So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   2 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Edin Jeko: “Skudetto uchun gollarimdan voz kechaman” Yangiliklar

Edin Jeko: “Skudetto uchun gollarimdan voz kechaman”

Bosniyalik hujumchi Edin Jeko “Gazzetta dello Sport” muxbiri bilan suhbatlashdi.


Unda Jeko “A” seriya, “Roma”ning CHempionlar ligasidagi imkoniyati va chempionlik uchun nimalardan voz kechishi mumkinligi haqida to'xtaldi.


- Rimda o'tkazgan 2 oydan keyin “Roma”ni turnir jadvali boshida ko'rishni kutganmidingiz?

- Nega endi yo'q? Buyuk jamoaga o'tayotganimni bilardim, biroq mavsum hali tugamadi. Haqiqiy ahamiyatga ega narsa mavsum yakunida birinchi pog'onada bo'lishdir. SHu sababli “Inter”ga qarshi bellashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmaydi. Lekin uni muhim deb aytish mumkin. G'olib qo'shimcha ishonchga ega bo'ladi. SHuning uchun mag'lubiyat haqida o'ylamayapman.

- Skudetto uchun kurashda eng asosiy raqib kim?

- Bu yil yaqqol favorit yo'q. “Roma”, “Napoli”, “Inter”, “Fiorentina” va “Yuventus”. Turinliklarda ajoyib jamoa bor va ular hali qaytishadi.

- O'tgan yozda “Yuventus” bilan muzokaralarga kirishganmisiz?

- Bu haqiqat, biz aloqaga chiqdik. Biroq bu erda ekanimdan baxtliman.

- Kimdan ko'proq xavfsirayapsiz – “Napoli” yoki “Inter”dan?

- “Napoli” juda yaxshi o'ynayapti. U erda Iguain singari buyuk chempion o'ynayapti. Agar u jarohat olmasa, bu jamoa eng xavfli raqibga aylanadi. Hozirgi paytda Iguain va Pyanich “A” seriyada barcha narsani hal qiladigan futbolchilar sanaladi. “Inter”ning tarkibi kuchli va turli holatlardan chiqib ketish uchun o'yinchilar soni etarli. Men ushbu mavsumda hozircha bitta gol urdim va bu meni xursand qilmayapti. Men uchun gollar muhim. Lekin jamoa undan ham muhimroq. Ko'pchilik Jeko hisobida bitta gol bo'lsa ham “Roma” g'alaba qozonishini xohlaydi. Gollar keladi. Oldimga biror shaxsiy maqsad qo'ymaganman. Hamisha to'p kiritganman va bu erda ham uni davom ettirishga umid qilaman. Lekin o'zimga bosim yaratib olmayman.

- Manchini sizni “Inter”ga chaqirmaganmi?

- O'tgan mavsum oxirida u bunga intildi, biroq aniq bir taklif yubormadi. Rimda o'zimni yaxshi his qilyapman.

- Skudetto uchun nimadan voz kechgan bo'lardingiz?

- Gollarimdan. Mavsum oxirigacha “quruq” qolishga tayyorman. “Roma” bilan zafar quchish Bosniya terma jamoasi bilan Evropa chempionatiga borishdan ko'ra kattaroq ish.

- Pyanich qay tariqa transferingizga tasir ko'rsatdi?

- Biz juda ko'p suhbatlashdik. U klub buyuk ishlarni rejalashtirayotganini aytdi va bunga meni ishontirdi.

- Tez orada birinchi derbini o'tkazasiz. Lulich sizni “Roma”ga o'tishdan voz kechishga harakat qilib ko'rgani rostmi?

- Ha, shunday. Ehtimol, u qo'rqqandir. Lekin bunga quloq solmadim, endi uni mag'lub etishni istayman. Maydon tashqarisida biz do'stmiz, biroq o'yin mobaynida barcha narsa o'zgaradi.

- Kurva Sud muxlislar guruhi stadionni tark etdi. Ishqibozlarga biror narsa deyishni xohlaysizmi?

- Albatta. Biz sizga muhtojmiz, birgalikda buyuk ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Klub sizlar uchun kurashayotganini bilaman.

- “Bayer”ga qarshi bellashuv CHempionlar ligasida nimchorak finalga chiqish uchun hal qiluvchi bo'lishi mumkin. Evropa maydonlarida muvaffaqiyatli ishtirok uchun jamoaga nima etishmayapti?

- CHempionlar ligasida pley-offga chiqish asosiy maqsadlarimizdan biri sanaladi. Buni uddalay olmaslik barchani xafa qiladi. “Barselona”ga qarshi ajoyib o'ynadik. Evropada oson o'yinlar bo'lmaydi. Buni BATE bilan uchrashuvda ham ko'rdik. Hozir keyingi bosqichga chiqish imkoniyati 50 foiz. CHorshanba kuni biz uyda g'alaba qozonishimiz shart.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика