So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Ektor Kuper KXDRga qarshi o'yin oldidan: "Turkiya bilan o'yindan o'zimga yoqqan jihatlarni ola bildim" Yangiliklar

Ektor Kuper KXDRga qarshi o'yin oldidan: "Turkiya bilan o'yindan o'zimga yoqqan jihatlarni ola bildim"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper KXDR terma jamoasiga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yini oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'zbek xalqiga, muxlislarga murojaat qilmoqchiman: biz, yani murabbiylar doim yangi joyga ishlagani kelganimizda moslashuv jarayonini boshdan o'tkazamiz. To'g'ri, adaptaciya jarayoni ko'pchilikni, hususan jurnalistlarni ham qiziqtirmaydi. Boshida loyiha tuzamiz. Ko'pchilik loyiha dastur bo'ladi va bu 2018 - 2022 yilgi JCH uchun tuziladi deb hisoblashi mumkin. Ammo unday emas.

Bizga bo'lgan ishonch faqat natijaga bog'liq bo'lib qolishi kerak emas. Agar biz faqat natijani o'ylaganimizda, raqiblarni FIFA reytingidan kelib chiqib izlashimiz mumkin. Biz osonroq raqib topib, ular bilan qiyinchiliksiz o'ynashimiz mumkin edi. Biz har qanday raqib bilan o'ynashga tayyor bo'lishimiz lozim edi. Masalan, Urugvay jahon reytingida 7-o'rindagi terma jamoa edi. Agar biz o'sishni istasak, yuqori darajadagi jamoalar bilan o'ynashimiz lozim. Aynan shunday o'yinlarda biz o'z xatolarimizni ko'rib olishimiz mumkin. 

Bazida associaciya, bazida esa o'zim o'rtoqlik uchrashuvi uchun terma jamoalarni taklif qilaman. Biz masalan Argentina bilan ham o'ynashimiz mumkin. Nima uchun yo'q? Masalan, Desham bilan yaxshi aloqam bor. Biz jahon chempionlari bilan o'ynashimiz mumkin va xattoki ularni ham mag'lub etishimiz mumkin, bunday o'yinlarni xech kim bashorat qila olmaydi. 

Turkiyaga qarshi o'ynadik va ular kuchli terma jamoa hisoblanishadi. Balki kimlardir ularni kuchli hisoblamas, ammo turkiyaliklarning 80 foiz futbolchisi Evropada o'ynaydi. Nima demoqchiman? Asosiy maqsadimiz - sentyabrgacha tayyor bo'lish. Bazida raqibga to'g'ri baho bera olmaymiz. 

Yodingizda bo'lsa, Qatarni mag'lub etgandik. Yakunda esa ular Osiyo chempioni bo'lishdi. SHuning uchun ham biz o'zimiz tuzgan loyiha bo'ylab, o'z yo'limizda davom etamiz. 

Futbolchilar ham doimo yutishni istashadi. Associaciya tomonidan ham ishonch bildirilmoqda. Agar bugun o'zbek muxlisi Turkiyaga yutqazganimizdan hafa bo'lsa, men ularni xotirjamlikka chaqirmoqchiman. Biz FIFA reytingida o'zimizdan ancha yuqoridagi jamoaga qarshi o'ynadik. Masalan, kecha Yaponiya o'z maydonida ancha pastdagi Trinidad va Tobagoni mag'lub eta olmadi. Demak, futbolda har qanday holat bo'lib turadi.

Biz barcha narsaga tayyor bo'lishimiz lozim. Siz jamoaning kayfiyati yomon deb o'ylayotganingiz mumkin, ammo barchasi yaxshi. Biz g'alaba uchun maydonga tushamiz. Biz o'z yo'limizni tanlab olganmiz. Mag'lubiyat kimgadir yoqmasa men vaqtimni ketkazib o'tirmoqchi emasman. Men ham yutqazishni istamayman. 

Bizda yangi futbolchilar bor va ularni sinab ko'rishimiz mumkin. Keyin "Quvondiq Ro'ziev yomon o'ynadi" mavzusidagi gap-so'zlar kelib chiqishi ham mumkin. Ammo, u men bergan ko'rsatmalarning barchasini bajardi. Yigitlar xotirjam va ularning kayfiyati joyida. Biz doimo g'alaba uchun maydonga tushamiz. Ammo, bu bazida amalga oshmay qolishi mumkin", - dedi Kuper anjuman boshida.

-To'g'ri o'rtoqlik o'yinida natija muhim emas. Ammo, o'yin sifati past. Siz boshchiligingizda bungacha 6 ta yig'in o'tkazildi. Murabbiy sifatidagi ilk matbuot anjumanida yangi terma jamoa ko'rishimizni aytgandingiz. Ammo, hozir mudofaa chizig'ida muammolar ko'p.

-Balki bu haqida gapirgandirman. Bilasizmi nima uchun shunday deyman? Men o'z tajribamdan kelib chiqib javob beraman. Bungacha Misr terma jamoasida ishlaganman. Men Misrdaligimda 1 yil 4 oydan so'ng kuchli terma jamoa - Kolumbiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. 1 oy xech qanday muddat emas. 1 oy ichida jamoani shakllantirish mumkin. O'shanda siz noto'g'ri tushungan bo'lishingiz mumkin. Biz himoyada tartib o'rnatish haqida gapirganmiz. Ammo, so'nggi o'yinda biz ikkitagina xato qildik. Kuchli termalarga qarshi o'yinda kichik xatolar ham bizga qimmatga tushishi mumkin. Ular raqiblarni darhol jazolaydilar. Bu mening xatoim. Tan olaman. 


-Nima uchun futbolchilar terma jamoada o'z saviyasida to'p tepa olmayapti?  Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz? Taktikagami? Misol uchun Javohir Sidiqov?

-Osiyo kubogiga qaytamiz. Futbolchilarda bazida o'yin chiqmaydi. Bu mening taktikam sabab bo'lishi ham mumkin, inkor etmayman. Sidiqovga o'yin davomida erkinlik beraman. Bazida unda ham o'yin o'xshamasligi mumkin. Bu taktikaga ham bog'liq bo'lishi ehtimoli yo'q emas.


-Turkiyaga qarshi o'yindan so'ng o'yindan qoniqish hosil qilganingiz haqida gapirgandingiz. Aynan nima maqul keldi sizga o'sha o'yinda?

-Natijadan qoniqmadim, chunki standart vaziyatdan ikkita gol o'tkazib yubordik. Qoniqqan tomonim - futbolchilarda o'zgarish bor. Ular yaxshi tomonga o'zgarishgan. Biz faqatgina standart vaziyatda xato qildik. Biz kelgusi o'yinlar uchun rejalarimiz bor. Doimo yangi o'yinchilarni sinab ko'ramiz. Tanlov katta. Bu mening tanlovim va mening taktikam. SHunday holatlar bo'ladiki, bazida futbolchi ilk o'yinidayoq yaxshi harakat qiladi. Biz Turkiyaga yutqazgan bo'lsakda, o'zim uchun yoqqan jihatlarni ola bildim va bundan xursandman. Ammo, hozir bu aynan qaysi jihatlar ekanligini aytmoqchi emasman. 


-Ismoilov va Krimec kabi futbolchilarimiz bo'la turib, standart vaziyatlarda gol o'tkazib yuborish holatiga qanday baho berasiz?

-Bu Anzur yoki Krimecniing xatosi emasdi. Biz xatolar ustida ishlaymiz. Bu faqatgina bir futbolchining xatosi emas. Balki, bu jamoaga bog'liq bo'lgan masaladir. Balki unga to'g'ri tushuntira bermagan mening xatom bo'lishi mumkin. 


-Himoyachilar masalasi. Siz qo'l ostingizda jamoa asosan himoyaviy va to'psiz harakat qiladi. Terma jamoaga chaqirilmayotgan, to'p bilan yaxshi o'ynay oladigan bazi futbolchilar Denisov, Ashurmatov va Azamov haqida qanday fikrdasiz?

-Faqatgina uch nafar futbolchi bormi terma jamoaga chaqiruv olmagan? Ammo, men bunday o'ylamayman. Biz barcha futbolchilarni ko'rishga harakat qildik. Hattoki Germaniyada o'ynayotgan futbolchimiz haqida ham o'ylab ko'rdik. 


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Foto: Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga, soat 20:00da "Milliy" stadionida boshlanadi. 


Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика