilan o'yindagi ehtimoliy mag'lubiyat sizning keyingi faoliyatingizga tasir qiladimi? (xorijlik jurnalist)

- Agarda kimdir buni istasa yoki menga qarshi chiqsa...


Jaloliddin Masharipov: "Musobaqadagi dastlabki bahsda bizda ozgina hayajon sezildi. Lekin Turkmanistonga qarshi o'yindan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch ancha ortdi. Uchinchi bahsda garchi Yaponiyadan mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, biz yaxshi o'ynadik. Mazkur mag'lubiyat o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmaydi. Avstraliyaga bilan o'yin oldidan o'z kuchimizga bo'lgan ishonch yuqori. Hech qanday qo'rquv yo'q".

- Jalol, Avstraliya bilan bir shaharda, bir mehmonxonada yashayapsizlar. Raqib haqiqatdan top jamoa. Ular jismonan baquvvat, kuchli. Umuman futbolchilar yig'ilib, o'zaro suhbatlashganda raqibni nimani hisobiga yutish mumkinligini muhokama qildinglarmi? Avstraliyaning zaif nuqtasini topishga muvaffaq bo'ldingizmi? (kun.uz jurnalisti)

- Bu erda bu sirni ochishni istamayman. CHunki Avstraliyalik jurnalistlar ham poylab o'tirishibdi. Biz ularning zaif nuqtasini bilamiz va nimaning evaziga mag'lub etish haqida ham etarlicha tasavvurimiz bor. Buni ertaga maydonda amalda ko'rsatishga harakat qilamiz. Hozir esa kartalarni ochib tashlamoqchi emasman. O'yindan oldin murabbiylar shtabi bizga aniq ko'rsatmalarni berishadi. SHu reja bo'yicha maydonga tushamiz.

- Bundan 8 yil avval Avstraliya sizlarni 6:0 hisobida mag'lub etgan. Ertangi o'yinda O'zbekiston Avstraliyaga qarshi ruhan tayyormi? (xorijlik jurnalist)

- U paytlar yosh bola bo'lganmiz va uchrashuvni televizor orqali tomosha qilganman. O'tgan o'yin bilan hozirgi davrni solishtirmagan bo'lardim. Lekin ichimda o'sha mag'lubiyat alami qolgan. Ertaga o'sha mag'lubiyat alamini olish uchun ham yanada kuchliroq ishtiyoq bilan o'ynaymiz.

Mazkur savoldan so'ng suhbatga Ektor Kuper qo'shildi va shunday dedi: "Men 8 marotaba finalga chiqqanman va yutqazganman. Lekin bu mag'lubiyatlar meni yana finalga chiqish istagimni yo'qotgani yo'q. Men yana finalga chiqishni xohlayveraman".


BAA, Al Ayn shahri, 20 yanvar.

Reyting: +192   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика