So’nggi yangiliklar

11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  1 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1

Edgar Gessning uslubi, Messi va Ronalduning farqi, Namanganlik muxlislar va SHomurodov tufayli Italiya futbolini ko'rayotganligi haqida. Obid Jo'raboev bilan intervyu Yangiliklar

Edgar Gessning uslubi, Messi va Ronalduning farqi, Namanganlik muxlislar va SHomurodov tufayli Italiya futbolini ko'rayotganligi haqida. Obid Jo'raboev bilan intervyu

Ayni kunlarda Samarqandning "Dinamo" klubi Pro-liganing navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyorgarlikni qizg'in ruhda davom ettirmoqda.

Saytimiz muxbiri jamoaning tajribali futbolchisi Obid Jo'raboev bilan intervyu tashkil etdi.

- Obid Jo'raboev o'zi asli qaerda va qachon tug'ilgan? Futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lgan?

- Men 1986 yili Namangan viloyatida tug'ilgan. Bolaligimdan futbolga qiziqishim yuqori bo'lgani tufayli Jalolquduq tumanidagi futbol internatida kirganman. SHu muassasada futbol bo'yicha dastlabki bilimlarimni olganman.

- O'zbekiston chempionatlarida birinchi bo'lib qaysi jamoa safida o'ynagansiz?


- Futbol internatda o'qib yurgan vaqtimda "Navbahor" o'rinbosarlar jamoasida o'ynaganman. Rasman professional futboldagi ilk faoliyatimni 2007 yilda "Lokomotiv" BFK jamoasi safida boshlaganman. 2008 yildan boshlab o'sha vaqtdagi Oliy ligada o'ynashni boshlaganman.




- Joriy mavsumda "Dinamo" klubi oldiga qanday maqsad va vazifalar qo'yilgan?


- Jamoamiz oldida faqat bir vazifa - mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish qo'yilgan. Buning uchun barcha futbolchilar ishlayapmiz, maksimal tarzda harakat qilayapmiz. Nasib bo'lsa shu yili "Dinamo"ni Superligaga qaytarib muxlislarimizni xursand qilamiz.

- Ko'plab murabbiylar bilan birga ishlagansiz. Ular orasida eng kuchlisi kim deb hisoblaysiz? Yani qaysi murabbiy sizda eng yaxshi taasurot qoldirgan?

- Faoliyatim davomida birga ishlagan murabbiylardan Sergey Lushan menda iliq taasurot qoldirgan. SHuningdek, rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskisni ham yaxshi murabbiy deb hisoblayman. Menga ko'proq Edgar Gessning uslublari maqul kelgan. Futbolga kirishim ketishimda aynan uning hissasi katta bo'lgan. Jismoniy va nazariy jihatdan Sergey Lushan va Edgar Gessdan ko'p narsalarni o'rganganman.

- Superligada qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?


- O'zim tug'ilib o'sgan viloyat jamoasi bu - "Navbahor". SHuningdek bu jamoa safida o'zim ham o'ynaganman va hamisha muxlislik qilib kelaman. Bundan tashqari "Nasaf" ishtirokidagi o'yinlarni ham muntazam kuzatib boraman. Superligada aynan shu ikki jamoaga muxlislik qilaman.

- Farg'onaning "Istiqlol" klubi safida ham o'ynagansiz. Jamoaning Pro-ligadan chiqib ketishiga munosabatingiz qanday?


- Albatta, "Istiqlol"ning chempionatni tark etishi yomon xolat. Bir tomondan jamoa chiqib ketgach, bizdan ochko olib tashlandi. Bu o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda Pro-liganing darajasi ortdi, jamoalar Superliga klublari bilan ham raqobatlasha oladigan xolatga keldi. "Istiqlol"ning xomiylari klubni yaxshi qo'llab-quvvatlashardi. Nega chiqib ketganini bilmayman, lekin yaxshi jamoa edi.

- Xorij chempionatlarida qaysi klublarga muxlislik qilasiz? Masalan Evropa klublaridan?

- Xorijiy chempionatlarda Ispaniyaning "Real Madrid" klubiga, Angliyada esa "Manchestr Yunayted"ga muxlislik qilaman. Hamyurtimiz Eldor SHomurodov o'ynayotganligi sababli Italiyada "Jenoa" klubini o'yinlarini ham ko'rib borayapman va jamoaning muxlisga aylandim desam bo'laveradi.




- Sizningcha, ayni damda O'zbekistonning eng kuchli futbolchisi kim?


- Hozirgi kunda Jaloliddin Masharipov va Eldor SHomurodov men uchun eng kuchli futbolchilar hisoblanishadi.

- Dunyo bo'yicha aytsakchi?


- Albatta Messi va Ronaldu. Bu futbolchilarni bir-biridan ustun qo'yib bo'lmaydi, har ikkisining ham o'ziga xos kuchli tomonlari bor. Ular yaratayotgan tarix va rekordlarga har qanday futbolchi havas qilishi bor gap.

- O'zbekistonda va jahon futbolida muxlislari eng faol bo'lgan qaysi klublarni ko'rsata olasiz?


- O'zbekistonda "Navbahor" klubi muxlislari eng faol ekanligini barcha yaxshi biladi. SHuningdek hozir bizni "Dinamo" muxlislari ham faol qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Muxlislik madaniyati, fan klublar faoliyati jamoada juda yaxshi tashkillangan.

Xorijda Ispaniyaning "Real Madrid" klubi muxlislari faoliyatini yuqori baholagan bo'lardim. Ularning "el-klasiko"larda ishlashi havas qilarli darajada. SHuningdek italiyalik muxlislarning ham azarti juda yuqori.



Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика