So’nggi yangiliklar

01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  0 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  5 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  1 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  7 23:45А Серия. Чемпион "Интер" "Сассуоло" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  82 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  5 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  8 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

Ektor Kuper: "Ertaga Suriya tarixiy natija qayd etishi mumkin" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Ertaga Suriya tarixiy natija qayd etishi mumkin"

Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan Suriya va Hindiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin Suriya milliy jamoasi ustozi Ektor Kuper matbuot anjumanida qatnashdi.

Matbuot anjumani davomida Ektor Kuper ertangi o'yin qanchalik muhim ekani va agarda jamoa g'alaba qozonsa, bu Suriya futboli uchun tarixiy natija bo'lishi mumkinligini alohida takidladi.

"Ertaga juda qiyin o'yin bo'ladi. Hindiston ustidan qozonilgan g'alaba Suriya terma jamoasiga tarixdagi ilk pley-off bosqichi yo'llanmasini taqdim etishi mumkin. Suriyaliklarni shu tarzda xursand qilmoqchimiz. 

Barcha o'yinchi va murabbiylar shtabi uchrashuv qanchalik muhim ekanini anglab turibdi. Sizda bosim kattami, demak siz o'z vataningiz sharafini himoya qilayapsiz. O'yinchilarni rotaciya qilish maqsadida almashtirish haqida menga ko'p gapirishmoqda. Biroq, bizga futbolchilar bir maqsad yo'lida garmoniya hosil qilishi juda muhim. G'alaba qozonishning siri aynan shunda. O'zbekistonga qarshi birinchi o'yinda shu narsa bizga etishmadi. 26 nafar futbolchida bitta maqsad bo'lishi shart. To'pni egallab turishga harakat qiladigan iqtidorli o'yinchilarimiz etarli.

Hindiston terma jamoasida ham biz kabi motivaciya bor. Uch ochko ular uchun ham o'ta muhim. SHunday ekan, biz ertaga xotirjam va etiborli bo'lishimiz kerak. SHundagina, uch ochkoni qo'lga kiritamiz. Ertaga Suriya tarixiy natija qayd etishi mumkin ", -deydi Ektor Kuper.

Malumot uchun, Suriya va Hindiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi. Ushbu o'yin O'zbekiston va Avstraliya o'rtasidagi qarama-qarshilik bilan bir vaqtda start oladi.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика