So’nggi yangiliklar

20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  2 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  1 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  0 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:55Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  9 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  0 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  0 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  3 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   6 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10 15:53Эмилиано Мартинеснинг акаси дарвозабон нима учун "Манчестер Юнайтед"га ўта олмаганини тушунтириб берди  1 15:25Breaking! Зидан Туркия клуби таклифини тинглашга қарор қилди  13 14:43Флик "Райо Вальекано" билан ўйиндан кейин "Барселона" футболчиларини кийиниш хонасига қамаб қўйди  4 14:15"Барселона" Рэшфордни МЮга қайтариш ҳақида ўйлаб қолди  8

Effenberg: “Bavariya” rahbariyatiga Levandovskini sotishni tavsiya etaman Yangiliklar

Effenberg: “Bavariya” rahbariyatiga Levandovskini sotishni tavsiya etaman

“Bavariya” klubining sobiq yarim himoyachisi SHtefan Effenberg myunxenliklar rahbariyatiga hujumchi Robert Levandovskini sotishni va asosiy etiborni germaniyalik iqtidor egalariga qaratish lozimligini tavsiya etdi.

Levandovski o'tgan haftada Myunxen klubi “PSJ” va “Barselona” singari  katta summadagi xaridlarni amalga oshira olmasligini tanqid qilib chiqqandi.

“Levandovski klub falsafasiga “hujum” qilmoqda. Jamoa prezidenti Uli Xyoness yangi futbolchilar uchun 100-150 million evro sarflamasligini bir necha bor aytgan. Men o'zim ham bir necha hafta ilgari “Bavariya” agar katta mablag' evaziga top futbochli sotib olmasa, “Barselona” va “PSJ” singari klublardan ortda qolishini aytganman. Ammo Levandovski futbolchi, u bu kabi bayonotlarni berishidan ilgari yaxshilab o'ylab ko'rishi, bu klubdagilarga qanchalik tasir qilishini bilishi lozim.

Bizda, o'zimizda super yulduzlar bor. Yulduzlar uchun 100-200 million evro sarflash kerakmi? Buncha mablag'ga besh yoki oltita yaxshi saviyadagi germaniyalik futbolchilarni sotib olish mumkin. Ular  o'z yurtining jamoasida qanday o'ynash kerakligini bilishadi va kelajakda xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatlarga erisha oladi.

“Bavariya”ga yaqin kelajakda chet ellik top futbolchilarni sotib olmasdan, Levandovski bilan xam xayrlashishni tavsiya qilaman. Mayli u “Barselona” yoki “PSJ”ga o'tsin. O'shanda u o'zi xohlagan ishni qiladigan klubga o'tib, istaganini gapiraversin”, deya aytib o'tgan Effenberg T-Online nashridagi o'z sahifasida.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика