So’nggi yangiliklar

10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  16 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  1 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  8 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  7 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  1 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  101 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  1 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  30 23:50Февзи Давлетов: "Афсуски, йўл қўйган иккитагина хатомиз туфайли мағлуб бўлдик"  1 23:35Эрик Дайер "Бавария"ни тарк этади. Унинг кейинги жамоаси аниқ  2 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 22:20Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  29

ECHLga oid siz bilgan va bilmagan faktlar Yangiliklar

ECHLga oid siz bilgan va bilmagan faktlar

Karim Benzema tarixda 34-bo'lib CHempionlar Ligasida yuzlik dovonini oshib o'tdi.

Bugun sizlar bilan Evropa klublari o'rtasidagi eng muhim turnir CHempionlar Ligasida 100 va undan ortiq o'yin o'tkazgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

100 – 103 o'yin
34 o'rin. Karim Benzema* («Lion», «Real») – 100 o'yin
33 o'rin. Andrey SHevchenko(«Dinamo Kiev», «Milan», «CHelsi») – 100 o'yin
32 o'rin. Oliver Kan («Bavariya») – 103 o'yin
31 o'rin. Luish Figu(«Barselona», «Real», «Inter») – 103 o'yin
30 o'rin. Aren Robben*(PSV, «CHelsi», «Real», «Bavariya») – 103 o'yin
29 o'rin. Sesk Fabregas*(«Arsenal», «Barselona», «CHelsi») – 103 o'yin

Bu «Klubning» yangi vakili Benzema afsonalar qatoriga kirishga erishdi. SHuningdek, francuz Oliver Kan, Andrey SHevchenko va Figuni ham o'yinlar soni bo'yicha ortda qoldirishiga shubha yo'q. Avvalroq Benzema ukrainalik hamkasbi Andrey Nikolaevichni gollar soni bo'yicha ham ortda qoldirgandi. Eslatib o'tamiz, Ukraina terma jamoasi ustozi hisobida 48ta aniq zarba bo'lsa, Karimda – 53, bu esa musobaqa tarixidagi beshinchi natija! Ko'plab tanqidlarga uchraydigan Benzemadan faqat van Nistelroy (3ta gol ko'p), Raul, Messi va Ronaldu ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lgan.

105 – 110 o'yin
28 o'rin. Frenk Lempard («CHelsi», «Manchester Siti») – 105 o'yin
27 o'rin. Viktor Valdes («Barselona») – 106 o'yin
26 o'rin. Devid Bekxem («Manchester Yunayted», «Real», «Milan», PSJ) – 107 o'yin
25 o'rin. Dani Alves* («Sevilya», «Barselona», «Yuventus», PSJ) – 108 o'yin
24 o'rin. Andrea Pirlo(«Inter», «Milan», «Yuventus») – 108 o'yin
23 o'rin. Patris Evra («Monako», «Manchester Yunayted», «Yuventus») – 108 o'yin
22 o'rin. Eshli Koul («Arsenal», «CHelsi», «Roma») – 108 o'yin
21 o'rin. Jon Terri («CHelsi») – 109 o'yin
20 o'rin. Gari Nevill («Manchester Yunayted») – 109 o'yin
19 o'rin. Paolo Maldini («Milan») – 109 o'yin
18 o'rin. Serxio Ramos* («Real») – 110 o'yin

Bu ro'yxatga “adashib kirib qolgan” futbolchining o'zi yo'q. Tan olish zarur, ularning har biri o'z ishining ustalaridir.
Kuni kecha, PSJga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan Serxio Ramos boshqa bir afsonaviy himoyachi Paolo Maldinini ortda qoldirdi. Paolo hisobida 5ta CHempionlar Ligasi bosh sovrini bo'lsa, bu mukofot “Real” sardorida hozircha 3ta.  Ammo Ramosni oldinda hali ko'plab g'alabali o'yinlar kutayotgani aniq.

111 – 120 o'yin
17 o'rin
. Petr CHex («Sparta», «CHelsi», «Arsenal») – 111 o'yin
16 o'rin. Filipp Lam («SHtutgart», «Bavariya») – 112 o'yin
15 o'rin. Terri Anri («Monako», «Arsenal», «Barselona») – 112 o'yin
14 o'rin. Janluiji Buffon* («Parma», «Yuventus») – 114 o'yin
13 o'rin. Karles Puyol («Barselona») – 115 o'yin
12 o'rin. Xabi Alonso («Real Sosedad», «Liverpul», «Real», «Bavariya») – 119 o'yin
11 o'rin. Zlatan Ibragimovich*(«Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona»,
«Milan», PSJ, «Manchester Yunayted») – 120 o'yin
10 o'rin. Roberto Karlos («Real», «Fenerbaxche») – 120 o'yin


Ularning orasida ushbu musobaqaning ikki eng omadsiz yigitlarini ko'rish mumkin. Ibragimovich va Buffon ko'p sovrinlar yutgan, ajoyib mahorat sohiblari, ammo... Zlatan CHempionlar Ligasida 48ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Buffon “Yuventus” bilan uch marta finalga qadar etib borgan, ammo kubokni boshi uzra ko'tarish nasib qilmagan. “Tottenxem”ga qarshi o'yinda o'zining bu turnirdagi 115-uchrashuvini o'tkazgan Buffon shu mavsum oxirida faoliyatini yakunlashi, MYU bilan kurashni davom ettirayotgan Ibra esa yozda Evropani tark etishi kutilmoqda.

122 – 127 o'yin
9 o'rin
. Lionel Messi* («Barselona») – 122 o'yin
8 o'rin. Pol Skoulz («Manchester Yunayted») – 124 o'yin
7 o'rin. Klarens Zeedorf («Ayaks», «Real», «Milan») – 125 o'yin
6 o'rin. Andres Inesta* («Barselona») – 127 o'yin

Klubini almashtirmagan 3 yigit va 3 xil jamoa tarkibida g'olib bo'lishga erishgan yagona futbolchi Klarens Zeedorf. Mana 15 yildirki uning natijasini hech kim takrorlay olmayapti.

141 – 167 o'yin
5-o'rin
. Rayan Giggz («Manchester Yunayted») – 141 o'yin
4-o'rin. Raul Gonsales («Real», «SHalke») – 142 o'yin
3-o'rin. Krishtianu Ronaldu* («Manchester Yunayted», «Real») – 148 o'yin
2-o'rin. Xavi Ernandes («Barselona») – 151 o'yin
1-o'rin. Iker Kasilyas* («Real», «Portu») – 167 o'yin

Bir necha yil davomida ikki o'rtoq Xavi va Iker birinchi bo'lish uchun kurash olib borishdi. Bazan vaziyat va futbolchilarning o'rni har bir o'yin kunidan keyin o'zgaraverdi. Ammo keyinroq Xavi Ernandes Qatarga yo'l oldi, Kasilyas esa jonajon klubi “Real Madrid”ni tark etgan bo'lsada, “Portu”ga borib qo'shildi va Evropa CHempionlar Ligasida ishtirokini davom ettirmoqda. Ispaniyaliklarni Krishtianu Ronaldu ortda qoldirishi mumkin. Etiborlisi, Xavini shu mavsumning o'zidayoq – buning uchun “Real” yarim finalga qadar etib borsa kifoya. Forvard CHempionlar Ligasi gvardiyachilarining yangi etakchisiga aylanishi ham hech gap emas. Axir Iker Kasilyas katta ehtimol bilan keyingi mavsumdan ECHLda ishtirok etmaydi.

— Ro'yxatimizdagi 34 futbolchidan faqatgina 3 nafari bosh sovringa ega chiqmagan: Sesk Fabregas, Zlatan Ibragimovich va Janluidji Buffon.

— 34dan 11nafar futbolchi musobaqaning bu mavsumida ham ishtirok et(ayot)gan va pley-off bosqichida o'z natijalarini yaxshilash imkoniga ega.

— Sizni bu ro'yxatda qaysi mamlakat vakillari ko'proq degan savol qiziqtirishi turgan gap. 34 futbolchi 13 mamlakat vakillari hisoblanadi. Eng ko'pi ispaniyaliklar (9 o'yinchi) va inglizlar (6 nafar vakil). Uch nafar vakil Franciya va Italiyadan, ikki nafardan – Germaniya, Braziliya, Gollandiya va Portugaliyadan.
Yuzlik dovonidan o'tganlar ichida Argentina, CHexiya, Ukraina, Uels va SHveciyadan ham futborlchilar mavjud. 34 futbolchi ichida bor yo'g'i 3 futbolchi evropalik emas: braziliyaliklar Roberto Karlos va Dani Alves, hamda argentinalik Messi.


Bir kam dunyo

Alessandro Nesta («Lacio», «Milan») – 99 o'yin
Edvin van der Sar («Ayaks», «Yuventus», «Manchester Yunayted») – 98 o'yin
Guti («Real») – 97 o'yin
Xaver Zanetti («Inter») – 97 o'yin
Klod Makelele («Nant», «Real», «CHelsi», PSJ) – 97 o'yin
Xaver Maskerano(«Liverpul», «Barselona») – 96 o'yin


Yuzlik dovonini zabt etishga yaqin bo'lganlar

Jerar Pike(«Manchester Yunayted», «Barselona») – 95 o'yin
Pepe(«Portu», «Real», «Beshiktash») – 95 o'yin
Tomas Myuller («Bavariya») – 94 o'yin
Manuel Noyer(«Bavariya») – 92 o'yin
Serxio Buskets(«Barselona») – 91 o'yin


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика