So’nggi yangiliklar

19:12Футзал. Ўзбекистон — Бразилия. Таркиблар маълум  0 18:33Родри: "Таянч ярим ҳимоячилари маркетологлар ва мухлисларни ҳайратга соладиганлар тоифасига кирмайди"  1 18:06Даврон Чориев: "Футзалчиларимиз Бразилияга қарши ёрқин ўйин намойиш этишади"  0 17:35"Қўрқманглар, ҳаммаси назоратим остида". Катанец қандай қилиб натижага эришмоқчи?  14 17:13FourFourTwo энг яхши пенальтичилар рейтингини эълон қилди: Марадона, Ван Бастен ва Роналду кучли ўнликда  5 16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  2 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  3 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  6 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1

ECHL. Nimchorak o'yinlari tahlili: Markaziy to'qnashuvlar o'z intrigasini yo'qotdi Yangiliklar

ECHL. Nimchorak o'yinlari tahlili: Markaziy to'qnashuvlar o'z intrigasini yo'qotdi

Parijda "Barselona"ni, Myunxenda "Arsenal"ni sharmandali mag'lubiyatlari haligacha ko'pchilikning bahs va munozaralariga sabab bo'lmoqda.


Kamina seshanba oqshomida tabiiyki ko'pchilik qatori Parijda o'tgan PSJ hamda "Barselona" o'rtasidagi bahsni, chorshanbada esa Myunxendagi to'qnashuvni kuzatib bordi.

SHu bois, ECHL nimchorak finalining dastlabki haftadagi uchrashuvlaridan aynan shu bellashuvlar xususida batafsilroq to'xtalib o'taman.


EMERENING UZOQ KUTILGAN BENEFISI


O'yindan oldin yozganimdek, PSJning ustunliklaridan biri ularni boshqarib borayotgan bosh murabbiy Unai Emeri edi. Emeri avvallari ham ko'p bor "Barselona"ga to'qnash kelgan va asosan mag'lubiyatga uchragandi. Faqatgina bir marta Emeri jamoasi "Barselona"ni engishni uddasidan chiqqan. Lekin shunga qaramay, Emeri "Barselona" bilan o'ynash tajribasi hamda ularning kuchli va kuchsiz taraflarini yaxshi uzlashtirgani kundek ravshan edi. Asosiy farq Emeri oldingi jamoalarida raqibnikidek kuchli ijrochilar va muhoratli futbolchilarga ega bo'lmagan. PSJda esa Emeri qo'l ostida unga kerak bo'ladigan va uning g'oyalarini bajara oladigan yuqori saviyadagi futbolchilar bisyorligi unga qo'l keldi.
Emeri kuchsiz jamoalarni boshqarganida ham "Barselona"ga qarshi o'yinlarda yuqori pressing, hujumkorlikka asoslangan futbol namoyish etishdan chekinmasdi. Emeri hech qachon "Barselona" bilan o'yinlarda "avtobus" orqali o'yin qurishni, faqatgina qarshi hujumlarga tayanib, o'z omadini kutishni xushlamasdi.
Parijda o'tgan uchrashuvni ham PSJ hujumkorlik bilan boshladi va jamoa "Barselona"ga qandaydir taktika tayyorlab emas, balki o'z o'yinlariga raqibni moslashishga majbur etib harakat qilishdi. Luis Enrike Emerining taklif etgan o'yiniga qarshi chora topa olmadi. SHu kuni PSJ maydon markazini to'liqligicha o'z qo'liga oldi. Rabo va Verattining faol o'yini PSJning muvaffaqiyatiga zamin yaratdi, desak ham mubolag'a bo'lmaydi.


yanvarda PSJga kelgan Drakslerdan ajoyib ko'rsatkich: Franciya chempionati, Franciya kubogi va ECHLdagi debyut uchrashuvlarda gol

"Barselona"ning o'ng qanot himoyachisi Aleysh Vidal jarohat olgani sababli, uning o'rnini asli tayanch zonasi vakili sanalgan Serxio Roberto egalladi. PSJ esa asosan o'z hujumlarini aynan Robertoning qanotlaridan uyushtirishni lozim topdi. SHu kuni Yulian Draksler Robertoni "ko'zini ochirmadi".

Birinchi bo'limning o'zidayoq PSJ tanaffusga yirik hisobdagi g'alaba bilan chiqib ketishi mumkin edi. Ammo bazi vaziyatda Edison Kavani biroz aniqroq o'ynay olmagan bo'lsa, qolgan payt ter SHtegen ham jamoasi joniga oro kirdi.

"Barselona"ning asosiy umid uchquni bo'lgan o'sha mashhur "trio" Messi-Suares-Neymarning birortasi deyarli ko'rinish bermadi. Aksincha Messining nunoqligi tufayli "Barselona" tanaffusga ikkita to'p farqi bilan chiqib ketishga majbur bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda Luis Enrike hech bo'lmaganda tablodagi hisobni ushlab qolish uchun kerakli chora ko'ra olmagani uchun ham, uning manziliga yo'llanayotgan ko'plab o'rinli tanqidlarga sabab bo'ldi.


Natijada "Barselona" ikkinchi bo'limda yana ikkita gol o'tkazib yubordi va javob o'yini oldidan o'z imkoniyatlarini deyarli yo'qotib qo'ydi.

Hali hech bir jamoa nimchorak finalning dastlabki uchrashuvida to'rtta va undan ko'p gol farqi bilan yutqazib, keyinchalik javob bellashuvida ushbu tafovutni yo'qqa chiqara olmagan.

Evropa chempionlar ligasi nimchorak final tarixida ushbu voqea 11 marotaba kuzatilgan va ularning barchasida ilk bahsda g'alaba qozongan jamoalar chorak final chiptasiga egalik qilishgan. "Barselona" bu borada birinchi bo'la olishiga esa hozir kataloniyaliklarning ashaddiy ishqibozlari ham ishonmasa kerak. Lekin baribir umid bo'ladi.


Di Mariya va Kavani shu kuni tug'ilgan kunlariga o'z gollari bilan o'zlariga chiroyli "sovg'a"ni taqdim etishdi


SHu o'rinda shuni eslatib o'tish mumkinki, ECHL pley-off uchrashuvlari tarixida ajoyib kambeklar ham kuzatilgan.
Masalan Ispaniya jamoalari bu borada yaxshigina iroda ko'rsata olishgani ham "Barselona"ga o'rnik bo'lsa ajab emas. "Deportivo" jamoasi 2004 yili "Milan"ga qarshi mehmonda o'tgan dastlabki uchrashuvda 4:1 hisobida mag'lub bo'lgan va javob o'yinida yuksak iroda ko'rsatishgan. O'shanda "Deportivo" 4:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l olishga muvaffaq bo'lgandi.

Javob o'yinida faqatgina fantastik o'yin va omadgina "Barselona"ni qutqarib qolishi mumkin. Lekin hozirgi "Barsa" PSJga qarshi o'sha fantastik o'yinni ko'rsatishiga ishonishning o'ziyoq fantastikaga teng. SHuningdek, PSJ bu safar og'zidagi oshni oldirib qo'yish uchun, "Kamp Nou"da kamida "Alaves"ga aylanib qolishi kerak. Futbolda hamma narsa ruy berishi mumkinligini ham unutmaymiz.


PER-EMERIK OBAMEYANGNING SUPER OMADSIZ O'YINI "BORUSSIYA"GA QIMMATGA TUSHDI

Portugaliyaning Lissabon shahrida o'tkazilgan yana bir nimchorak final o'yinida "Benfika" o'zining asosiy hujumchisi Mitrogluning yagona goli evaziga Dortmundning "Borussiya" jamoasini ilk uchrashuvda taslim eta oldi. Lekin ushbu bahsda tashabbus to'liqligicha "Borussiya" tarafida bo'ldi.


"Eshtadiu da Luj"da gol urish bo'yicha "professor" - Mitroglu

Per-Emerik Obameyangning super omadsiz o'yini va bir qator vaziyatlarga qo'shib penaltini ham ko'kka sovurgani "Benfika"ga qo'l keldi. Bu to'qnashuvda hali hech narsa malum emas. Dortmunddagi uchrashuv hamma narsani aniqlab beradi. "Benfika" esa hozircha eng asosiy vazifasini bajardi. Yani o'z uyida gol o'tkazmadi va g'alaba qozondi. Tomas Tuxel shogirdlari esa mehmonda kiritilishi kerak bo'lgan va qiymati yuqori ahamiyat kasb etuvchi golni ura olmadi. SHuni alohida qayd etish lozimki, "Benfika" darvozasini qo'riqlagan Edersonga tasanno. Ushbu darvozabon shu kuni haqiqiy qahramonga aylandi. Ederson o'yin davomida beshta fantastik "seyv"ni amalga oshirdi. Kamiga belgilangan penaltini bartaraf etishga erishdi.


Bu uchrashuvda Ederson haqiqiyn qahramon, dortmundliklar hujumchisi Obameyang esa anti-qahramonga aylandi. Buyog'iga "Signal Iduna Park"dagi qo'shimcha quvvat (ajoyib muxlislik) hamda ajoyib o'yin "Borussiya"ga suv va havodek zarur bo'ladi. Biz bilgan "Borussiya D" buni uddalay oladi va buni ular ko'p marotaba isbotlashgan. "Benfika" hali boshidagi do'ppisini osmonga otishga shoshilmagani maqul. Ularni qiyin va juda yuqori bosim ostidagi kamida 90 daqiqa vaqt kutmoqda. Hamma narsa ana o'shanda hal etiladi.


MYUNXENDA YANA "QARMOQQA" TUSHGAN "ARSENAL"

Ko'pchilik ushbu to'qnashuvdan oldin "Arsenal" bu yili boshqacha, "Bavariya" esa avvalgidek kuchli ko'rinmayotganini takidlab, maydon egalarini o'z uyidagi bahsda ham autsayderga chiqarib qo'yishga urinishayotgandi. Bunga sabab "Bavariya"ning ichki chempionatda yirik hisobda g'alabalar qayd etmayotgani, o'zidan yaqqol kuchsiz raqiblar bilan o'yinlarda qiyin uchrashuvlarni o'tkazganini misol keltirib charchashmayotgandi.
"Arsenal" esa bu safar "Bavariya"ni taslim etishiga ishonganlar avvalgidan ko'ra ko'proqni tashkil qilishgani aniq.
Karlo Anchelotti esa jamoani aynan mavsumning bahorgi, muhim pallasiga qarab tayyorlagani va "Bavariya" bundan buyog'iga o'yindan-o'yinga kuchayib, o'zining optimal formasiga kirib borayotgani o'z tasdig'ini topdi.


Uchrashuv doimgidek "Bavariya"ning yaqqol ustunligi va xotirjamligi ostida boshlandi. To'p bilan muomala qilish va uzun, diagonal paslar orqali qanotlarni ishga solishga kirishgan "Bavariya"ning ilk muvaffaqiyatiga aynan o'ng qanot vingeri Aren Robben sababchi bo'ldi. Aren Robbenning o'z uslubidagi aldamchi harakati bilan chaproqqa, yani markazga o'tib chap oyog'i bilan uzoqdan aylanma zarbasi orqali darvozaning uzoq burchakdagi yuqori to'qqizligini aniq nishonga olishi kechaning bezagiga aylandi.
Benazir futbolchi shu kechada kiritilishi kerak bo'lgan ko'plab chiroyli gollar sonini o'zining takrorlanmas zarbasi bilan ochib bergani ham ramziy mano kasb etdi. SHundan so'ng ham "Bavariya" katta hududiy ustunlik bilan harakat qildi. Lekin uchrashuvning 30-daqiqasida myunxenliklar darvozasi tomon belgilangan penalti birinchi bo'limdagi o'yinga burilish yasadi. Avvaliga Aleksisi Sanchesning 11-metrlik jarima zarbasidan tepgan to'pini Noyer qaytardi, ammo qaytgan to'pni Sanches moxirlik bilan tezda darvozaning uzoq burchagiga yo'naltirdi va jamoasini o'yinga qaytardi.
Bu esa "Bavariya"ning o'yin ritmiga o'z tasirini ko'rsatdi. "Arsenal" esa aksincha ancha faollashdi. Arsen Venger jamoasi tanaffusga g'alaba bilan ham chiqib ketish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Dastlab Granit Jaka yaqin masofadan Noyerni dog'da qoldira olmagan bo'lsa, birinchi bo'limning qo'shib berilgan daqiqasida O'zil yakkama-yakka vaziyatda Noyerni ojiz nuqtasini topa olmadi.


Ikkinchi bo'limda esa Karlo Anchelotti "Bavariya"ni yana  o'yinga qaytardi va jamoa "Arsenal"ga umuman imkoniyat qoldirmadi. Anchelotti futbolchilaran tezlikni oshirishni, hujumlarni ko'paytirishni talab qildi. Qanotlar tezlashdi, markaz faollashdi va natijada bu raqibni esankiratib qo'ydi.
Birinchi bo'limdagi so'nggi 15 daqiqalikni hisobga olmaganda, "Arsenal" umuman o'yinga ko'rinmadi. O'sha 15 daqiqa esa "Bavariya"ni jig'iga tegish uchun etarli bo'ldi va tanaffusdan keyin Anchelotti hammasini o'z o'rniga qo'ydi. Ikkinchi gol ham shu kuni raqiblar safida chap qanot himoyachi bo'lgan Gibbsning o'ynagan joydan tashkil etildi. Robben hamda Lamning o'zaro hamjihatlikdagi kombinacion o'yinidan so'ng Levandovski boshi bilan darvozani ishg'ol etdi. Bu "Bavariya" ijrosidagi haqiqiy "bavariyacha" klassik gol bo'ldi.
Nemis mashinasining tezligi oldida dovdirab qolgan "kanonirlar" uchinchi va to'rtinchi golni ham qisqa fursat ichida o'tkazib yuborishdi. Levandovskining zargarona pasi va Tyago Alkantaraning mo'ljalni aniq poylashi uchrashuv taqdirini uzil-kesil hal etdi. Alkantara esa bu bilan cheklanib qolmadi va bellashuvda tezda o'z dublini qayd etdi.

Zaxiradan maydonga tushgan Tomas Myuller kiritgan gol esa ushbu juftlikdan qaysi jamoa chorak finalda o'ynashi kerakligini aniqlab berdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bundan tashqari "Bavariya"ning bir qator hujumlari yo'liga shu kuni "Arsenal" darvozasini qo'riqlagan Ospina g'ov bo'ldi. Yana o'yinni boshqarib borgan Milorad Majich bir nechta vaziyatda penalti qo'yishni istamadi. Aks holda tablodagi hisob nafaqat sharmandali, balki undan ham battarroq ko'rinish olishi mumkin edi. Majich shu kuni bir nechta penaltilarni belgilamay "Arsenal"ga yordam qo'lini cho'zdi.

Londondagi javob bellashuvi shunchaki rasmiyatchilik va "Arsenal" o'zining "Bavariya"ga qarshi o'yinlaridagi statistikasini yaxshilab uchun imkoniyat bo'ladi.


MADRIDDA HAM CHIROYLI GOLLAR "UCHLIGI"


Evropa chempionlar ligasining amaldagi g'olibi chorak final chiptasi uchun "Napoli" bilan kuch sinashmoqda. Bu to'qnashuvning ilk qismi Madridda bo'lib o'tdi.


"Real" garchi o'yin jihatidan bazi muammolarga ega bo'lishiga qaramasdan, ushbu uchrashuvda ishonchli g'alabani tantana qildi. Lekin o'yindagi dastlabki golga mehmonlar mualliflik qilishdi. Insine uzoq masofadan Keylor Navas o'z joyidan biroz chiqib ketganini ko'riboq tezda aylanma zarbasi orqali hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Lekin shundan so'ng "Real" hujumga zo'r berdi. "Napoli" esa jiddiy raqibning ushbu bosimiga dosh bera olmadi. Avvaliga Benzema, keyinchalik Kroosning o'z uslubidagi "bilyardcha" goli va Kazemironing "nayzasi" uchrashuv taqdirini hal etdi.
"Real" ushbu bellashuvda katta ustunlik bilan o'ynadi va bir qator vaziyatlar yaratishga ham muvaffaq bo'ldi. Ammo Karim Benzemaning ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovurgani tablodagi hisob bor-yo'g'i 3:1 bo'lishini taminladi.

"Napoli" dastlabki uchrashuvdagi o'zining eng muhim vazifasi mehmonda gol urishga erishdi. Lekin Mauricio Sarrining rejalaridan o'z darvozasidan uchta gol o'tkazib yuborish o'rin olmagani turgan gap. Bu rejadan tashqari holat esa neapolliklarning ishini yanada qiyinlashtirib yubordi. "Napoli" mehmonda umuman boshqa jamoa, o'z uyida esa o'zgacha o'ynaydigan va istalgan raqibga keragicha muammo tug'diradigan jiddiy raqib. SHu boisdan ham javob bahsi oldidan "Real" xotirjamlikka berilishga haqqi yo'q.

Bu to'qnashuvda ham hali masala ochiqligicha qolmoqda.

Demak 7-8 mart kunlari eng asosiy qiziqish Dortmund hamda Neapoldagi o'yinlarga qaratiladi. Kataloniya va Londondagi bahslar endi ikkinchi planga tushib qolmoqda. Dastlabki uchrashuvlar oldidan esa aksincha holat yuzaga kelgandi. Intriga nuqtai nazaridan bu gal vaziyat o'zgardi.


Senor Italyan

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика