So’nggi yangiliklar

10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  0 09:32Дамир Темиров: «Андижон» варианти пайдо бўлганида хурсандчилик билан таклифни қабул қилдим»  2 09:00Про лига. Бугун иккинчи давра баҳсларига старт берилади  0 08:31«Барселона» футболчисини «Жирона»га ижарага берди  0 08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  3 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  5 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  14 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  2 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  9 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  1 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  1

Edgar Gess: "Agar mening ketishim jamoaga yordam bersa istefoga chiqishga tayyorman" Yangiliklar

Edgar Gess: "Agar mening ketishim jamoaga yordam bersa istefoga chiqishga tayyorman"

“Andijon” – “Qo'qon-1912” (1:2) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Edgar Gess ishtirok etdi.
- Men xavotirlangan narsa sodir bo'ldi. O'yindan oldin futbolchilarga “Qo'qon-1912” jamoasi qarshi hujumda o'ynashini ularga aytgandim. Ayniqsa, bir ikki nafar o'yinchidan ehtiyot bo'lishlikni alohida o'qtirgandim. Lekin baribir mehmonlar birinchi bo'limda ikkita to'p kiritishga erishishdi. Aynan shu narsa shogirdlarimga qattiq tasir o'tkazdi.

- Bugungi mag'lubiyatga kimni aybdor deb bilasiz?


- Bugungi omadsizlikda yuz foiz mening aybim bor. Mag'lubiyatda har doim murabbiylar aybdor bo'lishadi.

-  Endi istefoga chiqishga tayyormisiz?

- Har doim tayyorman. Agar mening ketishim jamoaga yordam bersa istefoga chiqishga tayyorman.

- Jamoadagi muammolar nimada?

- Muammolar ko'p. Masalan, Anvar Berdiev mashg'ulotlarimizda ishtirok etayotgan bo'lsa-da, endi maydonga tushdi. Legionerimiz Predrag Vuyovichga tibbiy ko'rikdan o'ta olmagan. SHu kabi muammolar etarlicha.
Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика