So’nggi yangiliklar

20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  3 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  7 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  15 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8

Ektor Kuper chaqirgan legionerlar terma jamoaga qachon kelishadi? Yangiliklar

Ektor Kuper chaqirgan legionerlar terma jamoaga qachon kelishadi?

O'zbekiston terma jamoasi 5 sentyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida Falastin bilan o'ynaydi.

Kecha terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper mazkur o'yinga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Ushbu ro'yxatdan 5 nafar legioner o'rin oldi.

Terma jamoa 28 avgust kuni Toshkentda yig'in boshlab, 3 sentyabr kuni Falastinga Isroil orqali uchib ketishadi. 2019 yilning 2-10 sentyabr kunlari rasman FIFA kunlari deb qayd etib qo'yilgan. Xo'sh, chet elda o'ynayotgan futbolchilar o'z klublari safida qachon o'yin o'tkazishadiyu, qachon Toshkentga etib kelishadi? Mana shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

Sanjar SHoahmedov
uzoq tanaffusdan so'ng yana terma jamoadan chaqiruv oldi. Hamyurtimiz Malayziyada "Terengganu" safida o'zining to'purarlik salohiyatini namoyish etib kelmoqda. SHu bois bo'lsa kerak Ektor Kuper SHoahmedovni sinab ko'rishga qaror qildi. Ayni paytda Malayziyada chempionat yakuniga etib bo'lgan va kubok bahslari davom etmoqda. "Terengganu" bugun, 23 avgust kuni "Negeri Sembilan" bilan kuch sinashadi. SHoahmedov mana shu o'yinni o'tkazib bemalol Toshkentga kelaversa bo'ladi, chunki klubning navbatdagi bahsi 13 sentyabr kuniga belgilangan.



O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov SHoahmedovdan keyin yurtimizga uchib keladi. 27 avgust kuni "SHanxay SIPG" Osiyo chempionlar ligasi chorak finali dastlabki uchrashuvi doirasida Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" klubini qabul qiladi. Mana shu muhim bahsdan so'ng Ahmedov Toshkentga etib keladi.



Terma jamoamizning etakchisiga aylanib ulgurgan Eldor SHomurodov terma jamoaga kelishdan avval yana ikkita o'yinda maydonga tushadi. "Rostov" Rossiya premer-ligasi doirasida 25 avgust kuni "Rubin" bilan o'ynaydi. 31 avgustda esa "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushadi. SHu bois SHomurodov faqatgina sentyabr oyi boshidagina Toshkentga uchib keladi xolos.



Bu yig'inga eng so'nggi bo'lib Yaponiya va Janubiy Koreyada faoliyat olib borayotgan legionerlarimiz etib kelishadi. Yaponiya birinchi divizionida ishtirok etuvchi "Renofa Yamaguchi" klubi ertaga, 24 avgust kuni "Varen Nagasaki" bilan to'qnash keladi. 1 sentyabr kuni Doston Tursunov jamoasi "Fadjano Okayama" bilan kuch sinashadi. SHundan keyingina Tursunov yurtimizga uchib keladi.



Ikrom Aliboev o'ynyotgan "Seul" klubi 25 avgustda "Jeju Yunayted" bilan, kuz faslining ilk kunida "CHonbuk Motors" bilan kuch sinashadi va shundan so'ng O'zbekistonga qarab uchadi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика