Eksklyuziv reportaj. O'zbekiston - Janubiy Koreya. Markaziy sektor chiptalari qaerda? (VIDEO)
29 avg 2017 16:38
Yangiliklar


Eksklyuziv reportaj. O'zbekiston - Janubiy Koreya. Markaziy sektor chiptalari qaerda? (VIDEO)
Bugun ijodiy guruhimiz voqea joyidan reportaj uyushtirish uchun "Bunyodkor" stadioni kassasi tomon yo'l oldi.
Stadion kassalarida O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuviga chiqarilgan chiptalar sotuvi davom etmoqda.
Faqatgina markaziy sektorlar chiptalari savdoda yo'q. Kassada faqat darvoza ortidagi sektorlar uchun chiqarilgan chiptalar 30 va 35 ming so'mdan sotilmoqda. Bu nima bilan bog'liq, degan savolga g'aznadagi sotuvchilar javob berisha olishmadi.
Biz esa "Bunyodkor" stadioni marketing bo'limi boshlig'iga murojaat qilganimizda, markaziy sektor chiptalari terma jamoalar markaziga berilganini takidladi.
CHiptalar mavzusi bo'yicha esa ertaga stadion direktori Vohid Zokirov bilan intervyu tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu masala bo'yicha batafsil javoblarni Vohid Zokirovdan olishga urinib ko'ramiz.
Hozircha chiptalar savdosi kutilgan ajiotajni taqdim etmayapti.
Malumotlarga ko'ra, hozirga qadar 100ga yaqin chiptalar sotilgan va kassalarda chiptalar savdosi davom etmoqda.
TAS-IX
TAS-IX Emas
O’xshash yangiliklar

Fikrlar