So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

ECHL. "Ayaks" "Real"ni Madridda qoldirib ketdi Yangiliklar

ECHL. "Ayaks" "Real"ni Madridda qoldirib ketdi

Teglar :  ECHL Real Ayaks
"Santyago Bernabeu" stadionida chorak final uchun kurashda mehmonlar tarix yozishdi.

Real Madrid Ispaniya – Ayaks Gollandiya  1:4

«Santyago Bernabeu»

Gollar: 0:1 — Ziyosh 7, 0:2 — Neres 18, 0:3 — Tadich 62, 1:3 — Asensio 70, 1:4 — SHene 72.

Real — 25. Tibo Kurtua, 2. Dani Karvaxal, 5. Rafael Varan, 6. Nacho, 8.Toni Kroos, 9. Karim Benzema (S), 10. Luka Modrich, 14. Kazemiro (Valverde 87), 17. Lukas Vaskes (Garet Beyl 30), 23. Serxio Regilon, 28. Vinisius Junior ( Marko Asensio 35).

Ayaks — 24. Andre Onana, 4. Matteys de Lixt (S), 6. Donni van de Beek,  7. David Neres (Dolberg 72), 10. Dushan Tadich, 12. Nusser Mazraui (Veltmen 80), 17. Deyli Blind, 20. Lasse SHene (de Vidt 72), 21. Frenki de Yong, 22. Xakim Ziyosh, 31. Nikolas Talyafiko.

Ogohlantirishlar: Mazraui (26), Karvahal (30).

CHetlatish: Nacho (90+3).

Real Madrid

Marco Asensio - 70'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

06/03/2019, 01:00

4
:
1
Tugadi

Ajax

Hakim Ziyech - 7', David Neres - 18', Dusan Tadic - 62', Lasse Schoene - 72'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 77013 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
29'  Lucas Vazquez (Gareth Bale)
30'  Daniel Carvajal
35'  Vinicius Junior (Marco Asensio)
70'  Marco Asensio
70'  Sergio Reguilon
87'  Casemiro (Federico Valverde)
90'  Nacho Fernandez
90'  Nacho Fernandez
7'  Hakim Ziyech
7'  Dusan Tadic
18'  David Neres
18'  Dusan Tadic
26'  Noussair Mazraoui
62'  Dusan Tadic
62'  Donny van de Beek
72'  Lasse Schoene
73'  Lasse Schoene (Dani de Wit)
74'  David Neres (Kasper Dolberg)
80'  Noussair Mazraoui (Joel Veltman)

        MATNLI TRANSLYACIYA

                      YANGILASH

Ketma-ket uch mavsumdan buyon musobaka g'olibi bo'lgan "Real" nimchorak finalda to'xtadi.

90+3. Qizil kartochka. Nacho maydonni tark etmoqda, "Real" ECHLni.

89. "Real" jamoasining "muxlislari" tribunani bo'shatishmoqda. Haqiqiy muxlis har qanday vaziyatda ham turib berishi kerak. Bu "Real" muxlislari uchun ayni muddao. Ketma-ket 3 yil ECHL chempionligini hazm qila olgan ishqibozlar, bugungi o'yinda suyuklilarini qo'llab-quvvatlashga majbur, o'yin tuguguniga qadar.

87. O'zgarish. Kazemiro o'rniga Valverde tushdi. 

86. UXX. Beshinchisi endi ortiqcha bo'lardi. Ozgina uyat ham kerak - (S) Diyor Imomxo'jaev. 

83. Modrichning pasini Benzema yo'qqa chiqardi, sirpanib ketdi. "Real" bugun ECHLdan sirpanadiganga o'xshaydi!

80. O'zgarish. Mazrui o'rniga Veltmen tushdi.

73. O'zgarish. SHene o'rniga de Vidt, Neres o'rniga Dolberg maydonga tushdi.

72. Uchar GOLlandlar parvozi davom etmoqda. Hisob 1:4 Lasse SHene.

70. Asensio gol! 1:3

62. Tadich! Oyoqlari bilan sanat asari chizdi. GOL! 0:3

58. Ramosning yo'qligi bilinmoqda. "Real"ning himoyasi parcha-parcha bo'lib ketdi. Aksiga olib jamoaning hujumchilari ham vaziyatlardan foydalanishda oqsashmoqda. Benzema yana bir imkoniyatni ko'kka sovurdi.

53. Bugungi uchrashuvda jamoalar nomi o'zgarib qoldangek:)

50. Ikkinchi bo'limning ilk 5 daqiqasida Asensio va Benzema zarba yo'llashdi. Ammo, ularning urinishi de Yong zarbasi oldida hech narsa bo'lmay qoldi.

Birinchi bo'limdan so'ng hisob 0:2. TANAFFUS. 

45. Burchakdan berilgan uzatmani Nacho boshi bilan darvozaga joylab qo'ymoqchi bo'ldi. Ammo, uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

40. "Ayaks" xotirjam harakat qilmoqda. Mezbonlar kutilmaganda ikkita gol o'tkazib yuborishdi va Solari ikkita o'zgarish qilishga majbur bo'ldi.

"Santyago Bernabeu"da mezbonlarni dog'da qoldirgan "Ayaks" tarkibini eslay olasizmi?

35. O'zgarish. Vinisius jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rni Asensio bilan to'ldirildi.

34. Ziyosh! Uning o'qdek zarbasi kuchli va xavli chiqdi. Kurtua to'pni qaytarishni amalladi.

31. Vinisius tezligi evziga raqiblarni aldab o'tdi va darvozaga zarba berishga ham ulgurdi. Biroq, maydonga noqulay yiqilgan Vinisius Junior kichik jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U yig'layapti! O'zgarish bo'ladiganga qarab ketmoqda.

30. Sariq kartochka! Karvaxal ogohlantirildi.

29. O'zgarish. Lukas Vaskes o'rniga Garet Beyl maydonga tushdi. Sababini bilib turibsiz, mezbonlar hozircha ortda borishmoqda.

26. Sariq kartochka! Mazraui Vinisiusni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

18. GOOOOOOOL! Neres! Hisob 0:2. Tadich yana katta sahnaga chiqdi va Neresni qulay vaziyatga olib chiqdi. David imkoniyatdan unumli foydalandi. Endi umumiy hisobda "Ayaks" oldinda bormoqda.

15. Kroosning zarbasi o'xshamadi. Ushbu futbolchi o'ziga kelib olishi kerak. O'z o'yinini yo'qotib qo'ygandek taassurot qoldirmoqda.

13. "Real" hujum qilishda davom etmoqda. Onana jamoasini qutqardi. Lekin, qanot himoyachilarning o'rni bo'shab qolayotganidan gollandlar foydalanib qolishi mumkin.

7. GOL! Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochishdi. Dushan Tadichning say harakatlaridan so'ng, Xakim Ziyosh gol urdi.

5. VARAN! Vaskesning qanotdan  etkazib bergan uzatmasini golga aylantirishi mumkin edi. Bunga darvoza to'sini yo'l qo'ymadi. "Real" dastlabki daqiqalarni hujumkor va tajovuzkor o'tkazmoqda.

1. Bahs boshlandi!

— Assalomu alaykum! Madridning "Real" va Amsterdamning "Ayaks" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlanmoqda. Dastlabki bahsda "qirollik klubi" 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика