Eden Azar Belgiya terma jamoasi to'purarlari ro'yxatida 2-o'ringa ko'tarildi
17 noy 2019 02:01
Yangiliklar


Eden Azar Belgiya terma jamoasi to'purarlari ro'yxatida 2-o'ringa ko'tarildi
Evro-2020 saralash bahsida Belgiya terma jamaosi Rossiyadan (4:1) ustun keldi.
Mazkur bahsda Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eden Azar ikkita gol kiritdi va Belgiya terma jamoasi safida urilgan gollari sonini 32 taga etkazib oldi. SHu tariqa Azar terma jamoa tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasining eng yaxshi to'purari Romelu Lukaku hisoblanadi. Uning hisobida 51 ta gol bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar