So’nggi yangiliklar

18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  2 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  1 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  2 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  16 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  8 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  5 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0

ECHLda g'olib bo'lmoqchimisiz? "Groningen" akademiyasiga boring! Yangiliklar

ECHLda g'olib bo'lmoqchimisiz? "Groningen" akademiyasiga boring!

Kamtarona "Groningen" akademiyasidan chempionlar ligasi bosh sovrinigacha bo'lgan yo'l.

"Groningen" nomi ko'pchilikka notanish hisoblanadi. CHunki, klub hech qachon Gollandiya milliy birinchiligida eng kuchlilardan hisoblanmagan. Sovrinlar muzeyida birgina Gollandiya Kubogi mavjud xolos.

Jamoa akademiyasi jahon futboli bozoriga doimiy ravishda eng kuchli futbolchilarni chiqarmaydi. Aftidan, akademiya ishida son emas, sifatga yuksak etibor beriladi. Zero, Ronald Kuman, Aren Robben va Virjil van Deyk nomi yangrasa, o'z poziciyasidagi eng kuchli futbolchilar ko'z o'ngimizda gavdalanadi. Hozir shular haqida qisqacha.

Kichik Kuman. Etmishinchi yillar oxirida Kumanlar oilasidan ikki futbolchi etishib chiqdi. Aka-ukalarning har ikkovi ham "Groningen" maktabi tarbiyachilari hisoblanib, professional futboldagi ilk odimlarini ushbu jamoa safida tashlaganlar. Ularning kenjasi Ronald jamoa sharafini 1980/83 yillarda himoya qildi. Keyinchalik "Ayaks", PSV, "Barselona" va "Feeynord"da faoliyat olib borgan Ronald Kuman jahon futboli tarixidagi eng yaxshi goleador himoyachiga aylandi. Takidlash joizki, Ronald 1991/92 yilgi mavsumda UEFA chempionlari kubogida "Barselona" bilan zafar quchgan edi. Murabbiylik faoliyati nisbatan muvaffaqiyatsiz o'tayotgan Kuman hozir Gollandiya milliy terma jamoasi rulini boshqarish bilan ovvora.




Aren Robben. 2003 yilda "Yoxan Kroyf" mukofotini qo'lga kiritganidayoq uning yaqin yillarda golland futboli yo'lboshchisiga aylanishi taxmin qilingandi. Aren faoliyatini "Groningen"da boshladi. Jamoa asosiy tarkibidagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin 2002 yil PSV tarkibiga borib qo'shildi. Keyingi faoliyatida grand klublar sharafini himoya qildi. Omadsiz finallardan keyin, 2013 yilgi Evropa chempionlar ligasi finalida hal qiluvchi to'pni kiritgan futbolchi ham "Groningen"ning kamtar akademiyasida tarbiya topgandi.



Virjil Van Deyk. Bugun jahon futbolida eng ko'p muhokama qilinayotgan Virjil yakunlangan mavsumda ECHL g'olibligini tantana qildi. Mudofaada bexato harakatlanadigan golland ham futbolning dastlabki saboqlarini "Groingen"da olgan. Bugun milliy terma jamoasining sardoriga aylangan futbolchi "Seltik" va "Sautgempton"dagi faoliyatidan keyin 2018 yilda "Liverpul" jamoasiga o'tgandi.



SHuningdek, urugvaylik Luis Suares evrofutboldagi ilk qadamlarini aynan shu jamoa safida tashlagan edi. U 2006/07 yillarda jamoa sharafini himoya qilgan. Etiborlisi yuqoridagi futbolchilarning hammasi Evropa chempionlar ligasida zafar quchishgan.



Fahriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика