So’nggi yangiliklar

15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  1 15:15Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   11 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  2 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  2 11:35ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди  4 11:05Футзал. Бугун терма жамоамиз Озарбайжонга қарши баҳс олиб боради  2 10:40Али Ашур: “Ўйинчиларимдан хурсандман, 0:0 ҳисобидан хурсанд эмасман”  1 10:13Аргентина терма жамоаси ЖЧ-2026 либосини тақдим этди  6 09:45"Бу ёлғон". Ламин Ямал соғлиғидаги муаммолари ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди  3

Edgar Bernxardt: "Onam farg'onalik bo'lgani uchun o'zbek klublari haqida ko'p eshitganman" Yangiliklar

Edgar Bernxardt: "Onam farg'onalik bo'lgani uchun o'zbek klublari haqida ko'p eshitganman"

"Andijon" Toshkentdagi yig'inning ikkinchi qismini davom ettirmoqda.

Kecha Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari "Jar" o'yingohida "Turon"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu bahsda mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda legionerlar ham sinovdan o'tkazildi. Jamoaga kelib qo'shilgan asli germaniyalik, Qirg'iziston terma jamoasi azosi Edgar Bernxardt ham jamoaning poytaxtdagi ikkinchi yig'inida ham ishtirok etmoqda. Kechagi nazorat bahsidan so'ng futbolchi championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.

- Edgar "Andijon" haqidagi dastlabki taassurotlar qanday? Yangi sarguzashtlarga tayyormisiz?

- Dastlabki taassurotlarim yaxshi. Murabbiy haqida ham ijobiy fikr bildirgan bo'lardim. Bu erga kelmasimdan oldim ushbu mutaxassis haqida menga aytishgandi. Jamoaning o'yin uslubi istaganimdek. Murabbiy berayotgan ko'rsatmalarini imkon qadar bajarishga harakat qilmoqdaman. CHempionat boshlanishiga bir oyga yaqin vaqt qoldi. Tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Umid qilamanki yangi futbol mavsumida yaxshi natijalar qayd eta olamiz. Bizning o'z maqsadlarimiz bor.

- O'zbek futboli haqida bunga qadar tasavvurga egamidingiz? 

- Menga o'zbek futboli yoqadi. Ko'proq texnika va to'p bilan ishlashga etibor qaratiladi. Ha, Qirg'iziston terma jamoasi safida O'zbekistonga qarshi o'ynaganman. Faqat bir marotaba aniqrog'i 2019 yil "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan bahsda maydonga tushganman. O'shanda 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsakda, ajoyib taassurotlar qolgandi. O'zbek futboli tarixidan xabardorman. CHunki, onam Farg'onada tug'ilgan. Ulardan "Paxtakor" va ko'plab klublar haqida eshitganman. 

- Jamoa sizni qanday kutib oldi? Futbolchilar bilan til-topishib ketishda muammo bo'layotgani yo'qmi?

- Ha, "Andijon" jamoasida yosh va tajribali ijrochilar bor. Ochig'ini aytganda menga buning ahamiyati yo'q. To'g'ri, lider sifatida o'zimni his qilyapman. CHiqishib ketishda muammo bo'lgani yo'q. Jamoa meni yaxshi kutib oldi. Umuman olganda ochiq insonman, deya olaman. SHu bois men bilan til topishish qiyin emas. Agar kim uchundir qiyin bo'lsa bu unga bog'liq. 

- Klub bilan rasman shartnoma imzoladingizmi?

- SHartnomaning yana ayrim joylarini ko'rib chiqishimiz kerak. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Lekin, Otabek G'ulomxo'jaev bilan ishlashni istayman",- deydi Edgar. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика