ECHL. Lempard va Abraxam "Valensiya"ga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi
27 noy 2019 19:20
Yangiliklar


ECHL. Lempard va Abraxam "Valensiya"ga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi
Frenk Lempard: "Birinchi o'yindan keyin katta saboq oldim. CHempionlar ligasida bitta vaziyatda uxlab qolsangiz, hushyorlikni yo'qotsangiz, o'yinni boy berasiz. Tartibli, hujumda sifatli jamoani kutyapman. Bu hamma uchun qiyin o'yin. ECHL o'yinlarida yarim himoyada jang bo'ladi. Bu stadionlagi atmosfera va muxlislar quvvatlashidan xabardorman. Qiyin o'yin bo'lishini kutmoqdaman".
Temmi Abraxam: "Bu mavsumdagi katta o'yinimiz ekanini bilamiz. Mashg'ulot boshqacha bo'lgani yo'q, biz hammamiz undan rohatlanyapmiz, etiborni jamlaganmiz. SHanba kuni "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lganimizdan keyin o'zimizni qo'lga olishimiz kerak va mazkur uchrashuvda eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishimiz zarurligini tushunib turibmiz".
"Valensiya" - "CHelsi" jamoalari o'rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan 22:55da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar