So’nggi yangiliklar

20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 1:0  2 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  327 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1

ECHL. "Real" va "Leypcig" - pley-offda Yangiliklar

ECHL. "Real" va "Leypcig" - pley-offda

UEFA CHempionlar ligasining 6-turi doirasidagi "F" guruhining ikki o'yini bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada "SHaxter" - "Leypcig" va "Real" - "Seltik" uchrashuvlarining matnli translyaciyasi kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


SHu tariqa, "Real Madrid" birinchi o'rindan keyingi bosqichga chiqqan bo'lsa, Germaniyaning "Leypcig" klubi ikkinchi yo'llanmani o'ziniki qilib oldi.  

"SHaxter" - "Leypcig" o'yini ham yakuniga etdi 0:4.

Bo'ldi, Ispaniyada hakamning final hushtagi yangradi va "Real" 5:1 hisobidagi g'alabani tantana etmoqda.  

84. GOOOOOL! "Seltik" Madridni golsiz tark etmaydigan bo'ldi. Joau Felipe o'yin oxirida Kurtuani ranjitishga muvaffaq bo'ldi.   

81. "SHaxter" o'ng qanotdan oldinga o'tdi va zarba yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'lib, vaziyat burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

78. Bogdan Mixaylichenko xavfni bartaraf etib, to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.     

73. Mixail Mudrik bekorga top klublar etiborini tortmaganini isbotlashga yaqin edi. Yarim himoyachi yaxshi zarba berdi, darvozabon ojiz qolgandi, ammo to'p darvozaning shundoq ustidan o'tib, to'rga orqa tomondan tegdi. 

SHunchaki ajoyib uchrashuvlar guvohi bo'lyapmiz. Menimcha, barcha bu fikrga qo'shilsa kerak. Guruhning ikki o'yinida 9 ta gol urildi va hali o'yinlar yakuniga etmadi.  

71. GOOOOL! Valverdedan yana bir "pushka". Federiko mavsumdagi navbatdagi golini urishga erishdi. 

68. GOOOL! Guruhning ikkinchi uchrashuvida ham hisob 4:0 ko'rinish oldi. Dani Olmo "SHaxter" darvozasiga to'rtinchi golni yo'lladi.  

66. To'rtta goldan keyin Anchelotti hotirjam nafas oldi shekil, etakchilarni o'yindan oldi. Zaxiradan tushganlar ichida Karim Benzema borligi diqqatga loyiq.  

63. GOOOL! "Leypcig"da esa Dominik Soboslai Nkunkuning uzatmasidan hisobni yirik ko'rinishga olib kelmoqda.  

62. GOOOL! Madridda Valverdening uzatmasidan keyin Vinisius ham gol urdi. 

56. Ehtimoliy penalti. "VAR"da vaziyatni takroran ko'rgan hakam fikrini o'zgartirmadi va mehmonlar darvozasiga o'n bir metrlik jarima belgilashga hojat yo'q dedi.  

54. Nkunkuning faolligidan keyin Emil Forsbergda ajoyib imkoniyat bo'lgandi, lekin uning zarbasi o'zi istaganidek chiqmadi. 

51. GOOOOOL! Madridda ham gol. Dani Karvaxalning uzatmasidan keyin Marko Asensio to'pni darvoza to'riga yo'lladi.   

50. GOOOOOL! "Leypcig" oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Andre Silva hisobiga gol, Simakan esa assist yozdirib qo'ymoqda.  

48. Ivan Petryakning burchak zarbasidan keyin oshirgan to'pi sheriklarigacha etib bormadi.  

47. "SHaxter" bo'limni ancha faol boshlashga harakat qilmoqda. Jamoa darhol hujumga otildi. 

46. Polshada ikkinchi bo'lim start oldi.  

Madridda ham hisob boshqa o'zgarmadi. Tanaffusga jamoalar 2:0 hisobida chiqib ketishdi. 

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga hakam 1 daqiqa qo'shib berdi. O'sha daqiqa davomida ham jamoalar chinakamiga xavfli hujum uyushtira olishmadi va hakam bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagini chaldi. 

40. Nemislar pressingda ham ancha faol va raqib himoyachilari bemalol to'pni sherigiga oshirib, hujum boshlashiga vaqt qoldirishmayapti.  

37. "Konchilar" ustozi qanchalik shogirdlarini ruhlantirishga urinmasin, ularni uyg'onishga chaqirib baqirmasin, hozircha "SHaxter" bu bahsni yutib ketishi uchun nima yuz berishi kerakligini aytish qiyindek.   

35. Madridda uchinchi penalti ham belgilandi. Biroq "Seltik" futbolchisi Yosip Yuranovichning nuqtadan yo'llagan to'pini Kurtua qaytarishga muvaffaq bo'ldi.   

31. Uzoq kutilgan zarba. "SHaxter" nihoyat raqib darvozasiga yaqinlasha oldi va Ivan Petryak noaniq bo'lsada zarba berib ko'rdi.    

24. Ogohlantirish! Parallel o'yinga qaytamiz. O'yinning 25 daqiqasi ortda qolgan bir pallada, "Leypcig" total ustunlikka ega bo'lmoqda. Zarbalar borasida ko'rsatkich 3:0. G'alaba qozonishi kerak bo'lgan ukrainaliklar hozircha birorta ham zarba bera olishmadi. Bogdan Mixaylichenko o'yin qoidasiga zid harakati uchun sariq kartochka ishlab oldi.    

23. Deyarli keyingi hujum ham gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Rodrigo o'ng qanotdan oldinga o'tib bordi, jarima maydoniga kirib, to'pni qulayroq vaziyatdagi Vinisiusga etkazdi, biroq Juniorning zarbasi qovushmadi. 

21. GOOOL!  "Santyago Bernabeu"da ikkinchi penalti. Bu safar Rodrigo imkoniyatdan unumli foydalandi.  

19. O'zgarish! Jarohat sababli Timo Verner o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi va uning o'rnini Emil Forsberg egalladi.  

14. "Leypcig" goldan keyin ham o'yinni nazorat qilishga urinmoqda va to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

13. Taras Stepanenko qoidani buzdi deb topildi. Timo Verner jabrlanuvchi rolida. 

10. GOOOOOL! Kristofer Nkunku "Leypcig"ni oldinga olib chiqmoqda. Darvozabon Trubin himoyachi Sudakovning xatosini to'g'rilashga urinib ko'rdi, Timo Vernerni zarbasidan keyin to'pni qaytardi, ammo Nkunku zarbasi oldida ojiz qoldi.  

6. GOOOOOL! Madridda hisob ochildi. Penaltidan Luka Modrich unumli foydalandi va mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 

"SHaxtyor": Anatoliy Trubin, Efim Konoplya, Valeriy Bondar, Nikolay Matvienko, Bogdan Mixaylichenko, Taras Stepanenko, Artyom Bondarenko, Georgiy Sudakov, Ivan Petryak, Mixail Mudrik, Lassina Traore.

"RB Leypcig": Yanis Blasvix, Moxamed Simakan, Villi Orban, Yoshko Gvardiol, David Raum, Ksaver SHlager, Kevin Kampl, Dominik Soboslai, Kristofer Nkunku, Timo Verner, Andre Silva.


Real Madrid

Luka Modric - 6', Rodrygo - 21', Marco Asensio - 51', Vinicius Junior - 61', Federico Valverde - 71'

Champions League Grp. F . 6-tur

02/11/2022, 21:45

1
:
5
Tugadi

Celtic

Jota - 84'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 52511 tomoshabin

Bosh hakam: Stephanie Frappart

45'
90'
6'  Luka Modric
21'  Rodrygo
51'  Marco Asensio
51'  Daniel Carvajal
61'  Vinicius Junior
61'  Federico Valverde
63'  Vinicius Junior (Karim Benzema)
63'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)
66'  Luka Modric (Daniel Ceballos)
66'  David Alaba (Nacho Fernandez)
71'  Federico Valverde
71'  Lucas Vazquez
73'  Eder Militao (Jesus Vallejo)
20'  Matthew O'Riley
35'  Josip Juranovic
47'  Kyogo Furuhashi
62'  Liel Abada (Jota)
62'  Aaron Mooy (David Turnbull)
62'  Daizen Maeda (Sead Haksabanovic)
63'  Kyogo Furuhashi (Georgios Giakoumakis)
82'  Reo Hatate (Oliver Abildgaard)
84'  Jota


"Real": Tibo Kurtua, Daniel Karvaxal, Eder Militao, Ferlan Mendi, David Alaba, Federiko Valverde, Toni Kroos, Luka Modrich, Marko Asensio, Rodrigo, Vinisius Junior.

"Seltik": Djo Xart, Greg Teylor, Karl Starfelt, Moritc Yenc, Yosip Yuranovich, Liel Abada, Aaron Muy, Mettyu O'Rayli, Daydzen Maeda, Reo Xatate, Kiogo Furuxasi.

Shakhtar Donetsk

Champions League Grp. F . 6-tur

02/11/2022, 21:45

4
:
0
Tugadi

RB Leipzig

Christopher Nkunku - 10', Andre Silva - 50', Dominik Szoboszlai - 62', Valeriy Bondar - 68'

Stadion: Polish Army, 26045 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
24'  Bogdan Mykhaylychenko
59'  Yukhym Konoplia (Lucas Taylor)
59'  Lassina Traore (Danylo Sikan)
59'  Georgiy Sudakov (Neven Djurasek)
66'  Lucas Taylor
74'  Mykhaylo Mudryk (Andriy Totovitskiy)
81'  Artem Bondarenko (Dmytro Kryskiv)
89'  Danylo Sikan
10'  Christopher Nkunku
10'  Timo Werner
19'  Timo Werner (Emil Forsberg)
50'  Andre Silva
50'  Mohamed Simakan
62'  Dominik Szoboszlai
62'  Christopher Nkunku
67'  Mohamed Simakan (Benjamin Henrichs)
67'  David Raum (Marcel Halstenberg)
67'  Dominik Szoboszlai (Dani Olmo)
68'  Valeriy Bondar
74'  Xaver Schlager (Abdou Diallo)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика