So’nggi yangiliklar

21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  0 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  4 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  20 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  4 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  13 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  117 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  1 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1

Eksklyuziv! Timur Kapadze: "Maqsadimiz bor va unga qarab intilamiz" Yangiliklar

Eksklyuziv! Timur Kapadze: "Maqsadimiz bor va unga qarab intilamiz"

Xabaringiz bor, bugun Parij Olimpiadasi 1-turi doirasida O'zbekiston hamda Ispaniya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Kecha ana shu bahs oldidan matbuot anjumani o'tkazilganmi yoki yo'qligi haqida malumotlar yo'q edi va shu sabab saytimizda bu haqda xabar ham chiqdi.

Nega Timur Kapadzening Ispaniyaga qarshi o'yin oldi tashkil etilgan matbuot anjumanidagi fikrlari hech bir o'zbek OAVsida chiqmadi?

Biz ana shu masalaga oydinlik kiritishga urinib ko'rdik. Olgan malumotlarimiz ko'ra, Olimpiadaning futbol bellashuvlarida o'yindan oldin matbuot anjumani o'tkazilmas ekan. Faqatgina finaldan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tar ekan. Kecha Kapadze ishtirokida ham anjuman o'tkazilmagan. Ispaniya esa o'zining tashabbusi bilan video konferenciya shaklida matbuot anjumani o'tkazgan.

Saytimiz o'quvchilari uchun bugungi tarixiy kun oldidan bosh murabbiyimizning fikrlari qiziq ekanligini inobatga olgan holda Timur Kapadze bilan bog'lanishga urinib ko'rdik. Kapadzening "Championat.asia" sayti uchun bergan o'yinoldi eksklyuziv fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

"Kayfiyatimiz yaxshi, eng asosiysi yigitlarni hammasi sog'-salomat, jarohatlar yo'q. Tayyorgarlik jarayoni ko'ngildagidek o'tdi va o'yinga tayyormiz.

Bugun ochilish o'yini, biz uchun tarixiy kun va buni juda yaxshi his qilib turibmiz. Aynan bugungi bellashuv eng muhimlaridan deyish mumkin, bundan tashqari oldimizda guruhdagi yana ikkita o'yinimiz va finalgacha olsak umumiy 6 ta uchrashuvimiz bor. Oldimizga qo'ygan maqsadimiz bor va unga qarab harakat qilamiz, intilamiz.

Ispaniya kuchli va hurmatga sazovor jamoa, lekin biz ham o'z kuchimizga ishonamiz. Yaxshi tayyorlandik deya olaman, qolganini o'yinda ko'ramiz", - dedi Kapadze saytimizga bergan eksklyuziv intervyusida.


OLIMPIADAGACHA. Ispaniya OTJ haqida nimalarni bilishimiz kerak yoxud "Qizil furiya" bilan tanishamiz

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика