So’nggi yangiliklar

01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"га қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  0 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  1 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Суперлига. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  1 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  2 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  2 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   31

ECHLda g'alaba qozongan "Inter" A Seriyada "Milan"ni quvishni boshlaydi va boshqa uchrashuvlar oldidan Yangiliklar

ECHLda g'alaba qozongan "Inter" A Seriyada "Milan"ni quvishni boshlaydi va boshqa uchrashuvlar oldidan

Teglar :  A Seriya
Italiya chempionati 10-tur uchrashuvlari qiziqarli bahslarga boy bo'lishi aniq.

“Yuventus”- “Torino”

Evropa CHempionlar Ligasida “byankoneri” ishonchli o'yin ko'rsatib, muddatidan avval pley-off yo'llanmasi taqdirini hal qilib qo'yishdi, ammo A Seriyada ishlar u qadar yurishmayapti. Bunga aynan nima sabab bo'layotganini aytish qiyin. Xalqaro arenada “Yuventus” yaxlit jamoa sifatida o'yin ko'rsata olmayapti. Pirlo bo'lajak o'yinda Morata va Demiral xizmatlaridan foydalana olmasligi aniq, shuningdek Remzi va Bonuchchi, Kellinining jamoaga yordam bera olishi ham so'roq ostida. Biroq katta ehtimol bilan markaziy himoyachilardan biri. Ishi yurishmayotgan “Torino” esa nihoyat (Bazellidan boshqa) barcha etakchilari safga qaytganidan mamnun.

So'nggi Turin derbisida “Yuventus” 4-1 hisobida zafar quchgan. O'shanda “buqalar” ancha kuchsiz holatda edi, oldinda turgan bahsda ham Andrea Pirlo shogirdlari favorit sifatida qaralmoqda. Bukmekerlar “Yuventus”ning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va bu borada ular bilan bahslashish qiyin. Ha, A Seriyada “keksa senora” deyarli istalgan o'yinda favorit hisoblansada, bu derbi va unga turinliklar jiddiy tayyorlanishlari turgan gap.


“Inter” – “Bolonya”

Nihoyat "Inter"ning barcha futbolchilari Konte xizmatiga tayyorlar. Kolarov sog'ayib safga qaytdi, lekin katta ehtimol qanotlarda Yang va D`Ambrozio ilk daqiqalardan maydonga tushadi, yarim himoyada esa Barellaga dam berilsa ajab emas. Bu o'rinda Brozovichning jarohatdan forig' bo'lgani juda yaxshi bo'ldi. Martines "Borussiya" bilan omadsiz o'yindan keyin zaxirada qoldirilishi mumkin, asosiy tarkibda esa Sanches va Lukaku boshlashlari mumkin. "Inter" o'ziga kelishi va titul uchun kurashga qaytishi talab etiladi. Mixaylovichda esa bunday imkoniyatlarning yarmi ham yo'q. SHuning uchun murabbiy hozir tayyorlarga tayanadi. Ayniqsa Densvill va Polining yo'qligi seziladi. Biroq Gari Medel o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'yinga tayyor.

Oxirgi marta ushbu stadionda "Bolonya" sensacion ravishda 2-1 hisobida g'olib bo'lgan va bu o'yinda yo'qotilgan ochkolar "Inter"ga qimmatga tushgan. SHunday bo'lsa ham o'z maydonida o'ynayotgan "qora-ko'klar" ushbu juftlikda favorit hisoblanadi. ECHLdagi omadli o'yindan keyin "Inter" chempionat bahsida ham muxlislarini xursand qilishga urinishi turgan gap.


"Roma" - "Sassuolo"

"Roma" Evropa Ligasi pley-offi yo'llanmasini naqd qilgach, A Seriyadagi muammolarni hal qilish fursati etdi. "Napoli"ga qarshi jamoaning o'yini butkul o'xshamadi, shu sabab o'zgarishlarni kutish mumkin. Darvozaga Lopes, himoyaga esa Kumbula qaytishi mumkin, chunki Smolling va Manchini rimliklarga yordam bera olmaydi. SHuningdek, Veretuning bo'lajak o'yinda qatnashishi ham so'roq ostida. "Sassuolo" esa "Inter"ga mag'lub bo'ldi va xatolardan xulosa chiqarish uchun etarli vaqtga ega bo'ldi. Kaputo va Defrel hali to'liq tayyor emas va bu o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin, shuningdek Kirikeshning holati bo'yicha ham savollar ochiqligicha qolmoqda. De Zerbi mag'lubiyatga qanday reakciya bildirishini ko'rish, qiziq bo'ladi.

O'zaro bellashuvlar tarixiga nazar solsak, oxirgi uchrashuv o'ta qiziqarli ruhda kechgan va "Sassuolo"ning 4-2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan. Hozirga kelib "Roma" kichik ustunlik berilmoqda. "Bo'rilar"dan ko'p narsa kutilmoqda, qo'shimchasiga o'yin Rimda bo'lib o'tadi, lekin "neroverdi" ham jangsiz taslim bo'lmasligi turgan gap. 


"Udineze" - "Atalanta"

O'tgan tur "Udineze" kutilmaganda "Lacio"ni mag'lub etdi. SHu sababli bo'lajak o'yinga jamoa yaxshi sport formasi va xush kayfiyatda kelmoqda. Arslanning diskvalifikaciyasi va Prodelning jarohati u qadar yaxshi yangilik emas, lekin jamoa o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. "Atalanta"ning muammolari esa ko'proqdek nazarimizda. Oxirgi ikki o'yinda jamoa g'alaba qozona olmaganidan tashqari, o'yin borasida ham ko'plab savollarga sababchi bo'ldi. Safga qaytgan Malinovskiy o'yinni assoiy tarkibda boshlashi kutilmoqda, Sapataning o'rnini Muriel egallaydi. Gasperinining o'zi ham qator futbolchilarga dam berilishini, zaxira futbolchilari esa o'zini ko'rsatib, imkoniyatdan foydalanib qolishi talab qilinishini takidladi.

Ushbu stadionda o'tgan so'nggi o'zaro bellashuvda "Atalanta" 3-2 hisobida g'olib bo'lgan. Bu safar ham Gasperini shogirdlariga oson bo'lmasligi turgan gap. "Udineze" ECHL ishtirokchilaridan birini mag'lub eta oldi va bu ishni takrorlashga harakat qilib ko'radi. Ushbu o'yin zerikarli bo'lmasligi turgan gap.


“Sampdoriya” - “Milan”



“Sampdoriya” doim ham bir maromda o'yin ko'rsata olmayapti, lekin bazan juda ajoyib harakat qilmoqda. “Torino”ga qarshi klub 0-2 hisobida ortda borayotib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Endi jamoa etakchiga qarshi maydonga tushadi. Jamoa muxlislari uchun yaxshi yangilik etakchilar safda va bo'lajak o'yinga tayyor. Zlatan bu safar ham jamoadoshlariga yordam bera olmaydi, qo'shimchasiga Ker ham jarohat oldi, shu sabab himoya chizig'ida o'zgartirishlar amalga oshirish talab etiladi. “Seltik” bilan o'yinda Gabbiya o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi, shu sabab unga yana ishonch bildirilsa kerak. Qanotlarda Evropa Ligasida bittadan gol urgan Kastilexo va Diasni kutish o'rinli. “Rossoneri” turli uslubda, turli ko'rinishda harakat qila olishlarini ko'rsatishmoqda va bu hozircha ancha qiziq ko'rinmoqda.

Oxirgi o'zaro o'yin “Milan”ning ishonchli g'alabasi bilan yakunlangan 4-1. Bu safar ham “rossoneri” bellashuv favoriti hisoblanadi. Lekin shoshilinch qaror chiqarish kerak emasdek.  “Sampdoriya” jismoniy kuch talab qilinadigan o'yin ko'rsatishga intiladi, “Milan” esa “Seltik” bilan og'ir o'yin, kambekdan keyin charchamagan bo'lishi mushkul vazifa. Balki adashayotgandirmiz, lekin nazarimizda “Milan”ni eng qiyin o'yinlardan biri kutmoqda.


Sergey Rumyancev 

Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика