ECHL. Pochettino final haqida: "Hissiyotlarni nazorat qila olgan jamoa g'alaba qozonadi"
30 may 2019 19:40
Yangiliklar


ECHL. Pochettino final haqida: "Hissiyotlarni nazorat qila olgan jamoa g'alaba qozonadi"
"Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino "Liverpul"ga qarshi hal qiluvchi o'yin oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.
– SHanba kungi final qanday bo'ladi? Kloppning "Liverpul" jamoasidan qo'rqyapsizmi?
– "Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. O'tgan mavsum ularni mag'lubiyatga uchratgandik, joriy mavsumda esa buning aksi bo'ldi. Finalda hissiyotlar jangi bo'ladi. Ehtiroslarni jilovlay olishni biladigan jamoa g'alaba qozonadi.
Biz finaldamiz. Jarohatlar, yangi stadionga ko'chib o'tish, transflersiz mavsum o'tkazish va boshqa qiyinchiliklarni engib o'tishgani uchun jamoaning barcha azolariga rahmat aytaman.
Bu kabi finallarda avval uchrashmaganmiz. Agar "Tottenxem" g'alaba qozonsa, bu jamoa uchun yangi sovrin bo'ladi", - deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar