So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  2 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  9 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  7 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  5 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

Ekspert-hakamlar komissiyasi "Surxon" - "Andijon" o'yini bo'yicha bayonot berdi Yangiliklar

Ekspert-hakamlar komissiyasi "Surxon" - "Andijon" o'yini bo'yicha bayonot berdi

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Andijon" uchrashuvida sodir bo'lgan bahsli vaziyatlar bo'yicha bayonot berdi.

"O'zbekiston Coca cola Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Andijon" uchrashuvi yakunlanganidan so'ng, "Andijon" jamoasi tomonidan bahsning so'nggi daqiqalarida mehmonlarning 99-raqamli hujumchisiga ko'rsatilgan qizil kartochka yuzasidan o'yin qaydnomasiga rasman etiroz kiritgan edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi (https://t.me/uzfhm/473) tomonidan ushbu vaziyat ko'rib chiqildi.

Unga ko'ra, uchrashuvning 90+9-daqiqasida to'p uchun kurashda raqibiga qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan ogohlantirilgan "Andijon" hujumchisi vaziyatdan norozi bo'lib, hakamni so'kib haqorat qiladi. Uchrashuv bosh hakami shu zahoti uni maydondan chetlatgan.

"Hakam bu vaziyatda futbolchini maydondan chetlatib to'g'ri qaror chiqargan" - deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.

Bundan tashqari, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan nafaqat yuqoridagi vaziyat, balki uchrashuvdagi boshqa etiborga molik vaziyatlar ko'rib chiqildi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida "Andijon"ning 4-raqamli futbolchisi mezbonlarning 18-raqamli futbolchisini darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotganida qoidaga zid ravishda to'xtatib qoladi. Uchrashuv bosh hakami ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat deb xato qaror chiqaradi. "Hakam bu vaziyatda "Andijon"ning 4-raqamli futbolchisini so'nggi umid foli uchun maydondan chetlatishi kerak edi" - deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.

Uchrashuvning 53-daqiqasida ro'y bergan vaziyatda "Andijon" futbolchisi to'pni yo'qotib qo'ygach darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib ketayotgan "Surxon" futbolchisini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bu so'nggi umid foli hisoblanadi. SHu tufayli, hakamning qarori to'g'ri bo'lgan.

Uchrashuvning 63-daqiqasida "Andijon" jamoasi sardori burchakdan etkazib berilgan uzatmani boshi bilan darvozaga kiritadi. Vaziyatni o'rganib chiqgan VAR mehmonlarning 99-raqamli futbolchisi zarba berilgan vaziyatda darvozabonga o'yindan tashqari holatda turib xalal bergani haqida bosh hakamga xabar beradi. Videotakrorni ko'rgan bosh hakam golni bekor qiladi. Aslida, bu vaziyatda VAR hakamlari texnik xato tufayli chiziqlar rangini almashtirib qo'yishgan. Mehmonlarning 99-raqamli hujumchisi o'yindan tashqari holatda emasdi. Natijada: "Hakam gol o'yindan tashqari holatda kiritildi deb qaror chiqargan" - deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.

O'rni kelganda aytish kerakki, translyaciya sifatining talab darajasida emasligi bir necha holatlarda VAR hakamlarining faoliyatlatiga tasir o'tkazmay qolmadi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv bosh hakami harakatlari yuzasidan chora ko'rilishi uchun O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasiga taqdimnoma kiritilganini malum qilamiz" - deyiladi O'zFHM bayonotida.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика