Eden Azar qo'pol xatoga yo'l qo'ygan Kurtuaning ustidan kuldi
22 mar 2019 11:30
Yangiliklar


Eden Azar qo'pol xatoga yo'l qo'ygan Kurtuaning ustidan kuldi
Kecha Evro-2020 saralashi doirasida Belgiya terma jamoasi uyda Rossiyani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda ruslar Tibo Kurtuaning qo'pol xatosidan so'ng gol urishdi. Eden Azar jamoadoshining xatosiga hazilomuz izoh berdi.
"Kurtua mening ishtirokimdagi videolarni ko'p ko'rgan va xuddi mendek fint ishlatmoqchi bo'ldi. O'ylashimcha, bu video haqida hali ko'p gapirishadi", - deya Azarning so'zlarini keltirdi "Marca" nashri.
O’xshash yangiliklar
12:40
Ilyos Zeytullaev Rossiya terma jamoasida o'ynash taklifiga nega rad javobi berganini gapirib berdi 13

Fikrlar