So’nggi yangiliklar

08:24Килиан Мбаппе кетиш олдидан нималар деди?  0 08:00Суперлига. Бугун 7-тур бошланади  2 07:38«Ал Иттиҳод» ўз уйида «Ал Иттифоқ»қа йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:05Саудия чемпионати. "Ал Иттиҳод" - "Ал Иттифоқ" 0:5   0 06:55Серия А. "Фрозиноне" - "Интер" 0:5   0 02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  3 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  4 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  3 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  20 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  15 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  2

ECHL. "Milan" o'z maydonida "Liverpul"ga yutqazib, evrokuboklar bilan xayrlashdi Yangiliklar

ECHL. "Milan" o'z maydonida "Liverpul"ga yutqazib, evrokuboklar bilan xayrlashdi

Teglar :  MilanLiverpul
Evropa CHempionlar ligasining 6-turidan o'rin olgan "Milan" - "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi.

"Milan" — "Liverpul" 1:2

Gol: 1:0 – 29 Tomori, 1:1 – 36 Salax, 1:2 – 55 Origi.

Milan – Menyan, Kalulu (Florenci, 65), Romanoli, Tomori, Ernandes, Krunich (Bakayoko, 83), Kessie, Tonali (Salemakers, 59), Ibragimovich, Braim Dias (Bennaser, 59), Junior Messias.

Liverpul – Alisson, Uilyams (Bredli, 90), Konate, Fillips, Cimikas, Oksleyd-CHemberlen, Morton, Salax (Keyta, 64), Minamino (Uoltmen, 90), Mane (Gomes, 65), Origi (Fabino, 80).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Liverpul" yuz foizlik natija bilan guruhni peshqadam sifatida yakunladi. "Milan" esa guruhda so'nggi o'rinni egallab, evrokuboklar bilan xayrlashdi.

90+1. Oksleyd-CHemberlen qarshi hujumda birga-bir vaziyatni ko'kka sovurdi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Kessie yana raqib jarima maydonida yiqildi, hakam yana lom-mim demadi.

85. Kessie birga-bir vaziyatda to'p kiritolmadi. Alissondan seyv!

84. Ibragimovich chalqanchasiga zarba yo'lladi, zarba ko'ngildagidek chiqmadi.

83. "Milan"da o'zgarish: Krunich o'rniga Bakayoko o'yinga qo'shildi.

82. Ibragimovichning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

82. Salemakersga nisbatan qoida buzildi. Mezbonlarda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi.

80. Mehmonlarda o'zgarish: Origi o'rniga Fabino maydonga tushdi.

77. Zlatanning uzatmasiga Messias eta olmadi, aks holda Alisson bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi.

75. "Liverpul" markazdan hujum boshladi. Minaminoning Uilyamsga oshirgan to'pidan so'ng himoyachi zarba yo'lladi, to'p himoyachiga tegib qaytdi.

71. "Liverpul"ning ikki futbolchisi maydonda yotibdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

69. Origi yana bir bor boshi bilan raqib darvozasini titratishi mumkin edi, uning zarbasi biroz noaniq yo'nalish oldi.

67. Alisson xato qilishiga bir bahya qoldi. "Milan" xatosidan o'rnak olmadimikan braziliyalik posbon?

64. "Liverpul"da o'zgarishlar: Keyta va Jo Gomes Saloh hamda Maneni almashtirdi.

63. Saloh burchak zarbasi ishlab oldi.

61. ZARBA! Krunichning zarbasi biroz noaniq ko'rinish oldi.

59. "Milan"da o'zgarishlar: Braim Dias va Tomori o'rniga Bennaser hamda Salemakers o'yinga qo'shildi.

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Origi! "Milan" himoyachisining kechirib bo'lmas xatosidan so'ng Mane to'pni olib qo'yib zarba yo'lladi, Menyanning qaytargan to'pini Origi bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

54. "Liverpul" hujumda qoidani buzdi. Undan avvalroq yaxshi vaziyat bo'lgandi.

52. Kessiening jarima maydoni markaziga bergan uzatmasini Alisson ushlab oldi.

50. Kessie raqib jarima maydonida yiqitildi, hakam esa penalti belgilamadi.

48. Minamino jarima maydoni tashqarisidan aylanma zarba yo'lladi, to'p noaniq ketdi.

47. Milanliklar to'pni jarima maydonchasidagi bo'ydor Zlatan oshirishga ikki bor urinib ko'rishdi, ikkalasini ham mezbon himoyachilar qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi, tanaffus.

45+1. Origi uzoq masofadan omadini sinab ko'rdi, noaniq.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Milan"ning hujumi noaniq pas evaziga to'xtab qoldi.

41. Uilyams raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi.

38. Mane sal qolsa, ikkinchi golni urishi mumkin edi, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan hujumchining zarbasini Menyan qaytardi. Senegallik futbolchida ofsayd ham qayd etildi.

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Saloh hisobni tenglashtirmoqda! Oksleyd-CHemberlen himoyachilar qurshovida zarba bera oldi, posbon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni esa Muhammad birinchi gol singari qiyinchiliksiz darvozaga joylab qo'ydi.

34. Oksleyd-CHemberlenning zarbasi rekashet tufayli darvozaga aniq bormadi, burchak to'pi.

32. Origi "Milan" futbolchilari qurshovida zarba yo'llashga imkon topdi, Menyan ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi.

32. Mehmonlarning burchak zarbasi bartaraf etildi.

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! "Milan"! Tomori! Burchakdan uzatilgan to'pni Alisson noqulay tarzda kelgan to'pni qaytardi, qaytgan to'pni esa "rossonerlar" azosi osonlikcha joylab qo'ydi. 

27. Mersisaydliklarda so'nggi 10 daqiqada uchinchi burchak to'pi amalga oshirildi, himoyachilar to'pni qaytardi.

24. Mehmonlar yana bir burchak zarbasini ijro etdi, Cimikasning uzatmasini Ibragimovich bartaraf etdi.

23. Minamino raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

20. "Liverpul"ning burchak zarbasidan so'ng Konate bosh bilan zarba yo'lladi, to'p darvoza ustunidan yuqorilab ketdi.

Sakraganniki emas, buyurganniki

17. Teo chap qanotdan oldinga borayotgandi, agar raqibi uni o'tkazib yuborganda, unda yaxshi imkoniyat yuzaga kelardi, biroq mehmonlar himoyachisiga bunga yo'l qo'ymadi.

15. "Liverpul"ning chap qanotdan tashkil qilgan hujumi samarasiz yakunlandi.

12. Romanoli tibbiy yordamga muhtoj.

10. Saloh fint orqali raqibidan o'tib ketmoqchi edi, fint o'xshadi, ammo Saloh raqibidan o'tib keta olmadi.

8. Jarima zarbasidan so'ng "Milan" futbolchisi bosh bilan zarba yo'lladi, Alisson esa to'pni xotirjam egallab oldi.

7. "Milan"da standart vaziyat yuzaga keldi.

4. Uilyams Salohning pasidan so'ng raqib darvozasiga zarba yo'lladi, biroq zarba kuchsiz chiqdi va bu Menyanga qiyinchilik tug'dirmadi.

2. Inglizlarning yosh tarkibi dastlabki daqiqalarda to'pni nazoraqt qilmoqda.

1. Uchrashuvni "Liverpul" futbolchilari boshlab berishdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Demak, bugun "Milan" nafaqat g'alaba qozonishi, balki ikkinchi juftlikning ham italiyaliklar istagan natija qayd etishlari uchun duo qilib turishlari talab etiladi. "Liverpul" esa masalani allaqachon ortig'i bilan hal qilib qo'ygan. Bugun ular ko'proq statistika uchun maydonga tushishadi. Lekin Klopp jamoasi birovga og'zidagi oshini oldirib qo'yadigan jamoa emasligini juda yaxshi bilasiz.

Hal qiluvchi tur oldidan guruhdagi vaziyat quyidagicha ko'rinish olgan:

Jamoalar o'zaro atigi 5 marotaba to'qnash kelishgan, shundan to'rttasida mersisaydliklarning qo'li baland kelgan hamda bor-yo'g'i bir o'yinda "rossonerlar" zafar quchgan. Qizig'i, besh bahsning ikkitasi CHempionlar ligasiga finaliga to'g'ri keladi. Ikki tarixiy klublarning ilk to'qnashuvi 2005 yilgi ECHL finaliga to'g'ri kelgan. Jangovar kechgan o'yin 3:3 hisobida yakunlangan. Penaltilar seriyasida esa 3:2 hisobida inglizlarning qo'li baland kelgan. 


2007 yilgi finalda esa italiyaliklar alamlarini olishga muvaffaq bo'lishgan.

Ushbu mavsumdagi o'zaro to'qnashuvda esa "Liverpul" 3:2 hisobida g'alaba qozongan.


Assalomu alaykum, uyqu bilan arazlashgan futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida mashhur juftlikning o'zaro to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика