ECHL. Kerrik MYU bosh murabbiyi sifatidagi debyuti oldidan o'z fikrlarini aytdi
23 noy 2021 07:35
Yangiliklar
ECHL. Kerrik MYU bosh murabbiyi sifatidagi debyuti oldidan o'z fikrlarini aytdi
“Qizil iblislar” ustozi sifatida vaqtinchalik faoliyat olib borayotgan Maykl Kerrik debyuti oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
“Bu murabbiyni tushuna oladigan, tartibli, juda yaxshi jamoa. SHanba kundagidek o'yin bo'lmaydi. Mag'lub bo'lganimiz achinarli, ammo umumiy olganda “Uotford”ga qarshi eng yaxshi jihatlarimizni ko'rsatolmadik.Bunisi butunlay boshqacha uchrashuv bo'ladi. “Vilyarreal”da yuqori tezlikka ega, erkin zonalarga qanday kirishni biladiga yaxshi texnikaviy futbolchilar bor. Ular yuqori sifatga ega muvozanatlashgan jamoa. Ularga xurmat bilan munosabatda bo'lamiz.
Bahsga g'alaba qozonish maqsadida chiqamiz. Har ikki jamoa uchun ham muhim o'yin, ammo unda biz muvaffaqiyatga erishishga umiq qilishimiz mumkin.
Muxlislar uchun esa asosiysi natija. Mashg'ulotlar haqida har qanday gapni ayta olaman, ammo bu qiziq emas. Muhimi kerakli natijalarga erishish, maydonda o'zini to'g'ri ko'rsata olish”, deydi Kerrik.
Villarreal |
Champions League Grp. F . 5-tur 23/11/2021, 22:50 2
:
0
Tugadi
|
Manchester United Cristiano Ronaldo - 78', Jadon Sancho - 90' |
Stadion: Estadio de la Ceramica, 20875 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Brych
Fikrlar