Edegor Holandni "Arsenal"ga chaqirganini aytdi
06 avg 2022 20:25
Yangiliklar


Edegor Holandni "Arsenal"ga chaqirganini aytdi
"Arsenal"ning norvegiyalik yarim himoyachisi Martin Edegor vatandoshi Erling Holandni London klubiga o'tishga undaganini takidladi.
"Men Erling bilan har kuni gaplashaman. U ajoyib yigit va qoyilmaqom o'yinchi. Holand – "Arsenal" uchun zo'r hujumchi, u juda ko'p gol uradi. Men uni "Arsenal"ga chaqirishga harakat qildim, lekin u bunga javoban menga qarab shunchaki kulib qo'ydi", – dedi londonliklar sardori.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli Holand yozda 60 million evro evaziga "Borussiya" Dortmunddan "Manchester Siti"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar