So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

ECHL. Ryudigerning "qonli goli" "Real"ni mavsumdagi ilk mag'lubiyatdan qutqarib qoldi Yangiliklar

ECHL. Ryudigerning "qonli goli" "Real"ni mavsumdagi ilk mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

ECHL guruh bosqichi doirasida "SHaxter" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"SHaxter" – "Real Madrid" 1:1
Gollar
: 1:0 – 46 Zubkov, 1:1 – 90 Ryudiger.

"SHaxter" – Trubin, Konoplya, Matvienko, Bondar, Mixaylichenko, Mudrik (Petryak, 85), Stepanenko, Sudakov (Djurasek, 81), Bondarenko, Zubkov (Teylor, 82), Traore (Sikan, 77).

"Real Madrid" – Lunin, Nacho, Ryudiger, Mendi (Alaba, 68), Kroos, Valverde (Kamavinga, 68), Tchuameni (Modrich, 57), Vaskes, Benzema, Azar (Vinisius Junior, 57), Rodrigo (Asensio, 68).

Ogohlantirishlar: Konoplya (16), Militao (85), Bondarenko (88), Kroos (90).

Shakhtar Donetsk

Oleksandr Zubkov - 46'

Champions League Grp. F . 4-tur

12/10/2022, 00:00

1
:
1
Tugadi

Real Madrid

Antonio Ruediger - 90'

Stadion: Polish Army, 29030 tomoshabin

Bosh hakam: Orel Grinfeld

45'
90'
16'  Yukhym Konoplia
46'  Oleksandr Zubkov
46'  Bogdan Mykhaylychenko
76'  Lassina Traore (Danylo Sikan)
81'  Georgiy Sudakov (Neven Djurasek)
81'  Oleksandr Zubkov (Lucas Taylor)
85'  Mykhaylo Mudryk (Ivan Petryak)
88'  Artem Bondarenko
57'  Eden Hazard (Vinicius Junior)
57'  Aurelien Tchouameni (Luka Modric)
68'  Ferland Mendy (David Alaba)
68'  Federico Valverde (Eduardo Camavinga)
68'  Rodrygo (Marco Asensio)
85'  Eder Militao
90'  Toni Kroos
90'  Antonio Ruediger
90'  Toni Kroos



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Dramatik bahsda g'olib nomi aniqlanmadi. Aslida bugun mardlarcha kurash olib borgan mezbonlar ham, oxirigacha umidini uzmagan va qonga belanib bo'lsada, hisobni tenglashtira olgan mehmonlar ham g'olib. Bazan shunday o'yinlar bo'ladiki zavqlanishingiz uchun gollar ko'p bo'lishi ham shart emas. 

90+10-daqiqada "SHaxter" yana bir bor to'pni burchakdan o'yinga kiritdi va shu pallada hakam o'yin yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi.  

Ryudiger qaerga ketayotganini tushunib tushunmay bo'lsada, maydonni tark etdi. Ammo kiper hamon maydonda. SHifokorlar unga yordam ko'rsatishyapti.  

Biroq bu erda muhimi kiper va Antonio Ryudigerning to'qnashuvi hamda uning oqibatida himoyachining yuzi qonga belangani bo'ldi.

90+5-daqiqa. GOOOOOOOOL! Kroos-Ryudiger juftligi niyatiga etdi. Tonining uzatgan to'pini Antonio bo'lsada, Toni deb chaqirishlarini yoqtiradigan Ryudiger darvozaga yo'lladi.   

90+2-daqiqa. Uxx! Kroosning ko'rsatmasidan keyin jarima maydonchasiga etib borgan Ryudigerning zarbasiga bir oz aniqlik etishmadi.  

90-daqiqa. Hakam o'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berdi. 

90-daqiqa. Ogohlantirish! Kroosga ham sariq kartochka.  

88-daqiqa. Ogohlantirish! Artyom Bondarenko burchak zarbasini amalga oshirishni juda cho'zib yuborgani uchun kartochka ishlab oldi.  

87-daqiqa. Vaskes qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Vinisius zarba berdi... Biroq bu safar ham noaniq.  

85-daqiqa. O'zgarish! Mixail Mudrik ketdi, uning o'rniga Ivan Petryak tushdi.  

Burchak zarbasidan keyin bu safar ham "qaymoqranglilar" niyatiga eta olmadi. 

82-daqiqa. Modrichning ajoyib harakatlaridan keyin jarima maydonchasi ichida Benzema boshi bilan zarbaga tayyor turgandi, ammo himoyachi to'pni o'tkazmadi.   

77-daqiqa. Mezbonlar navbat bilan maydonga qulashni boshlashdi.  

73-daqiqa. "Real" qanchalik bosimni oshirmasin, "SHaxter" futbolchilari hozircha ancha ishonchli harakat qilishmoqda.  

68-daqiqa. O'zgartirishlarBir yo'la uch nafar futbolchi alishtirildi. Mendi, Rodrigo, Valverde o'rniga Alaba, Kamavinga va Asensio tushirildi.  

67-daqiqa. Zubkov hamyurti Lunin bugun o'zini u qadar yaxshi his qilmayotganini sezgandek. Hozir Aleksandrning zarbasidan keyin kiper qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. Burchak zarbasi.    

65-daqiqa. Qanaqasiga? Luninning kutilmagan harakatidan keyin to'p yana qaytib Traorega borib tushgandi, lekin ikkinchi raqamli forvard bo'sh qolgan darvozani mo'ljalga ola bilmadi.  

63-daqiqa. Mehmonlar burchak zarbasini tezda amalga oshirishdi, lekin Modrich kutilmaganda to'pni oldirib qo'ydi.   

60-daqiqa. Ferlan Mendi o'ng oyoqda zarba berib ko'rdi. Yaxshisi bunday qilmagani maqul edi.  

Yangi futbolchilar tushib, hisobda ortda qolayotgan "Real"ning pressingi yanada kuchaygan bo'lsada, "SHaxter" baribir qisqa masofaga uzatmalar bilan himoyadan chiqmoqda.  

57-daqiqa. O'zgarishlarTaxminan 5-6 daqiqa kutgach, Vinisius Azarni, Modrich esa Tchuaeminini alishtirdi.  

54-daqiqa. To'p maydondan chiqib ketmayapti. SHu sababli o'yinchi almashtirishning imkoni bo'lmayapti. 

Anchelotti darhol maydondagi voqealarga reakciya bildirmoqda. Modrich va Vinisius maydonga tushishga tayyor.

50-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin to'p Benzemaga kelib tushdi va u zarba berdi.  

48-daqiqa. Bugun kuch tejamoqchi bo'lgan "Real" endi faollashishga majbur. 

46-daqiqa. GOOOOOOL! Zubkov bu safar ham "Real" darvozasini ishg'ol qildi. Ferlan Mendi unga munosib qarshilik qila olmadi va bosh bilan zarba berishga qo'yib berdi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Jamoalar maydonga qaytishdi. 

45+1-daqiqa. "Real" bu safargi urinishi ham oxiriga etmay qoldi va Orel Grinfild Trubin to'pni erkin zarba bilan o'yinga kiritishini ham kutib o'tirmay, hushtak chalib qo'ya qoldi.   

45-daqiqa. Hakam birinchi bo'lmining asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berdi. 

41-daqiqa. Fede Valverdening uzoq masofadan amalga oshirgan zarbasidan keyin Trubin to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.   

36-daqiqa. "Real"dan tiki-taka va ... bor yo'g'i burchak zarbasi. Bunga esa Trubin "aybdor".

33-daqiqa. Sudakov devor uslubida sherigi bilan o'ynab, zarbaga chog'lanayotgandi, ammo Nacho etib kelib, to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

30-daqiqa. Kroosning kuchli zarbasidan keyin to'pni boshi bilan qaytargan Stepanenko maydonda yotibdi.  

27-daqiqa. Zubkov jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba berdi, lekin to'p yo'liga Nacho to'g'anoq bo'ldi.   

25-daqiqa. Mudrik qanchalik tezkor bo'lmasin Ryudiger hozircha o'tkazmayapti.

21-daqiqa. "SHaxter" pressing uyushtirib ko'rdi, lekin Tchuameniga nisbatan fol qayd etildi.  

16-daqiqa. Ogohlantirish! Keskin tashlanishi uchun hakam Konoplyaga sariq kartochka ko'rsatdi.   

12-daqiqa. Ryudiger oldinga tashlagan to'pga Ferlan Mendi eta olmadi.   

9-daqiqa. Eden Azar o'ziga berilgan imkoniyatdan maksimal tarzda unumli foydalanish niyatida.  

7-daqiqa. "SHaxter" ham to'pni egallagach, shunchaki oldinga tepib, yo'qotish niyatida emas. "Konchilar" mezbon kimligini eslatib qo'yishga urinishmoqda.  

5-daqiqa. Rodrigo kutilmagan harakat bilan himoyachilar qurshovidan chiqib ketishni niyat qilgandi, ammo bu amalga oshmadi.  

Burchak zarbasini Kroos amalga oshirdi, ammo ish zarbagacha etib bormadi.  

3-daqiqa. Tezkor hujum o'ng qanotga ko'chdi, ammo mezbonlar Lukas Vaskesga imkon qoldirishmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика