So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

ECHL. Messining dubli "Barselona"ga "Yuventus" ustidan g'alaba keltirdi + FOTO Yangiliklar

ECHL. Messining dubli "Barselona"ga "Yuventus" ustidan g'alaba keltirdi + FOTO

Evropa yashil maydonlarida ECHL dastlabki tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Birinchi turning markaziy bahsi Kataloniyada "Barselona" hamda "Yuventus" jamoalari o'rtasida kechdi. Quyida ana shu uchrashuvdan matnli translyaciyani kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH


"Barselona" - "Yuventus" 3:0
Gol:
Messi (L.Suares) 45, 69, I.Rakitich 56

"Barselona": Mark-Andre ter SHtegen, Nelson Semedu, Xerard Pike, Yumtiti, Xordi Alba, Serxio Buskets, Andres Inesta (Andre Gomesh 83), Ivan Rakitich (Paulino 77), Usman Dembele (Serxi Roberto 71), Lionel Messi, Luis Suares.

"Yuventus": Janluiji Buffon, Matteo De SHilo (Stefano Sturaro 41), Mexdi Benatiya, Andrea Barcali, Aleks Sandro, Miralem Pyanich, Blez Matyuidi, Rodrigo Bentankur (Federiko Bernardeski 63), Duglas Kosta, Paulo Dibala, Gonsalo Iguain (Fabricio Kaligara 87).

Ogohlantirishlar: N.Semedu 36, L.Messi 54 - R.Bentankur 25, A.Barcali 61, M.Pyanich 75, F.Kaligara 89



MATNLI TRANSLYACIYA


Bosh hakam hushtagi chalindi. Buffon Messining yoniga kelib uni tabriklab ketdi, afsonalar afsonalarni hurmat qiladi.

90 - Bugun "Yuventus" hech narsa qila olmadi, "Barsa" esa o'tgan mavsumdagi 0:3 uchun o'ch olmoqda.

81 - Dibala ter SHtegenning yaqin pastki burchagini aniq nishonga olgan edi, Mark o'z joyida.


79 - Suares to'rtinchi golni kiritdi, lekin hakamlar bu golni o'yindan tashqari holatda deb baholab inobatga olishmadi.

77 - Bugun mezbonlarning ikkinchi golini urgan Rakitich o'z o'rnini Paulinoga bo'shatib berdi. Muxlislar Ivanni olqishlar ostida kuzatib qo'yishdi.


73 - Bugun "Barselona" maydonda eng yaxshi jamoa bo'lmoqda, o'yin jihatidan ham, natija jihatidan ham.


69 - Gooooooollllll, Leo Messiiiiii, 3:0. Barsa tezkor qarshi hujumga o'tdi, Inesta to'pni Messiga oshirdi. Leo esa ikki raqibdan o'tib Buffonni dog'da qoldirdi.

64 - Hozirgina zaxiradan maydonga tushgan Federiko Bernardeski chap oyog'ida birinchi urinishni amalga oshirib ko'rdi. Noaniq.


61 - Bosh hakam Damir Skomina endi Andrea Barcaliga etiroz uchun sariq kartochka ko'rsatdi. Janob Damir bugun o'ziga qarshi chiqqanlarni ayamayapti.

56 - Gooooolll, Rakitichchch, 2:0. Messi o'ng qanotdan yorib kirib to'pni darvoza oldiga tashladi, u erda Sturaro to'pni qaytarib yubordi. Qaytgan to'pni esa Rakitich to'xtatmasdan Buffon darvozasiga yo'lladi.

54 - Ana bo'lmasa, Messi Barcaliga sariq berishini so'rab Skominaga murojaat qildi va yakunda o'zi ogohlantirildi. Leo hakamga nima qilishni o'rgatgani va uning elkasidan ushlagani uchun ogohlantirildi.

52 - Zarbaaa, Messining navbatdagi zarbasi darvoza ustuniga, keyin esa Buffonning boshiga tegdi. Leo bitta gol bilan cheklanmoqchi emas.

48 - Dibala chap oyog'ida darvozaning to'qqizligini nishonga olishga urinib ko'rdi, biroz noaniq.
45 - Goooooolllll, Messi Luis Suares bilan devor uslubida o'ynadi va nihoyat afsonaviy Janluiji Buffon darvozasini aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика