So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  9 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  9 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  5 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

Ektor Kuper: "Futbolchi o'zini qurbon qila olishi kerak" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Futbolchi o'zini qurbon qila olishi kerak"

Teglar :  Ektor Kuper
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper O'FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Osiyo Kubogi uchun 23 nafar futbolchini tanlashda nimaga etibor qaratdingiz va yig'inlar taxminlaringizni oqladimi?
- Biz ushbu yig'inga 27 nafar futbolchi bilan keldik. O'zbekistonda futbol chempionatlari yakuniga etganligi tufayli yigitlar formada emas. Bazilar jarohat olishi mumkinligini hisobga olib, yig'inga ko'proq o'yinchini jalb qildik.
O'zbekiston terma jamoasi o'zagi shakillanib bo'lgan deya olaman. Turkiyadagi yig'inga qo'shimcha futbolchilarni olib kelib, raqobatni ham kuchaytirdik. Bunday paytda hamma o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. SHu bilan birga murabbiy o'zi uchun yangi futbolchilarni kashf qilishi mumkin. Yani terma jamoaning asosiy tarkib o'yinchisi o'rnini o'sha kashfiyotlar egallashi ehtimoli paydo bo'ladi.
Yig'in haqida to'xtaladigan bo'lsak, u yaxshi o'tyapti. Turkiyadagi ilk kunlarimizda yomg'ir yog'di, ammo bu bahona bo'lmasligi kerak. Ob-havo sharoitidan qatiy nazar mashg'ulotlar to'xtatilmadi.

- Yig'inga chaqirilganlar orasidan tarkib tanlashda va bazilaridan voz kechishda, nima muhim rolni o'ynadi?

- Turkiyaga olib kelingan to'rt nafar darvozabon ham yaxshi formada. Eldor Suyunov jarohat tufayli yig'inga kela olmadi. Milliy jamoa tarkibiga kiritilgan darvozabonlardan kuchlirog'i yo'q demoqchi emasman, agar ular xato qilishsa bu bizning xatoimiz bo'ladi deb hisoblayman.
Ivan Nagaevning tarkibga kiritilmagani bizga bog'liq emas. Unda jarohat bor.
Poziciyalarni kuchaytirish uchun har bir chiziqqa bitta ko'proq futbolchi olib keldik.
Fozil Musaev haqida gapiradigan bo'lsak, u yaqindagina jarohatidan qutildi. Biroq uning individual mahoratiga ishonib, Musaevni ushbu yig'inga jalb qildik.


- Nega Vitaliy Denisov terma jamoa tarkibiga kiritilmadi?
- Denisov ilk yig'inda ishtirok etdi va uni diqqat bilan kuzatdik. Futbolchining Rossiya chempionatidagi o'yinlarini tomosha qildik. Vitaliyning chaqirmasligimizga asosiy sabab - uning hozirgi holati. CHap qanot himoyasida ikki nafar yaxshi futbolchi bor - Oleg Zoteev va Farruh Sayfiev. Denisovni qo'shish uchun bu yigitlardan birini olib tashlash kerak. Murabbiy ham xato qilishi mumkin. Qaytaraman, agar xato bo'lsa - bu mening aybim.
Hozirgi aytgan gaplarim bilan Vitaliy Denisov endi terma jamoaga chaqirilmaydi demoqchi emasman. Keyinchalik uni milliy jamoaga taklif qilishim mumkin. Futbolchi doimo terma jamoa uchun borini berishi yoki o'zini qurbon qila olishi kerak.

- Bugungi tarkibga qanday tipdagi futbolchi etishmayapti?
- Bu savolga javob bersam, terma jamoadagi futbolchilarga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi. Men elon qilgan tarkibda eng yaxshi futbolchilar yig'ilgan.

- Siz Osiyo chempioni bo'lgan U23 terma jamoamiz o'yinini ko'rib, O'zbekistonni tanlagan ekansiz. Taxminlaringiz o'zini oqladimi, bizda kuchli terma jamoa tuzish mumkinmi?
- U23 jamoa doimo terma jamoa uchun eng yaqin toifa hisoblanadi. Taxminlarim o'zini oqladi. Lekin yosh o'yinchilar kattalar terma jamoasiga o'tayotganda muammoga duch keladi. CHunki ular endi tengqurlari bilan emas, o'zidan kattalarga qarshi to'p tepishiga to'g'ri keladi. Bazida esa 18-19 yoshli futbolchi asosiy jamoada o'ynashga qodir bo'ladi. Bu erga kelishimdan oldin nafaqat U23, balki U19, U17 terma jamoalariga ham etibor berganman. Ammo men hozirgi kun bilan yashayman va agar 35 yoshli futbolchi yaxshi formada bo'lsa, uni ham milliy jamoaga chaqirishim mumkin.

- O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida har qanday raqibga qarshi bitta uslubda harakat qiladimi yoki raqibga qarab o'yin tanlaydimi?

- Ortda qolgan 4 oy ichida o'zbek futboli bilan yaxshi tanishdim. O'zbekiston terma jamoasi o'z o'yiniga ega bo'lib bormoqda. Osiyo Kubogida raqibga qarab butun tizimni o'zgartira olmaymiz, o'z yo'nalishimiz bo'lishi kerak. To'g'ri, kuchliroq jamoaga qarshi bahsda bazi bir o'zgartirishlar qilishimiz mumkin. Bu klub emas. Terma jamoada vaqt chegaralangan. Biz klubdagi kabi turli sxemalarni qo'llash uchun etarlicha vaqtga ega bo'lmaymiz. Masalan, Mirs terma jamoasida ishlaganimda Gana yoki Nigeriyaga qarshi o'ynaganimizda kichik o'zgarishlar qilganmiz.

- Siz klub va terma jamoada ishlagansiz. Bular o'rtasida qanday farq bor?
- Terma jamoada futbolchilar bilan ishlash vaqt chegaralangan bo'ladi. Klubda o'yinchilarga biror narsani 1 oy davomida o'rgatsa, milliy jamoada buni 4-5 kun ichida amalga oshirish kerak.

- Qaysi uslubga qarshi o'ynash oson?
- Biror uslubga qarshi o'ynash oson deya olmayman. Hech bir jamoaning taktikasiga past nazar bilan qaramaslik kerak. Eng muhim narsa - futbolchilarning ishonchi. O'yinchi murabbiyning taktikasiga ishonsa, har qanday raqibga qarshi o'ynash mumkin. Hammaga bir xil tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика